S. N. Yuldashev, X. M. Ibragimova, B. X. Fayziev mehnatni tashkil etish va
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
S. N. Yuldashev, X. M. Ibragimova, B. X. Fayziev mehnatni tashki
uz
o o t a t t a t 1 ' ' × = × = 119 Bunda, a – mehnat predmetlarini uzatish soni, t 1uz – mehnat predmetlarini 1 marta uzatishga sarflanadigan vaqt, sekundda. Mehnat predmetlarini mashinaning ishchi organlari tomon uzatish soni chokning uzunligi mehnat predmetlarini bir marta uzatish uchun kerak bo’lgan masofaga – S bo’lib aniqlanadi: 1 - = S L a Yordamchi elementlarga sarflanadigan vaqt tarmoq normativi yordamida hisoblanadi. - To’xtab-to’xtab ishlaydigan mashinalar uchun vaqt me’yorini aniqlash. Tikuvchilik korxonalarida tugma qadash, izma, ilgak tikish, mustahkamlash choklari bajarish kabi maxsus yarim avtomat mashinalarida bajariladi. Bu mashinalarda bajariladigan ishlarga sarflanadigan vaqt me’yori yuqorida aytib o’tilganidek uch vaqtdan iborat: operativ vaqt, ish o’rniga xizmat ko’rsatish vaqti, dam olish, shaxsiy zaruratlar vaqtlaridan iborat. Operativ vaqt esa o’z navbatida ikki vaqtdan – asosiy vaqt, ya’ni mashinaning ishlash vaqti ( m as t ) va yordamchi vaqt – (t yor ) dan iborat bo’ladi. yor m as op t t t + = Asosiy vaqt quyidagicha aniqlanadi: r t t m as × = 1 Bunda, t 1 - bitta tugma qadashga, bitta izma tikishga yoki boshqalarga sarflanadigan vaqt, sekundda. r – bir buyumdagi tugma, izma va boshqalarning soni. Agar normativ bo’yicha t 1 – bichilmagan bo’lsa, unda m as t quyidagi formula orqali aniqlanadi. r k n m t m as × úû ù êë é + × × = 3 , 0 60 Bunda, m – operatsiya bajarish uchun igna sanchishlar soni; n – mashina bosh valining aylanish tezligi, ayl/min; k – mashina tezligidan foydalanish koeffitsienti (vatanimizda ishlab chiqilgan yarimavtomat tikuv mashinalari uchun –0,90, chet elda ishlab chiqarilgan mashinalar uchun esa 0,95); 0,3 - mashinani ishga tushirish va to’xtatish vaqti, sekund. 120 Ilova. Izma yo’rmalash operatsiyalari uchun asosiy vaqtni tarkibiga izma o’rnini qirqish uchun sarflanadigan vaqt ham kiritiladi. 3. Mashinada bajariladigan operatsiyalar uchun vaqt me’yorini aniqlash. Tikuvchilik korxonalarida mashina operatsiyalariga ishchining ishtirokisiz mashinaning ishchi organish orqali bevosita bajariladigan operatsiyalar kiradi, masalan namlab isitib bajariladigan presslash, kiyim detallariga shakl berish, tayyor kiyimni shaklini saqlab qolish operatsiyalari. Bunday operatsiyalar avtomatlashtirilgan S S -311, S S -313, S S -371, «Mayer» presslarida bajariladi. Bunday presslar uchun ham vaqt me’yori xuddi boshqa operatsiyalarga o’xshab aniqlanadi, faqat asosiy vaqt texnologik rejimda belgilangan presslash vaqtiga teng bo’ladi. press m as yor as op t t t t t t = = + = ; - Yordamchi elementlarni bajarishga sarflanadigan vaqtni aniqlash. Tikuv buyumlarini tayyorlashda yordamchi elementlarni bajarishga sarflanadigan vaqt assortimentning turlari bo’yicha ishlab chiqilgan tarmoq normativlari yordamida aniqlanadi. Yordamchi elementlarni bajarishga sarflanadigan vaqt kiyim detallarining o’lchamiga ko’ra har xil bo’ladi, masalan «detalni konveyerdan olish» elementi bo’yicha vaqt normativi tayyor mahsulot uchun mayda detallarni olishga nisbatan ko’proq bo’lishi normativlarda asoslab berilgan, normativdagi tavsiyalarga ko’ra kiyim detallari 4 ta guruhga ajratilgan: - kichik o’lchamli detallar – a - o’rta o’lchamli detallar – b - katta o’lchamli detallar – v - tayyor kiyimlar – g. Tarmoq normativining alohida bo’limida kiyim detallarini o’lchamiga ko’ra qaysi guruhga kiritilganligi berilgan, masalan yoqaning bo’laklari kichik guruhga, eng o’rta bo’lakka, ulangan detallar katta guruhga kiritilgan bo’lib, normativning keyingi bo’limida yordamchi elementlarning guruhlarga ko’ra bajarilish vaqti berilgan. 121 Texnologik operatsiya uchun vaqt me’yorini aniqlashda avval operatsiyaning tartibi, uni tashkil etgan elementlari aniqlanadi, ularning ichidan yordamchi elementlarni bajarilish ketma-ketligi tuziladi. O’rganilayotgan operatsiya uchun kiyim detallarini qaysi guruhga mansubligi aniqlanib, ularning ajralish vaqti maxsus jadvallardan tanlab olinadi. Yordamchi elementlarni bajarilish vaqti alohida-alohida belgilanib, ularning yig’indisi orqali texnologik operatsiyani bajarish uchun kerak bo’ladigan yordamchi elementlarga sarflanadigan vaqt aniqlanadi. å = n el yor yor t t 1 . . Bunda, n - texnologik operatsiyadagi yordamchi elementlar soni. Buyum birligiga sarflanadigan vaqt me’yori normativ bo’yicha faqat operativ vaqtdan emas, balki me’yorni tarkibiga kiradigan ish o’rniga xizmat qilish, dam olish va shaxsiy ehtiyojlarga ajratilgan vaqtlarning yig’indisidan iborat bo’ladi. Shunga ko’ra, tarmoq normativlarida ishlab chiqarish jarayonining turiga, operatsiyalarni bajarish usuli, texnologik jihozning turiga ko’ra ish o’rniga xizmat ko’rsatish va dam olish vaqtlari operativ vaqtga nisbatan yoki ish smenasining davomiyligiga nisbatan foizlarda berilgan. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling