S. S. Dexkanov " " 2023 yil


Download 408.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/10
Sana19.06.2023
Hajmi408.11 Kb.
#1614843
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
27 05 23Фармация Микробиол фанидан ишчи дастур


Jami: 
100 
VII. Baholash mezoni 
Baholashni shartli ravishda 2 qismga bo‘lamiz: dastlabki baholash va asosiy 
baholash. 
Dastlabki baholashda talabaga ma’ruza mashg’uloti, amaliy mashg‘ulot va 
mustaqil ta’lim nazoratlari bo’yicha baho qo’yiladi. Talaba har bir mavzu bo’yicha 


nazorat uchun qo‘yilgan talablarning kamida 55,0 % ni bajarsa ijobiy baholanadi.
Dastlabki baholashda fandan talabaning olgan baholarini rasmiylashtirish 
uchun fakultet dekanatlarida dastlabki baholash qaydnomasi tashkil etiladi. Unda 
barcha nazoratlar bo‘yicha baholar qo‘yiladi va o‘rtachasi aniqlanadi, o‘rtacha baho 
ijobiy bo‘lsa Yakuniy nazoratga ruxsat beriladi. Birta nazoratdan qoniqarsiz baho 
olganda ham o’rtacha baho hisoblanmaydi va talaba Yakuniy nazoratga kiritilmaydi. 
Asosiy baholashda talaba fandan yakuniy nazorat topshiradi, bunda ham 
kamida 55,0 % to‘g‘ri javob bergan bo‘lsa ijobiy baholanadi. 
Yakuniy nazorat test sinovi shaklida olinganda test variantiga 25 ta savol 
beriladi. Bunda talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida baholanadi: 
to’g’ri javoblar foizi 0÷ 54,0 % oralig’ida bo’lganda – 2 (qoniqarsiz) baho; 
to’g’ri javoblar foizi 55,0÷ 71,0 % oralig’ida bo’lganda – 3 (qoniqarli) baho; 
to’g’ri javoblar foizi 72,0 ÷ 85,0 % oralig’ida bo’lganda – 4 (yaxshi) baho; 
to’g’ri javoblar foizi 86,0 ÷ 100 % oralig’ida bo’lganda – 5 (a’lo) baho.

 
VIII. Ta’lim natijalari/Kasbiy kompetensiyalari 
Talaba:  
- mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya modullarining tarixi, bu modullarning 
shakllanishining asosiy bosqichlari;
- mikrobiologik laboratoriyalarda, reaktivlar, asboblar va laboratoriya hayvonlari bilan 
ishlashda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish;
- mikroblar va viruslarning tasnifi, morfologiyasi strukturasi va fiziologiyasi, ularning 
biologik, patogenlik xususiyatlari va ularning aholi salomatligiga ta'siri;
- mikroorganizmlar ekologiyasi va ularning tashqi muhitda tarqalganligi,
tashqi muhit omillarining mikroorganizmlarga ta'siri;
- inson organizmining mikroblar bilan simbioz jarayonlari va shakllanishining 
xususiyatlari, opportunistik kasalliklarning rivojlanishida organizmning rezident 
mikroflorasining roli;
- organizmning maxsus, nomaxsus ximoya omillari va ularning amaliyotdagi ahamiyati 
to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi;
- mikroblarning patogenligi va antibiotik qarshiligini genetik nazorat qilish xususiyatlari, 
qarshilikning rivojlanish mexanizmlari va uni aniqlash usullari;
- infeksiyani oldini olish uchun asbob va uskunalar, bog‘lovchi materiallarni sterilizasiya, 
dezinfeksiya qilish usullari;
- yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchilarining differensial xususiyatlarini;
- laborator tashxis usullarini;
- kasalliklarni maxsus oldini olish choralarini;
- tashqi muhit va oziq-ovqatlarning sanitar-ko‘rsatkich mikroorganizmlarini aniqlashni 
bilishi va ulardan foydalana olishi;
- mikroskop bilan ishlash;
- patologik materiallardan va mikrob kul'turalaridan surtma tayyorlash, oddiy va 
murakkab usullarda bo‘yash usullari;
- yuqumli kasalliklarni bakteriologik; - virusologik; - serologik; - mikologik;
- parazitologik; - molekulyar-genetik; - immunologik tashxis qo‘yishning zamonaviy 
usullarini bajarish, olingan natijalarni interpretasiya qila olishi;
- kasbiy faoliyat uchun o‘quv, ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar va Internet tizimidan 
foydalanish; - o‘z fikr-mulohaza va xulosalarini asosli tarzda aniq bayon eta olish 
ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
- mikrob olamining alohida vakillarining asosiy inson yuqumli kasalliklari etiologiyasi va 
patogenezidagi o‘rni;
- mikrobiologik diagnostika usullari, asosiy antibakterial, antivirus va biologik 
preparatlar, ularni tayyorlash, qo‘llash tamoyillari.


- mikrobiologik nuqtai nazardan yuqumli va opportunistik kasalliklarni tashxislashda 
tadqiqot uchun zarur laboratoriya usullari qo‘llash haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
- bemorlardan patologik materialni olish va laboratoriyaga yetkazish;
- tadqiqot uchun olingan patologik materialni saqlash sharoitlari va usullari (zarur bo‘lsa 
saqlovchi konservantlar qo‘llash);
- tadqiqot uchun olingan patologik materialdan birlamchi nativ surtma tayyorlash va 
mikroskopik tekshirish, toza kul'tura ajratib olish uchun oziqli muhitlar tanlash;
- yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlarning sof kul'turasini ajratish va ularni 
avlod turgacha identifikasiya qilish;
- virusli yuqumli kasalliklarda viruslarni indikasiya va identifikasi qilish usullari;
-zamburug‘lar va sodda jonivorlar keltirib chiqaruvchi yuqumli kasalliklarga 
mikrobiologik tashxis usullarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
- ajratib olingan yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchisini antibiotiklarga rezistentligini aniqlash 
va antibiotikogramma natijalarini izohlash;
- bemor qon zardobini ajratib olish usullari va uning tarkibidagi antitelalar titri
antigenlarni aniqlash;
-patologik materiallardan mikroskopik usulda zamburug‘ va sodda jonivorlar keltirib 
chiqaruvchi qo‘zg‘atuvchilarni topish;
-amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida olingan natijalarni ishchi daftarlarga 
bayonnoma, rasm ko‘rinishida to‘g‘ri tasvirlash;
- kasbiy faoliyat uchun o‘quv, ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar va Internet tizimidan 
foydalanish;
- o‘z fikr-mulohaza va xulosalarini asosli tarzda aniq bayon eta olish ko‘nikmalariga ega 
bo‘lishi kerak.
– 

Download 408.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling