S. S. Dexkanov " " 2023 yil
IV. Laboratoriya mashg’ulotlari bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar
Download 408.11 Kb. Pdf ko'rish
|
27 05 23Фармация Микробиол фанидан ишчи дастур
- Bu sahifa navigatsiya:
- Modulni o‘qitish davomida egallanadigan amaliy ko‘nikma va kompetensiyalar
- V. Kurs ishi (loyihasi, hgi) bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar O’quv rejasiga kurs ishi (loyihasi) kiritilmagan. VI. Mustaqil ta`lim va mustaqil ishlar
64
IV. Laboratoriya mashg’ulotlari bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar Modul bo‘yicha amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari komp'yuter, televizor, mul'timedia qurilmalari va laboratoriya jihozlari bilan jihozlangan auditoriyada bir akademik guruhga bir o‘qituvchi tomonidan o‘tkazilishi lozim. Mashg‘ulotlar faol va interaktiv usullar yordamida o‘tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Laboratorv mashg‘ulotlarni o‘tkazishda quyidagi didaktik tamoyillarga amal qilinadi: -laborator mashg‘ulotlarni maqsadini aniq belgilab olish; - o‘qituvchining innovasion pedagogik faoliyati bo‘yicha bilimlarni chuqurlashtirish imkoniyatlariga talabalarda qiziqish uyg‘otish; - talabada natijani mustaqil ravishda qo‘lga kiritish imkoniyatini ta'minlash; - talabani nazariy-metodik jihatdan tayyorlash. Modulni o‘qitish davomida egallanadigan amaliy ko‘nikma va kompetensiyalar: Modul davomila talabalar patologik material va mikrob kul'turalari bilan ishlay olishi, bakteriyalarni toza kul'turasini ajratib olish, surtmalar tayyorlash, bo‘yash usullarini bilishi. Mikroorganizmlarni ajratib olishda, surtmalarda ko‘rishda, to‘g‘ri farqlashda “mikrobiologik material” dan foydalana olishi; talabalar mikrobiologik modulida olgan bilimlarini yuqumli kasalliklarni bakterioskopik, bakteriologik, virusologik, serologik diagnostika qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak. V. Kurs ishi (loyihasi, hgi) bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar O’quv rejasiga kurs ishi (loyihasi) kiritilmagan. VI. Mustaqil ta`lim va mustaqil ishlar 1. Bakteriyalarning antibiotiklarga chidamli shakllarini paydo bo‘lish mexanizimlari 2. Disbakterioz va dizbakteriozning zamonaviy bakteriologik diagnostikasi 3. Monoklonal antitelolar va tibbiyot amaliyotlarida qo‘llanilishi. Interferon va sitokinlar, ta'sir mexanizmi 4. Immunopatologiya, xozirgi zamon klassifikastiyasi: tug‘ma va hayot davomida orttirilgan immun tanqisliklar. 5.Immunopatologiya, o‘sma xujayralarni kelib chiqishidagi ahamiyati . 6. Endogen parazitar kasalliklar, klassifikatsiyasi, patogenezi, laboratoriya tashxisi. 7. Autoimmun va allergik kasalliklar kelib chiqishi, kechishi, diagnostikasi. 8. Immunitet tizimi faoliyati bilan zamburug‘li va parazitar kasalliklar kelib chiqishidagi bog‘liqliklar. 9. Immun tanqisliklarda opportunistik infeksiyalar kelib chiqishining molekulyar mexanizmi 10. Shartli patogen anaerob kokklar (peptokokklar, peptostreptokokklar, veylonellalar) ularni xirurgik va ginekologik kasalliklardagi ahamiyati 11 Gemofil bakteriyalar (inflyuentsa tayoqchasi, yumshoq shankr qo‘zg‘atuvchisi), ularni amaliyotdagi ahamiyati, diagnostikasi 12.Kampilobakteriyalar, xelikobakteriyalar va ularning amaliyotdagi ahamiyati. 13.Leptospirozlar morfologiyasi, strukturasi, tarqalganligi, keltirib chiqaruvchi kasalliklari, laboratoriya diagnostikasi. 14. Borreliozlar morfologiyasi, strukturasi, tarqalganligi keltirib chiqaruvchi kasalliklari laboratoriya diagnostikasi 15. Parranda va cho’chqa grippi va uning xozirgi kundagi muammolari. 16. Koronoviruslar va ularning hozirgi kundagi muammolari 17. Diareyagen viruslar, klassifikasiyasi, patogenezi, laboratoriya tashxisi 18. Kasalxona ichida tarkaluvchi (yatrogen) yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilari va ularning laboratoriya diagnostikasi 19. Patogen zamburug‘lar chikaruvchi kasalliklar va ularni laboratoriya diagnostikasi 20. Sodda jonivorlar keltirib chiqaruvchi kasalliklar va ularning diagnostikasi 21. Onkogen viruslarning klassifikasiyasi. DNK saqlovchi onkogen viruslar: papilloma virusi; polioma virusi. Patogenezi, klinik kechishi, laboratoriya tashxisi. Download 408.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling