S. S. Ismailova lizing asoslari


Download 0.56 Mb.
bet71/89
Sana02.04.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1320130
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   89
Bog'liq
2 5192996437348065472-20230303-102212

10.6. Boshqa sohalarda lizing

“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi lizing operatsiyalarini amalga oshirishning ilk tashabbuskorlaridan bo‘ldi. Aviakompaniya xalqaro avializing yordamida o‘z texnika parkini yangilash va barcha texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini o‘stirishga erishdi. Bugungi kunda u “Boing 767”, “A-310” va “RJ-85” kabi 80 dan ortiq eng yangi zamonaviy laynerlarga ega. Mazkur samolyotlardan lizing asosida foydalanilib, ularni qoldiq qiymati bo‘yicha sotib olish 48 mln. AQSH dollarini tejash imkonini beradi. MDH va O‘zbekiston aviabozorining marketing tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, o‘rta muddatli istiqbolda samolyotlarga bo‘lgan ehtiyoj o‘sib boradi. Buni ekspluatatsiya qilinayotgan texnikalarning ma’naviy jihatdan eskirganligi va o‘z vaqtida yangilanmaganligi, mavjud samolyotlardan


124
foydalanish muddati oxiriga yaqinlab qolganligi bilan izohlash mumkin. Samolyotlar lizingiga bo‘lgan talabning o‘sib borishi lizing kompaniyasini yaratishni asoslab berdi.

1997 - yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining maxsus qarori bilan “O‘zavializing” aksiyanerlik lizing kompaniyasiga asos solindi. Kompaniyaning asosiy faoliyat turlariga aviabozor marketingi va moliyaviy lizing sxemasida keyinchalik sotib olishni ko‘zda tutuvchi “CHnAICHB” samolyotlarini sotish, shuningdek, operativ lizingni amalga oshirishni kiritish mumkin. Bundan tashqari, lizing o‘z buyurtmachilarga quyidagi xizmatlar tizimi majmuasini taklif qiladi: aviatexnikaga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash; ishonchlilikni ta’minlash; havo kemalarini sug‘urtalash; uchuvchi va texnik xodimlarni tayyorlash; lizing oluvchiga berilgan samolyotlardan lizing shartnomasi amal qilayotgan muddatda to‘g‘ri foydalanishni nazorat qilish.


Natijada umumiy qiymati 15 mln. AQSH dollari bo‘lgan 1ta xalqaro lizing shartnomasi moliyalashtirildi. Umuman ko‘rib chiqilgan loyihalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, aviakompaniyalar lizing obyektini tanlashda mahalliy samolyotlarni xorijda ishlab chiqariluvchi samolyotlar bilan turli xil ko‘rsatkichlar bo‘yicha solishtiradilar. IKAOning so‘nggi normalariga mos ravishda parvozlar xavfsizligi va yo‘nalishlarning xususiyatlaridan kelib chiquvchi o‘ziga xos talablar ham vujudga kelmoqda. Shu sababli “O‘zavializing” kompaniyasi tomonidan kamchiliklarni yo‘qotish; taklif qilinayotgan aviatexnikani muayyan bozor va uning segmenti talablariga javob beruvchi xalqaro standartlarga javob beruvchi darajaga etkazish; raqobatchilik ustunliklarini aniqlash bo‘yicha ishlarni muntazam amalga oshirmoqda. “CHnAICHB” DAJ va chet ellik raqobatchilar mahsulotlarining texnik va tijorat tavsifnomalarining solishtirma monitoringi amalga oshirilmoqda.


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2003 - yil 23 - oktyabrdagi “Kapital qurilishda ijara va lizing tizimini joriy etish to‘g‘risida” 462-qaroriga binoan ustav fondi 1 mlrd. so‘m bo‘lgan, ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklida “Qurilish — lizing” kompaniyasi tashkil etildi. O‘zbekiston


Respublikasi TIF Milliy banki, O‘zuyjoyjamg‘armabank, O‘zsanoatqurilishbank, “Asaka” banki, “Paxtabank”, “O‘zbekiston temir yo‘llari” DATK, “O‘zneftgazqurilish” AK, “O‘zbekenergo” DAK uning ta’sischilari hisoblanadi. U zamonaviy qurilish texnikasi va kichik mexanizasiya vositalari, maxsus transportni xarid qilishni o‘z moliyaviy manbalari hisobidan, shuningdek mamlakatimiz va xorijiy banklar kreditlarini jalb etish yo‘li bilan amalga oshiradi hamda ularni lizing va ijaraga barcha mulkchilik shakllaridagi


125
pudrat qurilish tashkilotlariga, birinchi navbatda kichik va xususiy biznes subyektlariga shartnoma asosida beradi.

“Qurilishlizing”ga pudrat qurilish tashkilotlari davlat aktivlarining birja va birjadan tashqari bozorlarda sotishdan, iqtisodiy nochor pudrat qurilish tashkilotlari mol-mulkini ularning budjet oldidagi qarzini qarz summasi doirasida undirish hisobiga sotishdan olingan mablag‘lar 5 yil muddatga qaytarish asosida, uning maxsus hisob varag‘iga o‘tkazish bilan beriladi. Ushbu mablag‘lar ularni lizingga berish uchun qurilish texnikasi va kichik mexanizasiya vositalari, transport vositalarini xarid qilish uchungina ishlatilishi mumkin.


Moliya vazirligi, Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari Qo‘mitasi, Davlat mulki qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasiga tugatilayotgan iqtisodiy nochor qurilish texnikasi, transport vositalari va kichik mexanizasiya vositalarini-ularning budjet oldidagi qarzlarini undirish hisobiga “Qurilishlizing” kompaniyasiga berish tartibini ishlab chiqish hamda tasdiqlash topshirildi. Bu asosiy vositalar daromad va mol-mulk soliqlari bo‘yicha soliq solish obyekti hisoblanmaydi. Bundan tashqari, lizingga berish uchun olib kelinadigan qurilish texnikasi, ehtiyot qismlar, qurilish transport vositalari va kichik mexanizatsiya vositalariga doir bojxona to‘lovlari va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi. 2007 - yil 31 - dekabrga qadar kompaniya qurilish texnikasi va kichik mexanizatsiya vositalarini lizingga berishdan olingan daromadlar bo‘yicha foyda solig‘ini to‘lamaydi.


Yuqorida ko‘rib chiqqan lizing institutlari faoliyatlari natijasida O‘zbekistonda xususiy sektorni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega.





Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling