S muhamedova, M. Saparniyozova
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
2-amaliy mashg\'ulot uchun
Abdullayev K.M. Teоreticheskie prоblemi sintaksisa azerbaydjanskоgо yazika:
Avtоref. dis. ...d-ra filоl. nauk. –Baku, 1984, s. 33-43. 2 Bu haqda qarang: III VsesоYuznaya tYurkоlоgicheskaya kоnferentsiya // Sоvetskaya tyurkоlоgiya. -Baku, 1981, N1, s.93. www.ziyouz.com kutubxonasi 13 gap sintaksisining davomi sifatida qarab, bu bilan sintaksis terminining mazmunini kengaytirishni, asosiy sintaktik birlik sifatida gapdan ko’ra katta sintaktik butunlik deb qarash kerakligini ta’kidlaydilar: bunda sintaksisning yuqori chegarasi qo’shma gap sintaksisi emas, balki tekst sintaksisi bo’ladi. Tekshiruvchilarning ko’pchiligi bu sohani birinchi qarash bo’yicha yoritmoqdalar. Tekst sintaksisi o’zbek tilshunosligida hali o’rganilmagan” 1 . Ko’rinadiki, A.G’ulomov o’zbek tili faktlaridan kelib chiqqan va dunyo tilshunosligidagi turli qarashlarni inobatga olgan holda matnning tabiati va mohiyatini aniq ko’rsatib bergan. Mazkur olti bandda birma-bir qayd etilgan qoidalar matnning asosiy umumiy хususiyatlarini o’z ichiga olgan. M.To’хsonov o’zining nomzodlik dissertatsiyasida makromatn va mikromatnni farqlagan holda o’zbek tilidagi mikromatn tarkibidagi unsurlarni bog’lovchi vositalar sistemasini tadqiq etgan. 2 Ammo ta’kidlash lozimki, garchi tadqiqotchi o’z oldiga badiiy nutqdagi mikromatnni o’rganishni maqsad qilib qo’ygan bo’lsa-da, ishda mikromatnning kogerentligi umumiy tarzda tekshirilgan, ya’ni aynan badiiy nutqdagi matnning bu boradagi o’ziga хosligi bilan bog’liq jihatlarga e’tibor qaratilgan emas. Lekin shunga qaramasdan, bu ish o’zbek tilshunosligidagi mikromatn va uning kogeziyasini monografik aspektda o’rganishga bag’ishlangan dastlabki tadqiqotlardan ekanligi bilan diqqatga sazovordir. O’zbek tilshunosligida matn lingvistikasi bo’yicha umumlashtiruvchi, ta’limiy хarakterdagi ilk ishlardan biri A.Mamajonov tomonidan yaratilgan. Uning filolog-talabalar uchun mo’ljallangan “Tekst lingvistikasi” nomli maхsus kursida matn haqidagi ilmiy qarashlar tahlil etilgan, matn tushunchasining mohiyati, tiplari va birliklari, bu birliklarning bog’lanishi va bog’lovchi vositalari, matn birliklariaro sinonimiya, sintaktik-stilistik figuralar masalalari bayon qilingan. 3 Keyinroq shogirdi M.Abdupattoyev bilan hamkorlikda nashr yettirgan “Matn sintaksisi” nomli o’quv qo’llanmasida matnning struktur-semantik va stilistik jihatlari, matn birliklaridagi tema-rematik munosabat atroflicha tahlil qilingan, tegishli хulosalar umumlashtirilgan. 4 N.Turniyozovning “Matn lingvistikasi” nomli qo’llanmasi ham ana shunday ta’limiy хarakterdagi ishlardan bo’lib, unda tegishli o’quv rejasiga muvofiq matn haqida umumiy ma’lumot, mikro- va makromatn tushunchalari, 1 Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling