S. S. Ismailova lizing asoslari
Download 0.56 Mb.
|
2 5192996437348065472-20230303-102212
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lizing to‘lovlari shaklidagi qishloq xo‘jalik mahsulotlari assortimenti va miqdorini aniqlash
- 10.4. Respublikamizda agrolizing operatsiyalarini amalga oshirish tajribasi
6. Loyihalarni tanlash:
117 doimiy mijozlar o‘rtasida reklama-o‘quv tadbirlarini o‘tkazish; tanlov jarayonini amalga oshirish Lizing munosabatlarini rasmiylashtirish: - lizing xizmati bo‘yicha shartnomalar tuzish; - texnikani mijozlarga yetkazib berish. Lizing to‘lovlari shaklidagi qishloq xo‘jalik mahsulotlari assortimenti va miqdorini aniqlash: - lizing shartnomasida qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetkazib berish muddati, sifati, assortimenti va miqdori bo‘yicha shartlarni shakllantirish; - mahsulotni tashish, qayta ishlash va sotish bo‘yicha muzokaralar. 10.4. Respublikamizda agrolizing operatsiyalarini amalga oshirish tajribasi Hozirgi kunda, agrosanoat kompleksida aksionerlik lizing kompaniyasi “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” lizing faoliyatida ma’lum tajribalarga ega. Bu kompaniya qishloq xo‘jaligini ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan zamonaviy qishloq xo‘jalik texnikasi bilan ta’minlashni rag‘batlantirish, qishloqqa yetkazib beriluvchi traktor va hosil yig‘ish texnikasi uchun hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish maqsadida ta’sis etilgan. “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” ALK ta’sischilari quyidagilardir: “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding”-100,0 mln. so‘m; “O‘zqishloqxo‘jalikta’-minotta’mirlash” DKK- 50,0 mln. so‘m; “O‘zsanoatmashimpeks” - 50,0 mln. so‘m; Germaniyaning “Zelko” assotsiatsiyasi- 13,173 mln. so‘m. Kompaniyaning aksiyadorlari quiydagilardir: “Paxta bank” IAK - 10 %; O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi - 10 %; O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi – 8 %; “O‘znonmahsulot” DAK - 6 %; “O‘zpaxtasanoatsotish” assotsiatsiyasi – 6 %; “G‘alla bank” IAK- 3 %; “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” - 2 %; boshqa aksiyadorlar - 2 %. Har bir aksiyador kompaniyani boshqarish organlarida ishtirok etish, dividend ko‘rinishida foydaning bir qismini olish, shuningdek, kompaniyaning xo‘jalik-moliyaviy faoliyati natijalari to‘g‘risidagi to‘liq va ishonchli ma’lumotlarni olish huquqiga ega. Erkin savdoga chiqarilgan, joylashtirilmagan aksiyalar nizom jamg‘armasining 33 % ini tashkil etadi. Kompaniya respublikamizdagi mashina-traktor parklari va qishloq xo‘jalik korxonalariga qishloq xo‘jalik texnikalarini 7 yil muddatga lizing asosida quyidagi shartlarda yetkazib berishga ixtisoslashadi: traktor va hosilni yig‘ish mashinalari qiymatining 15 %i hududiy mashina-traktor parklari, muqobil mashina-traktor praklari, qishloq xo‘jalik 118 shirkatlari va fermer xo‘jaliklari tomonidan o‘z mablag‘lari hisobiga avans shaklida to‘lanadi; traktor va hosilni yig‘ish mashinalari qiymatining 85 %i “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasi tomonidan unga qarz asosida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qoshidagi qishloqni qishloq xo‘jalik texnikasi bilan ta’minlashni rag‘batlantirish davlat jamg‘armasi tomonidan beriluvchi mablag‘lar hisobiga to‘lanadi; texnika lizing oluvchilarga lizingga olinayotgan texnikalarni butun lizing muddatiga sug‘urta polisi mavjud bo‘lgan holdagina beriladi; lizing kompaniyasi daromadlarining imtiyozli stavkasi Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasining 50 %idan ortmasligi lozim. Quyidgilar “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasining agentlari hisoblanadi: moliyaviy agent – Paxta-bank, kompaniyaning barcha hisob-kitoblarini bajarish, to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi va lizing shartnomasi va ta’minot shartnomalari bo‘yicha o‘zaro moliyaviy majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish bo‘yicha vazifalarni amalga oshirish; sug‘urta agenti – “O‘zagrosug‘urta”, lizingga beriluvchi texnikalarni sug‘urtalash vazifalarini bajarish. Respublika mintaqalarida lizing kompaniyalari o‘tkazayotgan marketing tadqiqotlari potensial lizing oluvchilarning texnikaga bo‘lgan haqiqiy ehtiyojlarini aniqlash imkonini beradi. Arizalarga asosan lizingga beriluvchi texnikalarga eshtiyoj hajmi haqiqiy ehtiyojdan 9 baravar ko‘pdir. Bularning barchasi lizing xizmatlari hajmini va mos ravishda kompaniya daromadlarini oshirishga turtki bo‘ladi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling