S. S. Ismailova lizing asoslari


Lizing faoliyatiga ruxsatnoma berish


Download 0.56 Mb.
bet55/89
Sana02.04.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1320130
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   89
Bog'liq
2 5192996437348065472-20230303-102212

7.5. Lizing faoliyatiga ruxsatnoma berish

Lizing kompaniyasining litsenziyasi belgilangan muddat davomida amaldagi qonunchilik talablari va litsenziya qoidalariga rioya qilgan holda faoliyat ko‘rsatishga ruxsat beruvchi rasmiy hujjat hisoblanadi.


Lizing kompaniyasi litsenziyani rasmiylashtirish uchun litsenziya beruvchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:1


• belgilangan shaklda kompaniyaning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning huquqiy manzili, hisob raqami, xizmat ko‘rsatuvchi bank nomi va litsenziya muddati to‘liq ko‘rsatilgan ariza;

• ta’sis hujjatlari nusxasi;


• davlat ro‘yxatidan o‘tganlik guvohnomasi nusxasi;


• davlat soliq xizmatida hisobga olinganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi;


• nizom kapitalini to‘laganlikni tasdiqlovchi hujjat;


• o‘tgan hisobot davri uchun balans va ko‘rsatilgan muddatda kompaniyaning moliyaviy faoliyati natijalari to‘g‘risida hisobot;




1 Лещенко М.И. Основы лизинга – М.: Финансы и статистика, 2001, 205б.

89




  • oxirgi auditorlik tekshiruvi yoki O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq idoralari tekshiruvi nusxasi;




  • arizani ko‘rib chiqish jarayoni uchun pul to‘langanligini tasdiqlovchi

hujjat.

Faqat tuzilayotgan lizing kompaniyalarigina so‘nggi ikki punktda ko‘rsatilgan hujjatlarni taqdim etishdan ozod qilinadi.


7.6. Lizing kompaniyalari birlashmalarini tuzish uslubiy asoslari

Lizing kompaniyalarini yaratish va rivojlantirish qoidaga ko‘ra ularning shartnoma asosida tarmoq assotsiatsiyalari va boshqa birlashmalarga ko‘ngilli birlashishini taklif qiladi. Bunda mintaqaviy assotsiatsiyalar quyidagi tarzda tuziladi:





  1. birlashmaning shakli va maqsadi, a’zolar tarkibi aniqlanadi, ishchi guruhi tuziladi, ishni boshlash va tugatish muddatlari belgilanadi;




  1. ishchi guruhi rejasi tuziladi va unda birlashma nizomi loyihasi, hujjatlarni tayyorlash muddati va aniq bajaruvchilar belgilanadi;




  1. bo‘lajak birlashmaning birinchi ta’sischilar yig‘ilishiga taklifnoma yuboriladi, nizom loyihasi va shartnoma loyihasini ko‘rib chiqish bo‘yicha tavsiyanomalar beriladi;




  1. umumiy yig‘ilishda har bir a’zodan hal qiluvchi ovozga ega bo‘lgan vakillar saylanadi.

Eng muhim hujjatlar nizom va shartnoma hisoblanadi. Shartnomada quyidagilar ko‘rsatilishi lozim: birlashmaning nomi va ta’sischilarning huquqiy manzillari, shartnoma predmeti, birlashma tuzilmasi va tashkilotining asosiy tamoyillari, birlashmaning vazifalari, rahbariyatning majburiyatlari, birlashma ta’sischilari o‘rtasida asosiy vazifalarning taqsimlanishi, boshqaruv va tashkilotning asosiy tamoyillari, birlashma ta’sischilarining huquq va majburiyatlari, ta’sischilar majburiyatlarini bajarish jadvali, zaxira jamg‘armasi to‘g‘risidagi qoidalar, ta’sischilar o‘rtasidagi hisob-kitoblar tartibi, muammolarni hal qilish tartibi va yakuniy xulosalar.





Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling