S. N. Yuldashev, X. M. Ibragimova, B. X. Fayziev mehnatni tashkil etish va
Ish vaqti sarfi va jihozlarning ishlash vaqtining tasnifi
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
S. N. Yuldashev, X. M. Ibragimova, B. X. Fayziev mehnatni tashki
2.2 Ish vaqti sarfi va jihozlarning ishlash vaqtining tasnifi
Ish vaqti – bu davlat tomonidan qonun bilan belgilangan vaqt bo’lib, bu vaqt davomida ishchi va xodimlar o’zlari uchun belgilangan vazifalarni bajaradilar. Korxonalarda muayyan bir mahsulotni ishlab chiqarish uchun unga sarflanadigan mehnatning miqdorini belgilash, uni bajarishga qancha ish vaqti talab qilinishini aniqlash yoki o’rganish muhim ahamiyatga ega. Ish o’rinlarida ish vaqti ko’p yo’nalishlarda sarflanadi. Bu sarflarning ba’zilari foydali, ba’zilari esa befoyda bo’ladi. Foydali, maqsadga muvofiq sarflar murakkab tuzilmaga ega bo’lib, ular ishlab chiqarishda mehnatning samaradorligiga ta’sir ko’rsatadi. Ish vaqtining zoye ketishiga ham sabablar har xil bo’ladi, ularni bartaraf qilishga ham alohida yondoshish kerak. Shu sababli, ish vaqtidan foydalanish, uning zoye ketishini har tomonlama tahlil qilish, undan tejamli foydalanish yo’llarini belgilash mehnatni texnik me’yorlashning asosiy vazifalaridan biri bo’lib, uni o’rganish uchun ish vaqtining tarkibini o’rganib chiqamiz (2.1-rasm). 82 Ko’rinib turibdiki, ijrochining ish vaqti ikki qismdan: ishlash va tanaffus vaqtlaridan tashkil topadi, lekin ovqatlanish tanaffuslari ish vaqtining tarkibiga kirmaydi. Ishlash vaqti – bu mehnat jarayonining elementlari – operatsiyalar, topshiriqlar, majburiyatlarning bajarilishi uchun sarflanadigan vaqtdir. Ishlash vaqtining o’zi: unumli – ishlab chiqarish topshirig’idagi ishlarni bajarishga va unumsiz – ishlab chiqarish topshirig’ida ko’rsatilmagan ishlarni bajarishga sarflangan vaqtlardan tashkil topadi. Unumli ishlash vaqtining tarkibiga tayyorgarlik ko’rish va yakunlovchi ishlarni bajarishga sarflanadigan vaqt, operativ vaqt, ish o’rniga xizmat ko’rsatish vaqti kiradi. Tayyorlov-yakunlovchi vaqt – bu topshiriqni bajarish uchun ijrochining tayyorgarlik ko’rib olishi, ish o’rnini tayyorlashi hamda topshiriq bajarilgandan keyin uni yakunlash bilan bog’liq bo’lgan hamma harakatlarga sarflanadigan vaqtdir. Ishlab chiqarish korxonalarida tayyorlov-yakunlovchi vaqt asosan yakka tartibda bajariladigan topshiriqlar tez-tez o’zgarib turadigan ishlar uchun belgilanadi. Unga material, asbob-uskuna, moslama, ish vazifalari, texnik hujjatlarni olish, ular bilan tanishish, jihozlar va moslamalarni sozlash, topshiriq bajarilgandan keyin ishni, asboblarni, moslamalarni topshirishga sarflanadigan vaqtlar kiradi. Tayyorlov-yakunlovchi vaqt ko’proq yakka va mayda seriyali ishlab chiqarishga tegishli bo’lib, ommaviy ishlab chiqarishda esa u nolga tengdir. Operativ vaqt – bu bevosita texnologik operatsiyani bajarishga sarflanadigan vaqtdir. Operativ vaqtning o’ziga xosligi shundaki, uning elementlari har bir operatsiya bajarilayotganda takrorlanib turadi va o’z navbatida asosiy va yordamchi vaqtlarga bo’linadi. Asosiy vaqt – mehnat predmetini tubdan o’zgartirishga, unga boshqa sifat berishga sarflanadigan vaqtdir, chunki bu vaqt davomida mehnat predmetiga ishlov berilishi natijasida uning tashqi ko’rinishi, shakli, hajmi, holati, xususiyati o’zgaradi. Masalan, poyafzalni qolipga tortish, ikki detalni ulash va boshqa operatsiyalarga sarflangan vaqt. Asosiy vaqt o’z navbatida qo’l bilan, mashina aralash qo’l va 83 mashinalar yordamida bajariladi, shunga ko’ra qo’l, mashina-qo’l va mashina vaqti deb ataladi. Yordamchi vaqt – asosiy texnologik operatsiyani bajarish uchun ishchining qiladigan harakatlariga va har bir dona yoki ma’lum bir miqdordagi mahsulotni tayyorlash uchun har safar takrorlanadigan harakatlarga sarflanadigan vaqtdir. Masalan, detallarni olish, aylantirish, tekislash va boshqalar. Yordamchi harakatlar asosan qo’lda bajariladi, ammo texnikaning rivojlanishi asosida qo’lda bajariladigan harakatlar mexanizatsiyalashtirilmoqda, masalan, yarim avtomat stanoklarda asbobni yaqinlashtirish, ipni uzish, detalni o’rnatish, jildirish kabilar mashinaning ishchi organlari orqali bajarilmoqda. Bu o’z navbatida ishchining ish vaqtidan unumli foydalanishga, mehnat unumdorligining o’sishiga ta’sir ko’rsatmoqda. Yordamchi harakatlarni bajarish vaqtida mehnat predmetlarining xususiyatlari o’zgarmaydi. Notekis texnologik jarayonda va ko’p stanokli ishda texnologik jarayonni davom ettirish va tiklashga oid ishlarni bajarish bilan bog’liq bo’lgan to’g’ri kelish tanaffuslari mavjud bo’lib, u operativ vaqtning tarkibiga kiritiladi. Bunday mashinali ishlab chiqarish jarayonida yordamchi vaqt asosiy vaqt bilan qoplanadigan va asosiy vaqt bilan qoplanmaydigan guruhlarga ajratiladi. Mehnat me’yorlarining tarkibiga asosiy vaqt bilan qoplanmaydigan yordamchi vaqt kiritiladi, chunki qoplanadigan yordamchi vaqt asosiy vaqt bilan parallel bajariladi, ishlab chiqarishga sarflanadigan vaqtni uzaytirmaydi. 84 85 Ish o’rniga xizmat ko’rsatish vaqti – bu ish o’rnini normal holda saqlashga – ishni qabul qilish, ish o’rnini tozalash, ishga tayyorlash, jihozlarni saqlash, moylash kabi ishlarni bajarishga sarflanadigan vaqtdir. Ish o’rniga xizmat ko’rsatish o’z navbatida joriy va smenalik vaqtlarga ajratiladi. Smenalik ish o’rniga xizmat ko’rsatish smenaning boshi va oxirida bajariladigan: ish o’rnini tayyorlash, asboblarni hozirlash, yig’ishtirish, ishni topshirish kabi vaqtlardan iborat bo’lib, u smena davomida faqat bir marta amalga oshiriladi va har bir texnologik operatsiya uchun belgilanadigan vaqt me’yorining tarkibiga proporsional ravishda kiritiladi. Tayyorlov-yakunlovchi vaqtdan farqli o’laroq, u ishlab chiqarishning hamma turlarida, hamma operatsiyalar uchun belgilanadi. Ish o’rniga joriy xizmat ko’rsatish – bu smena davomida ish o’rnini ish holatida saqlashga sarflanadigan vaqtdir. U o’z navbatida ish o’rniga tashkiliy va texnikaviy xizmat ko’rsatish vaqtlariga bo’linadi. Ish o’rniga texnikaviy xizmat ko’rsatishga texnologik jihoz va mashinalarni sozlash, kesuvchi asbobni boshqasiga almashtirish, ipning uzilishini, qayish va ignalarni o’zgartirish kabi ishlarga sarflanadigan vaqtlar kirsa, jihozlarni ko’zdan kechirish, yurgizib sinab ko’rish, moylash, tozalash, asbob va moslamalarni hozirlab qo’yish kabi ishlarga sarflangan vaqtlar esa ish o’rniga tashkiliy xizmat ko’rsatishga misol bo’ladi. Ishlash vaqtining tarkibiga ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarishga sarflanmaydigan vaqt ham kiradi, u o’z navbatida tasodifiy ishlarni va unumsiz ishlarni bajarish vaqtlariga ajratiladi. Tasodifiy ish vaqti - bu ishlab chiqarish topshirig’ida ko’zda tutilmagan, biroq topshiriqni bajarish uchun ehtiyoj tug’ilishdan paydo bo’lgan harakatlarni bajarishga sarflanadigan vaqtdir. Unumsiz ish vaqti - bu mahsulot tayyorlashga ketgan qo’shimcha vaqt bo’lib, uning natijasida mahsulot miqdori ko’paymaydi, sifati ham yaxshilanmaydi. Unumsiz ish vaqti sarfiga mahsulot ishlab chiqarishda yo’l qo’yilgan nuqsonlarni tuzatish, 86 detallarni tekislab qirqish, belgilar qo’yish va boshqalarga sarflangan me’yordan ortiqcha sarflangan vaqtlar kiradi. Ijrochining ish vaqti tanaffuslardan ham tashkil topadi, u esa o’z navbatida reglamentga solingan va reglamentga solinmagan tanaffuslarga bo’linadi. Reglamentga solingan tanaffus - bu ishlab chiqarishda qo’llanilayotgan texnologiya va ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish xususiyatlariga bog’liq holda, ishchilarning qisqa muddatli dam olishi va shaxsiy ehtiyojlari tufayli paydo bo’ladigan tanaffuslardir. Reglamentga solingan tanaffuslar mehnatni me’yorlashning asosini tashkil qiladi, u vaqt me’yorining tarkibiga dam olish vaqti deb kiritiladi. Qisqa muddatli tanaffuslar va shaxsiy ehtiyojlarga ajratilgan vaqt ishchining smena davomida ish qobiliyatini saqlab turish uchun qo’llaniladi. Reglamentga solinmagan tanaffus vaqti - bu tashkiliy-texnikaviy sabablar tufayli yoki ishchining ishlab chiqarish intizomini buzishi tufayli sodir bo’ladigan tanaffusdir. Bu vaqt ichida ishlovchi va jihozlar bekor turib qoladi. Reglamentga solinmagan tanaffuslarga jihozlarni ta’mirlash, mexanizmlarning sinib qolishi, xom ashyo va materiallarni o’z vaqtida ish o’rinlariga etib kelmasligi, ishchilarning ishga o’z vaqtida kelmasligi, barvaqt ketib qolishdan, ruxsatsiz ish o’rnini tashlab chiqib ketishlari kabilar misol bo’la oladi. Ish vaqti sarfi tasnifini ko’rib chiqish asosida ishchilarning ish vaqtidan qanday foydalanishni tahlil qilish bilan bir qatorda bu vaqtlarni me’yorlashtirilgan va me’yorlashtirilmagan guruhlarga ajratiladi. Me’yorlashtirilgan ish vaqtining tarkibiga mehnat me’yorini tashkil etadigan tayyorlov-yakunlovchi vaqt, operativ vaqt, ish o’rniga xizmat ko’rsatish vaqti, dam olish va shaxsiy ehtiyojlarga ajratilgan vaqtlar, ishlab chiqarish texnologiyasi va ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish bilan bog’liq tanaffuslar kiritilgan. Me’yorlashtirilmagan ish vaqtining tarkibiga esa ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarishga sarflanmaydigan vaqt, ishchiga bog’liq va bog’liq bo’lmagan bekor turib qolishlar kiritilgan bo’lib, ular o’z navbatida ish vaqtini yo’qotilishini tashkil etadi. Bunday tanaffuslarni cheklab qo’yish ishchining mehnat unumdorligini oshirishga, jihozlardan samarali foydalanishga yordam beradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling