S. S. Ismailova lizing asoslari
Download 0,56 Mb.
|
2 5192996437348065472-20230303-102212
- Bu sahifa navigatsiya:
- X bob. QISHLOQ VA SUV XO‘JALIGIDA LIZINGNING ROLI VA AHAMIYATI 10.1. Qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlarida lizing munosabatlarini qo‘llash zarurati
Asosiy adabiyotlar
114 X bob. QISHLOQ VA SUV XO‘JALIGIDA LIZINGNING ROLI VA AHAMIYATI 10.1. Qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlarida lizing munosabatlarini qo‘llash zarurati Narxlarning erkinlashuvi, sanoatning qayta ishlash va resurslar bilan ta’minlash tarmoqlari monopoliyasi oqibatida O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligining moddiy-texnika bazasiga islohot yillarida katta putur yetkazildi. Bozor munosabatlarining liberal modeli amalda agrosanoat majmuasini og‘ir, inqiroz sharoitlariga olib keldi. Bu bir tomondan, qishloq xo‘jalik texnikalarining barcha iste’molchilari to‘lov layoqatining pastligi (potensial ehtiyojlar o‘sgan holda), ishlab chiqarishning pasayishi bo‘lsa, ikkinchi tomondan moliyaviy barqarorlikning yo‘qligi, yo‘qotishlar va iqtisodiy inqirozlar, tarmoqlararo aloqalarning uzilishi, hamkorlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarning buzilishi edi. Qishloq xo‘jaligining mashina va asbob-uskunalarning asosiy turlari bilan ta’minlanganligi normativ darajaning 40-60 %, ba’zi turlar bo‘yicha esa 15-20 % ini tashkil etdi. Mavjud texnikalarning asosiy qismi xizmat qilish muddatini o‘tab bo‘lgan, mashina-traktor parklarini ishga yaroqli holatda saqlash uchun katta xarajatlar sarflanishi lozim edi. Natijada respublikamizda traktorlar va hosilni yig‘ish texnikalari parki qisqarib bordi. Shu munosabat bilan respublika hukumati tomonidan qishloqni zamonaviy texnika bilan ta’minlash bo‘yicha bir qator samarali chora-tadbirlar amalga oshirildi, ya’ni lizing faoliyatini tashkil etish zarurati yuzaga keladi. Qishloq xo‘jaligida lizingni qo‘llashning obyektiv zaruratini qishloq xo‘jalik texnikalaridan foydalanish samaradorligini oshirish, subyektlar o‘rtasida moslashuvchan xo‘jalik munosabatlari tizimini yaratish, qishloq xo‘jaligida iste’molchilarga kafolatli xizmat ko‘rsatishni kompleks ta’minlashning ishonchli tizimini shakllantirish bilan asoslash mumkin. Qishloq xo‘jaligida lizing rivojlanishiga turtki bo‘luvchi asosiy sabablar vazifasini quyidagilar bajaradi:
115
Shu tariqa, qishloq xo‘jaligi sohasida lizing tizimining rivojlanishi quyidagi muammolarni hal qilishga xizmat qiladi:
Download 0,56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling