S. N. Yuldashev, X. M. Ibragimova, B. X. Fayziev mehnatni tashkil etish va


Ko’pstanokli mehnatni tashkil qilishning variantlari


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/73
Sana08.01.2022
Hajmi0.67 Mb.
#239433
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   73
Bog'liq
S. N. Yuldashev, X. M. Ibragimova, B. X. Fayziev mehnatni tashki

Ko’pstanokli mehnatni tashkil qilishning variantlari. Ko’pstanokli ish
ishlab chiqarishning hamma turi uchun xosdir (yakka, seriyali va ommaviy).
Korxona rahbarlari va mutaxassislarining asosiy vazifasi ko’pstanokli
mehnatning turlarini takomillashtirishdan iboratdir. Ko’pstanokli mehnatning turi


46
korxona ishlab chiqarish faoliyatining sharoitlari bilan bevosita bog’liqdir va ular bir-
biridan jihozlarni joylashtirish xususiyatlariga ko’ra farq qiladi.
1. Jihozlarni to’g’ri chiziq bo’yicha joylashtirish.
Jihozlarni to’g’ri chiziq bo’yicha joylashtirish to’qimachilik korxonalarining
asosiy sexlarida, tikuvchilik va poyafzal korxonalarida qo’llaniladi. Jihozlarning
bunday joylashishiga quyidagilar xos bo’lib, bunda ishchini bir jihozdan ikkinchi
jihozga o’tishdagi normal o’tish vaqti va oxirgi mashinadan birinchi mashinaga
o’tadigan maksimal vaqt hisobga olinadi. Jihozlarning maksimal o’tish vaqtlari
quyidagi bog’lanish bo’yicha o’zaro bog’langandir.
t
maks. o’tish
= t
o’tish
(n-1)
Bunda: n - bir ishchi uchun biriktirilgan jihozlar soni.
2. Mashinalar yopiq xalqa bo’yicha joylashtirilganda ishchining har bir
mashinaga o’tish vaqti teng bo’lishi ta’minlanadi, u o’z navbatida ishchining uzluksiz
va bir maromda ishlashiga yordam beradi.
Yopiq xalqa bo’yicha mashinalarni joylashtirish quyidagicha amalga oshiriladi:
a) mashinalarni parallel joylashtirish.
b) mashinalarni aylana bo’ylab joylashtirish.
Jihozlarni bunday joylashtirish usulida katta ishlab chiqarish maydoni talab
etiladi, bu esa o’z navbatida 1 m
2
 ishlab chiqarish maydonidan olinadigan mahsulot
sonining kamayishiga olib keladi, lekin ishlarga biriktirilgan jihozlar sonini
hisoblashda bir mashinadan ikkinchisiga o’tish vaqti bir xil bo’lganligi uchun, to’g’ri
chiziq bo’yicha jihozlarni joylashtirish variantiga nisbatan bir ishchiga
biriktiriladigan mashinalar soni ko’p bo’ladi.
3. Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish uchastkalarida ishchi bir joyda turib,
o’ziga biriktirilgan mashinalarga xizmat ko’rsatadi va shunga ko’ra ishchiga
biriktirilgan mashinalar soni quyidagicha aniqlanadi:
1
'
+
=
l
to
m
t
t
n
Formuladan ko’rinib turibdiki, boshqa shartlar teng bo’lganda bitta ishchi
xizmat ko’rsatadigan mashinalar soni yuqoridagi variantlarnikiga qaraganda ko’pdir,
ishchilarning ish vaqtidan foydalanish darajasi yuqori bo’ladi.


47
Hisoblar natijasida aniqlanadigan bir ishchi xizmat ko’rsatish mumkin bo’lgan
mashinalar soni albatta butun son bo’lishi kerak, hisobdagi kasr sonlar yaxlitlanadi.
Ko’pstanokli mehnatni tashkil qilish quyidagi shartlarga rioya qilingan
holdagina maqsadga muvofiq hisoblanadi:
1. Ish o’rinlarida texnologik jarayonni yoki texnologik operatsiyasini
tugallanganligini qayd qiladigan moslamalar bilan jihozlanishi yoki jihozlarni
avtomatik ravishda to’xtatishni ta’minlanishi. Masalan, tikuvchilik korxonalarida
kiyim detallariga ishlov beradigan presslarni operatsiya tugagandan keyin avtomatik
ravishda to’xtashi ta’minlangandir.
2. Ko’pstanokchilarning mashinalarida mustaqil mashina vaqti bilan xizmat
ko’rsatish vaqti aniq nisbatda bo’lishi kerak yoki mustaqil mashina vaqti
mashinalarga xizmat ko’rsatish vaqtidan katta bo’lishi shart.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling