14
Jami:
24 soat
Аmaliy mashg’ulotlar multimediya qurilmalari va laborotoriya jihozlari bilan jihozlangan
auditoriyalarda har bir akademik guruhga alohida o`tiladi.
3.1. Amaliy (seminar) mashg`ulotlar mavzulari mazmuni.
Mavzu 1. Fiziologiya fani, rivojlanishi, tibbiyotda ahamiyati. Fiziologik tekshiruv usullari. Organizmda
funksiyalarning boshqarilishi. Organizmni bir butunligi.
Amaliy mashg’ulotning qisqacha mazmuni. Kuzatish usuli, ijobiy tomonlari va kamchiliklari.
Ta’sirlash usuli, uning turlari. Ajratish usuli, to’liq va qisman ajratish. Denervatsiya, buzish usuli. O’tkir va
surunkali tajriba. Fiziologik tadqiqotlarda foydalaniladigan apparatlar va asboblar.
Mavzu 2. Qo’zg’aluvchan to’qimalarda bioelektrik hodisalar. Ta’sirlash qonunlari. Sinapslarining
xossalarini o`rganish.
Amaliy mashg’ulotning qisqacha mazmuni. Qo’zgaluvchan to’qimalar. Tasirlanuvchanlik,
ta’sirlagichlar. Tinchlik potensiali. Lokal javob va xossalari, harakat potensiali va uning fazalari va mexanizmi.
Iz potensiallari. Doimiy tokning to’qimaga ta’siri. Tasirlashning qutb qonuni. Labillik, uning o’lchami. Kuch-
vaqt egri chizig’i, reobaza, xronaksiya, xronaksimetriya. To’qima akkomodatsiyasi. Qo’zgaluvchanlikning
qo’zgalish jarayonida o’zgarishi.
Mavzu 3. Mushaklar xossalari.
Amaliy mashg’ulotning qisqacha mazmuni. Skelet mushaklarining fiziologik xossalari. Mushakni
ta’sirlash usullari. Mushakning qisqarish tiplari.Harakat birliklari. Mushakning qisqarish mexanizmi. Mushak
ishi va kuchi, charchashi uning sabablari, ergografiya, mushak ishchi gipertrofiyasi. Silliq mushaklar fiziologik
xossalari. Mushakning yakka qisqarishi egri chizig’idagi bosqichlar. Qisqarishlar summatsiyasi. Silliq va tishli
tetanus.
Mavzu 4. Qoning fizik va kimyoviy xossalarini tekshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |