S. S. Ismailova lizing asoslari


Download 0.56 Mb.
bet66/89
Sana02.04.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1320130
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   89
Bog'liq
2 5192996437348065472-20230303-102212

Asosiy adabiyotlar



  1. Киркоров А. Методы определения эффективности финансового лизинга по сравнению с кредитом // Лизинг ревю – 2000 - № 5/6




  1. Газман В.Д. Лизинг. Теория и практика-М.:2000.




  1. Горемыкин В.А. Лизинг.- М.: “Дашков и К”, 2003.




  1. Лещенко М.И. Основы лизинга.- М.: 2001.

114
X bob. QISHLOQ VA SUV XO‘JALIGIDA LIZINGNING ROLI VA AHAMIYATI


10.1. Qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlarida lizing munosabatlarini qo‘llash zarurati

Narxlarning erkinlashuvi, sanoatning qayta ishlash va resurslar bilan ta’minlash tarmoqlari monopoliyasi oqibatida O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligining moddiy-texnika bazasiga islohot yillarida katta putur yetkazildi.


Bozor munosabatlarining liberal modeli amalda agrosanoat majmuasini og‘ir, inqiroz sharoitlariga olib keldi. Bu bir tomondan, qishloq xo‘jalik texnikalarining barcha iste’molchilari to‘lov layoqatining pastligi (potensial ehtiyojlar o‘sgan holda), ishlab chiqarishning pasayishi bo‘lsa, ikkinchi tomondan moliyaviy barqarorlikning yo‘qligi, yo‘qotishlar va iqtisodiy inqirozlar, tarmoqlararo aloqalarning uzilishi, hamkorlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarning buzilishi edi. Qishloq xo‘jaligining mashina va asbob-uskunalarning asosiy turlari bilan ta’minlanganligi normativ darajaning 40-60 %, ba’zi turlar bo‘yicha esa 15-20 % ini tashkil etdi. Mavjud texnikalarning asosiy qismi xizmat qilish muddatini o‘tab bo‘lgan, mashina-traktor parklarini ishga yaroqli holatda saqlash uchun katta xarajatlar sarflanishi lozim edi. Natijada respublikamizda traktorlar va hosilni yig‘ish texnikalari parki qisqarib bordi.


Shu munosabat bilan respublika hukumati tomonidan qishloqni zamonaviy texnika bilan ta’minlash bo‘yicha bir qator samarali chora-tadbirlar amalga oshirildi, ya’ni lizing faoliyatini tashkil etish zarurati yuzaga keladi. Qishloq xo‘jaligida lizingni qo‘llashning obyektiv zaruratini qishloq xo‘jalik texnikalaridan foydalanish samaradorligini oshirish, subyektlar o‘rtasida moslashuvchan xo‘jalik munosabatlari tizimini yaratish, qishloq xo‘jaligida iste’molchilarga kafolatli xizmat ko‘rsatishni kompleks ta’minlashning ishonchli tizimini shakllantirish bilan asoslash mumkin.


Qishloq xo‘jaligida lizing rivojlanishiga turtki bo‘luvchi asosiy sabablar vazifasini quyidagilar bajaradi:





  • qishloq xo‘jalik texnikalarining ko‘plab turlariga talabning mavjudligi;




  • respublika hududida qishloq xo‘jalik mashinasozligi zavodlarining mavjudligi, bu bevosita texnika ishlab chiqaruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatishga imkon yaratadi;




  • turli xil mulkchilik shakllarining shakllantirilishi, import-eksport hamkorligining rivojlanishi;

115



  • tadbirkorlikning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi. Qishloq xo‘jaligida lizingning ustunliklari uning davlat tomonidan tartibga solish shakllarini, jumladan, soliq, amortizatsiya va kredit imtiyozlarini ko‘zda tutishidan iborat.

Shu tariqa, qishloq xo‘jaligi sohasida lizing tizimining rivojlanishi quyidagi muammolarni hal qilishga xizmat qiladi:





  1. mahalliy qishloq xo‘jalik texnikasi ishlab chiqaruvchilar monopoliyasini texnika olishning boshqa manbalari – importdan foydalanish hisobiga yo‘q qilish va mos ravishda qishloq xo‘jalik texnikalari narxi disparitetini bartaraf etish;




  1. dehqon va fermer xo‘jaliklarini zamonaviy texnika va asbob-uskunalar bilan ta’minlash;




  1. tovar ishlab chiqaruvchilarni moliyalashtirishning maxsus usuli bilan ta’minlash;




  1. qishloq xo‘jalik texnikalariga ularni yetkazib berish va ulardan foydalanish xarakteri va xususiyatlaridan qat’iy nazar, kafolatli texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish;




  1. texnikaning bekor turib qolishi va qishloq xo‘jalik ishlarini bajarishda yo‘qotishlarni kamaytirish;




  1. ishlab chiqaruvchilar, iste’molchilar va lizing beruvchilar o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish.




Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling