S. S. Dexkanov " " 2023 yil


Mavzu 6. Organizmning ekskretor funksiyalari


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/20
Sana02.11.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1740110
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
stom ishchi dast fiziol

Mavzu 6. Organizmning ekskretor funksiyalari. 
Ma'ruza materialining qisqacha mazmuni: organizmda ayirishning ekstrarenal yo‘llari. So‘lak bezlarining 
va oshqozon-ichak traktining ayirish funksiyasi. Gomeostazni saqlashda buyrakning fiziologik roli. Siydik hosil 
qilish va ajralish mexanizmlari, ularning boshqarilishi. Bolalar ayiruv tizimining o‘ziga xosligi. 
Mavzu 7. Og‘iz bo‘shlig‘i va me'dada hazm qilish. 
Ma'ruza materialining qisqacha mazmuni: Hazm qilish tiplari. Hazm qilish a'zolarining funksiyalari. 
So‘lakning tarkibi va xossalari. So‘lakning fiziologik ahamiyati. Og‘iz va gingival suyuqliklari. Chaynash 
jarayonida ovqatga mexanik va kimyoviy ishlov berish. So‘lakning gipo-va gipersekretsiyasi. Yutish akti va 
uning boshqarilishi. Og‘iz bo‘shlig‘ining funksiyalarini tekshirish metodlari. Oshqozon-ichak traktida ozuqa 
moddalarni hazm qilinishi. Bolalar hazm tizimining o‘ziga xosligi. 
Mavzu 8. Ingichka va yo`g`on ichakda ovqat hazm bo`lishi. Jigar va oshqozon osti bezi hazm faoliyati. 
Ingichka ichakda ovqat hazm bo`lishi. O`t-safroning hazm jarayonidagi vazifasi. Me`da osti bezining hazm 
jarayonidagi ishtiroki. Oziq moddalarning hazm yo`lida so`rilishi. Yo`g`on ichakdagi hazm xususiyatlari. Jigar 
va oshqozon osti bezi hazmdagi roli. 
Mavzu 9. Organizmning integrativ-moslanuvchi faoliyatida MAS ning roli. 
Ma'ruza materialining qisqacha mazmuni: organizm integrativ – moslashish faoliyatida MAT ning roli. 
MAS faoliyatining reflektor prinsipi. «Asab markazi» tushunchasi, asab markazlarining xossalari. 
Elektroensefalografiya, uning stomatologiyada qo‘llanishi. Bolalarda MAS tizimining xususiyatlari. 
Mavzu 10. Ichki sekresiya bezlarining fiziologiyasi. 
Ma'ruza materialining qisqacha mazmuni: ichki sekresiya bezlarining o‘ziga xos xususiyatlari. 
Gormonlarning umumiy xossalari, ularning organizm uchun ahamiyati. So‘lak bezlarining inkretor funksiyasi. 
Ichki sekresiya bezlarining giper- va gipofunksiyasi natijasida og‘iz bo‘shlig‘idagi o‘zgarishlar. Bolalarda 
endokrin tizimining o‘ziga xosligi. 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling