1. Tezkor tahlil o’tkazish usuli. U statistik ma’lumotlarni o’rganish asosida
qat’iy belgilangan muddatlarda o’tkaziladi. Uning maqsadi – mehnat me’yorlarining
holatini belgilovchi asosiy ko’rsatkichlarini doimiy ravishda nazorat qilish va yangi
texnologik operatsiyalarni chuqur tahlil qilishdan iborat.
Kuzatish davrida quyidagilar tekshiriladi: me’yorni bajarishning o’rtacha
darajasi, ishbay ishchilarning texnologik operatsiyani bajarilishiga ko’ra
taqsimlanishi, mehnat me’yorlarini o’rtacha ko’rsatkichlardan chetga chiqishi, texnik
asoslangan me’yorning salmog’i, ish va ishchilarning malaka darajalari va boshqalar.
131
Do'stlaringiz bilan baham: |