S. S. Ismailova lizing asoslari


Ishlab chiqarish va tashkiliy rejalar


Download 0.56 Mb.
bet75/89
Sana02.04.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1320130
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   89
Bog'liq
2 5192996437348065472-20230303-102212

11.3. Ishlab chiqarish va tashkiliy rejalar

Biznes-rejadagi ishlab chiqarish rejasi bo‘limi eng muhimlardan bo‘lib, marketing rejasi asosida tuziladi. Mazkur bo‘limda quyidagilar amalga oshiriladi:1





    1. Mavjud yoki rejalashtirilgan mahsulotni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan yangi tashkil etilayotgan ishlab chiqarish asoslab beriladi.




    1. Mahsulotning yillar bo‘yicha o‘sish dinamikasiga asosan mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish quvvatlari aniqlanadi. Bunda ishlab chiqarish quvvatlarini aniqlash uchun qiymat va natural ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Ishlab chiqarishning moslashuvchanligini ta’minlash uchun zaxira quvvatlarini ko‘zda tutish ham maqsadga muvofiq.




    1. Ishlab chiqarishni tashkil etish uchun zarur asbob-uskunalar va uni muayyan ta’minotchilardan xarid qilish imkoniyatlari aniqlanadi.




    1. Xom-ashyo, materiallar va butlovchi qismlarni yetkazib beruvchi ta’minlovchilar hamda muqobil ta’minlovchilar ko‘rsatiladi. Ta’minlovchilarni tanlashda ularning ishonchliligi va iqtisodiy maqsadga muvofiqlikdan kelib chiqiladi.




    1. Resurslar va ta’minot bo‘yicha kutilayotgan cheklashlar ko‘rsatiladi. Bu yerda resurslar cheklanganda korxonalarni resurslar bilan ta’minlash uchun qo‘shimcha vositalarni ko‘zda tutish zarur.




  1. Комаров В.В. Инвестиции и лизинг в СНГ. Учебное пособие – М.: Финансы и статистика, 2001, 45б.

132




  1. Korxonalarning malakali ishchi kuchi bilan ta’minlanganlik darajasi bo‘yicha ma’lumotlar va mintaqada mehnat bozorining holati keltiriladi. Bu yerda korxonani boshqarishning tashkiliy tuzilmasi ochib berilib, unda har bir mutaxassisning yakuniy mahsulot ishlab chiqarishda ishtirok etishi va turli xil tuzilmalarning o‘zaro aloqalari ko‘rsatiladi.




  1. Mahsulot sifatini nazorat qilish tartibi ko‘rsatiladi va mos keluvchi hujjatlar (standartlar, yo‘riqnoma va uslubiyatlar) ko‘rsatiladi. Xuddi shu bo‘limda ishlab chiqarishning ichki zaxiralari muammosi hal etiladi.

Tashkiliy reja tashkiliy usullar hisobiga ishlab chiqarishning moslashuvchanligini ta’minlash muammosini hal qilishni ko‘zda tutadi. U o‘z ichiga korxona ishlab chiqarish faoliyatining zarur xom-ashyo bilan ta’minlash, mehnat va vaqt xarajatlarini tejash, bozor kon’yunkturasi talablarini hisobga olgan holda boshqa mahsulot ishlab chiqarishga osolik bilan o‘tishi mumkin bo‘lgan moslashuvchan ishlab chiqarishni tashkil etishdan to sotilgan mahsulot uchun pul tushumlariga ega bo‘lishgacha bo‘lgan barcha elementlarini kiritadi.


Ishlab chiqarishning tashkiliy-texnik darajasini oshirish korxonaning asosiy va aylanma jamg‘armalaridan foydalanishni yaxshilashning asosi hisoblanadi.





Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling