108
kuzatiladi, mashinalarning asosiy ishlash vaqti va to’xtab turish holatlari o’rganiladi.
Bunday kuzatishdan olingan ma’lumotlar mashinalardan vaqt mobaynida qanday
foydalanilayotganini to’liq tavsiflaydi va vaqtning qaerda nobud bo’layotganini topib
olish imkonini beradi.
Bu kuzatuv ish vaqtini yakka fotografiyasiga o’xshab o’tkaziladi, faqat
mashinalarning ish unumiga bevosita ta’sir etadigan omillar o’rganiladi. Kuzatish
vaqtida kuzatuv mashinalarning to’xtab turish sabablarini
yozib boradi, to’xtab
turishlarning davom etish vaqti kuzatuv varag’ida qayd etiladi, ko’p
stanokli ishlarda
esa to’g’ri kelish tanaffuslari alohida ko’rsatiladi.
Kuzatuv natijasida olingan malumotlar asosida mashinaning vaqt balansi
tuzuladi. Buning uchun to’xtab turishlar sabablari bo’yicha va ish turiga ko’ra
guruhlanadi, indekslar bilan belgilanadi. Asosiy mashinaning ishlash va to’xtab
turishlar vaqtining
jami aniqlanadi, jihozlarni to’xtashlari va foydali ish
koeffitsientlari aniqlanadi. Olingan ma’lumotlarni normativ ko’rsatkichlari bilan
taqqoslanadi, zoye ketgan vaqtlarni keltirib
chiqargan sabablari aniqlanadi, ularni
bartaraf qilish tadbirlari belgilanadi.
Tajribali me’yorlovchi (kuzatuvchi) to’xtashlarning davom etish vaqti va
qaytarilishiga qarab bir vaqtning o’zida yonma-yon turgan bir
necha mashinalarni
ishlashini kuzatishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: