1. Molekulalar haqidagi tushunchalar Molekulalarning hosil boʻlishi


Rasm-Molekulalar spektrlaridagi seriyalar sistemasi


Download 54.71 Kb.
bet10/11
Sana16.06.2023
Hajmi54.71 Kb.
#1493439
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Komiljon13

Rasm-Molekulalar spektrlaridagi seriyalar sistemasi.
Har bir seriyada kantlar to’lqin uzunligining osha borishi bilan bir–biriga asta–sekin yaqinlasha boradi. chiziqlar seriyasiga Delandrning bo’ylama seriyalari deyiladi, chiziqlar seriyasiga esa Delandrning ko’ndalang seriyalari deyiladi. Seriyalardagi chiziqlar orasidagi masofa taxminan bir–biriga teng, lekin baribir to’lqin uzunligi oshadigan tomonidagi chiziqlar orasidagi masofa asta–sekin kamayib boradi. Tajribada olingan natijalarni tahlil qilish natijasida fransuz olimi Delandr quyidagi muhim qonuniyatni ochdi: Agar 2.2.–rasmda keltirilgan seriyalarni bir–biriga nisbatan shunday siljitsakki, unda har bir seriyadagi eng kichik to’lqin uzunligiga ega bo’lgan chiziqlar o’zaro ustma–ust tushsa, u holda qolgan barcha seriyalarda bir–biriga mos keluvchi chiziqlar ham ustma–ust tushadilar. Endi quyidagi tebranma harakatlarga mos keluvchi sathlarni olib qaraymiz:

Rasm-Uyg’onmagan holatdagi ikkita tebranma harakatga mos keluvchi sathlar.
Uyg’onmagan holatdagi ikkita tebranma harakatga mos keluvchi sathlar orasidagi masofani a’’ bilan belgilaymiz. Bu a’’ berilgan molekula uchun doimiy qiymatga ega. Agar o’tishlar 0–0 energetik sathlarda sodir bo’lsa, bundagi chastotani bilan belgilaymiz. Doimiy son b bilan sathlar orasidagi masofaning o’zgarishini belgilaymiz. Agar b = 0 bo’lsa, bu shuni xarakterlaydiki, biz bir–biridan teng masofalarda turgan chiziqlar sistemasi bilan ish ko’rgan bo’lamiz.

Xulosa:
Atomning sath energiyasi birgina harakatga — elektronning atom yadrosiga nisbatan qarakatiga bogʻliq. Shunga koʻra, uning spektri ayrim chiziqlardan iborat (chiziqli spektr beradi). Molekuladagi ichki harakat bir necha xil boʻlib, anchagina murakkab. Shunga koʻra, uning spektri ham murakkabdir. Elektronlarning Molekulani tashkil qilgan atomlar yadrosiga nisbatan harakati bilan bir qatorda, yuqorida aytilgandek, atom yadrolari tebranma va aylanma harakatda boʻladi. Shunga qarab, Molekulaning spektri — elektron, tebranma va aylanma spektriga boʻlinadi. Shu harakatlarda sodir boʻladigan energiya oʻzgarishlari natijasida yoʻl-yoʻl spektr olinadi. Molekula spektri ultrabinafsha, koʻzga koʻrinadigan va infraqizil sohalarda koʻriladi. Molekulaning spektrlarini tekshirib, uning kanday elementlardan tashkil topgani, atomlar orasidagi bogʻlarning tabiati va mustahkamligi haqida mulohaza yuritish mumkin.


Download 54.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling