S. N. Yuldashev, X. M. Ibragimova, B. X. Fayziev mehnatni tashkil etish va
Mehnat me’yorlari va ularni hisoblash usullari
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
S. N. Yuldashev, X. M. Ibragimova, B. X. Fayziev mehnatni tashki
2.3 Mehnat me’yorlari va ularni hisoblash usullari
Mehnatni me’yorlashning usuli deganda, ish vaqti sarfining tadqiq qilish, loyihalash va aniqlash uslubiyoti tushuniladi. Mehnatni me’yorlashning tajribaga, statistik ma’lumotlarga asoslangan va texnikaviy me’yorlash usullari mavjud. Tajribaga asoslangan me’yorlash usulida me’yorlovchining shaxsiy tajribasiga suyangan holda mehnat me’yorlari aniqlanadi. Statistik ma’lumotlarga asoslangan usulda esa mehnat me’yorlari korxonaning hisobot ma’lumotlari asosida aniqlanadi. Bu usullarda mehnat me’yorlari ishlab chiqarishning tashkiliy-texnikaviy sharoitlarini chuqur tahlil qilmasdan, ularning har birining mehnat me’yorlariga ta’sirini aniqlamasdan turib taxminan hisobga olinadi. Ayniqsa operatsiyaning tarkibi, uning bajarilish tartibi chuqur o’rganilmaydi, ya’ni mehnat jarayonining ayrim elementlariga sarflanadigan vaqt emas, balki mazkur turdagi ishga yalpi sarflanadigan umumiy vaqt aniqlanadi. Shuning uchun tajribaga va statistik ma’lumotlarga asoslangan me’yorlash usulini jamlash usuli deb ataladi. Jamlash usuli me’yorlashdagi oddiyligi bilan farqlanadi, lekin uning quyidagi kamchiliklari mavjud: - me’yorlarni hisoblashda tashkiliy-texnikaviy ish sharoitlari tahlil qilinmaydi; - mehnat jarayonining elementlari alohida o’rganilmaydi, vaqt aniqlanmaydi, me’yorlarni bajarish darajalarining aniq sabablarini o’rganish mumkin bo’lmaydi; - me’yorlarda ilgarigi ish kamchiliklari aks etadi, ilg’or tajribalar hisobga olinmaydi; - yangi mahsulot, yangi texnika yoki texnologiya o’zgarganda yoki o’zlashtirishda mehnat me’yorlarini hisoblash imkoniyatlari cheklangan bo’ladi. Demak, ushbu usul mehnat unumdorligini o’sishiga to’liq yordam bermaydi. Shularni hisobga olgan holda korxonalarda mehnatni me’yorlashning ilg’or usuli – texnikaviy usulidan foydalaniladi. Mehnatni texnikaviy me’yorlash ish o’rnidagi tashkiliy-texnikaviy sharoitlarni tahlil qilishga, uning ishlab chiqarish imkoniyatlarini o’rganishga va ilg’or tajribaga 88 asoslanib mehnat me’yorlarini belgilashdan iborat. Mehnatni texnikaviy me’yorlash – ishlab chiqarishda mehnatni oqilona tashkil qilishning asosidir, shunga ko’ra mehnat me’yorlari quyidagi tartibda belgilanadi: - ish o’rnining tashkiliy-texnikaviy sharoitlarini va uning ishlab chiqarish imkoniyatlarini tahlil qilinadi; - operatsiyani (ishni) bajarishni oqilona usullarini loyihalash; - me’yorlashtirilgan operatsiyaning (ishning) hamma elementlarini bajarishga sarflanadigan vaqtni aniqlash; - operatsiyani (ishni) tashkil etgan elementlariga sarflanadigan vaqtlarga muvofiq mehnat me’yorlarini aniqlash; - belgilangan mehnat me’yorlarini ishlab chiqarishga joriy etish. Texnikaviy me’yorlashning jamlash usulidan farqi uning elementma-element, analitik tartibda me’yorlarni aniqlashidadir. Shuning uchun ba’zida texnikaviy me’yorlashni elementlar bo’yicha me’yorlash yoki analitik usuli deb ham yuritiladi. Texnikaviy me’yorlash mehnat me’yorlariga bo’lgan asosiy talablarni bajarishni ta’minlay oladi, masalan, me’yorlarni aniqlashda ilg’or tajriba, fan-texnika yutuqlari hisobga olinib, ular korxonadagi ishchilarning mehnat unumdorligini o’stirishiga qaratilgandir. Mehnat me’yorlari me’yorlashning usullariga ko’ra tajriba-statistik ma’lumotlarga va texnik jihatdan asoslangan me’yorlarga bo’linadi. Demak, har qanday ishlab chiqarish jarayonini, alohida ish o’rinlarining tashkiliy-texnikaviy sharoitlarini hisobga olgan holda aniqlangan me’yorlar texnik jihatdan asoslangan me’yorlar bo’lib, ular hozirda me’yorlarning eng ilg’or va ilmiy turidir. Mehnatni me’yorlashning asosiy usuli texnikaviy yoki analitik usul deb atalib, uning yordamida texnik asoslangan me’yorlar har bir operatsiyaning tarkibiy qismlari bo’yicha (asosiy, yordamchi, ish o’rniga xizmat ko’rsatish va boshqalar) belgilanadi. Shunga ko’ra, analitik usul quyidagi xususiyatlari: me’yorlash-tiriladigan operatsiyani elementlari bo’yicha tahlil qilish, ishlab chiqarish jarayonini o’timlarga ajratish, ish o’rnini tashkil qilishni chuqur tahlil qilish, ilg’or ish usullarini o’rganish, 89 texnologik operatsiyani bajarish ketma-ketligini belgilash (loyihalash), o’rganilayotgan operatsiyaning har bir elementini bajarish ish vaqti sarfini aniqlash, texnologik operatsiyani tarkibini optimal ravishda loyihalash kabilar bilan ajralib turadi. Mehnatni me’yorlashning analitik usuli o’z navbatida analitik-tadqiqot va analitik-hisoblash turlariga bo’linadi. Ikkala usul texnik asoslangan me’yorlarni aniqlash uchun ishlab chiqarish sharoitlarini o’rganish, uni tarkibiy qismlarga ajratishni taqozo qiladi, bu esa operatsiyani va uning elementlarini nihoyatda sifatli tahlil qilish imkonini beradi. Bundan tashqari jihozlardan, asbob-uskunalardan, moslamalardan optimal foydalanish, mehnat jarayonlarini oqilona tashkil qilish hisobga olinadi. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling