113
Bunday usulda to’ldirilgan kuzatuv varag’idagi ishchilarning
harakatlari turlari
bo’yicha jamlanadi, har bir tur bo’yicha momentlarning foizi aniqlanadi.
Momentli kuzatuv usulida kuzatuv natijalari oddiy simvollar ya’ni nuqta va
chiziqchalar orqali ham ifodalanishi mumkin.
2.4-jadval
Momentli kuzatuvning chiziq va nuqta ko’rinishidagi shartli belgilari
Ish vaqti sarfida
momentlar soni
Shartli belgilar
Ish vaqti sarfida
momentlar soni
Shartli belgilar
1
2
3
4
5
6
.
:
:.
::
:
.
7
8
9
10
11
20
.
.
Bunday usul momentlar sonini tezlik bilan sanab chiqish imkonini beradi.
3-bosqich. Kuzatuv natijalarini tahlil qilish.
Momentli usulda olingan kuzatuvlar natijasini tahlil qilish har bir tur ish
bo’yicha vaqt sarfidagi momentlar miqdorini sanab chiqishdan boshlanadi. So’ngra
hamma turdagi sarflarda momentlar yig’indisi hisoblab chiqiladi, har bir tur bo’yicha
momentlarning foizi aniqlanadi.
Olingan malumotlarni tahlil qilish hamda aniqlangan kamchiliklarni
bartaraf
qilishga va mehnatni oqilona tashkil qilishni takomillashtirishga qaratilgan tadbirlarni
ishlab chiqish ish vaqtini yakka va guruhli fotografiya kuzatuvlariga o’xshab
amalga
oshiriladi.
Momentli kuzatish usuli o’zining ijobiy hamda salbiy tomonlariga ega.
Ijobiy tomonlari quyidagilardan iborat:
- bir vaqtning o’zida ko’p sonli ishchilarning ish vaqtidan foydalanish darajasi
o’rganiladi;
114
- kuzatuv o’tkazishning qulayligi, harakatlarning boshqarish vaqti emas,
momentlari soni o’rganiladi;
- kuzatuvni to’xtatib, keyingi kunlari davom ettirish mumkin;
- olingan natijalarni tahlil qilishning ko’p mehnat talab qilmasligi, oddiyligi;
- kuzatilayotgan ishchilarning ruhiyatida katta o’zgarish bo’lmasligi, yakka
kuzatuv o’tkazishda sodir bo’ladigan taranglik, jiddiylikning yo’qligi.
Lekin momentli kuzatish usulining kamchiliklari ham mavjud:
- kuzatuv natijalari bo’yicha o’rtacha ma’lumotlarga ega bo’lish;
- alohida ishchilar bo’yicha ilg’or ish usullarini aniqlab bo’lmaslik;
- kuzatuvchidan juda ko’p vaqt va energiya sarflashini talab etilishi;
- o’rtacha
natijalarga qarab, ayrim ishchilarning ish vaqti sarfining tarkibiga
baho berishning iloji yo’qligi va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: