S. S. Ismailova lizing asoslari
Lizing samaradorligini baholash usullarini tanlashga ta’sir ko‘rsatuvchi sabablar
Download 0.56 Mb.
|
2 5192996437348065472-20230303-102212
9.2. Lizing samaradorligini baholash usullarini tanlashga ta’sir ko‘rsatuvchi sabablar
Lizing samaradorligini baholashni iqtisodiy jihatdan to‘g‘ri va eng ishonchli amalga oshirish bitim ishtirokchilari oldida turgan eng murakkab vazifa bo‘lib, bunga quyidagilar sabab bo‘ladi:1 • korxonaning moliyaviy barqarorligini ta’minlovchi investitsiya strategiyasini tanlash; 1 Газман В.Д. “Лизинг. Теория и практика-М.:2000, 308б. 108 joriy narxlarda hisob-kitob qilish; inflyatsiya tufayli lizing investitsiya loyihasi doirasida ishlab chiqariluvchi mahsulot narxi, ishlab chiqarish xarajatlarining o‘sishini bashorat qilish muammosi, loyiha muddati uzun (5-7 yil) bo‘lganda juda murakkab vazifa hisoblanadi; u yoki bu tarmoqqa kirib borishda iqtisodiy cheklashlarni hisobga olish;
boshlang‘ich kapital darajasi; o‘zini qoplash muddatining uzoqligi; foydaga erishishdagi noaniqliklar va hokazo. Investitsiya loyihalarini moliyaviy-iqtisodiy baholashni amalga oshirish shartlari va usullaridan foydalanish muammosini ko‘rib chiqish natijasida quyidagi xulosalarga kelish mumkin: Lizing loyihalarini moliyaviy-iqtisodiy baholash uchun mablag‘larni ishlab chiqarishga kiritish loyihalarini tahlil qilish va ishlab chiqishning standart usullaridan foydalaniladi. Investitsiya loyihalari bo‘yicha hisob-kitoblar juda murakkab bo‘lib, mavjud kompyuter dasturlari bashorat qilishdagi qiyinchiliklar sababli ishonchlilikni ta’minlay olmaydi. Investitsiya loyihalarini baholash natijalarining ishonchliligiga erishishda hisob-kitoblarni doimiy narxlarda olib borish yordam berishi mumkin. Investitsiya loyihasini iqtisodiy baholashning lizing oluvchi uchun eng ma’qul usulini tanlash lizing shartlarida asbob-uskunalar sotib oluvchi korxonalarning investitsiyalar miqyosiga bog‘liq. Bir martalik va miqdori eng katta lizing bitimi uchun murakkab va qimmat tadqiqot va hisob-kitoblarni amalga oshirish zarurati yo‘q. Moliyaviy-iqtisodiy baholashning investitsiya loyihasini lizing oluvchining ehtiyojlar darajasini baholash imkonini beruvchi soddalashtirilgan uslubiyatini qo‘llash kifoya. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling