S. S. Ismailova lizing asoslari
Lizingning iqtisodiy samaradorligini baholashni asosiy usullari
Download 0.56 Mb.
|
2 5192996437348065472-20230303-102212
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lizingdan olinuvchi o‘rtacha foyda normasi hisob-kitoblari
9.3. Lizingning iqtisodiy samaradorligini baholashni asosiy usullari Muayyan lizing operatsiyasining iqtisodiy samaradorligini baholash
uchun iqtisodiy adabiyotda hisob-kitoblarning bir necha xil variantlari tavsiya qilinadi. V.Maslennikovning fikricha, zarur hisob-kitoblarni quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha amalga oshirish zarur: 109
Kredit shartlarida lizing xaridining moliyaviy samaradorligini taqqoslash uchun lizingni moliyalashtirish stavkalari hisob-kitobi, quyidagi formula asosida aniqlanadi. = 0,5 (ЛП - А) (CП - Со) 100 , (20) bu yerda: S – lizingni moliyalashtirish stavkalari (soliq to‘lanmasdan avval %larda); A – lizing obyektining yillik amortizatsiyasi; LP–lizing to‘lovi; Sp–lizing obyektining boshlang‘ich qiymati; So – lizing muddati tugaganda lizing oluvchining lizing obyekti sotib olinuvchi qoldiq qiymati. Lizingdan olinuvchi o‘rtacha foyda normasi hisob-kitoblari quyidagi formula asosida aniqlanadi.
bu yerda: Npl – lizingda foyda normasi; D – yillik yalpi daromad; P – lizing beruvchiga to‘lanuvchi %lar miqdori. A. Smirnov lizing samaradorligini baholashning amerikacha uslubiyatidan foydalanishni taklif qiladi. Hisob-kitoblar quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha amalga oshiriladi: bitimni moliyalashtirish stavkalari variantlarini hisoblash; mulkni kredit shartlarida va lizingga sotishda mulk qiymatini solishtirish; ushbu mulk egasining uni ekspluatatsiya qilishdan kelib tushuvchi tushumni bu mulkdan lizing shartlarida foydalanishdan olinuvchi foyda miqdori bilan solishtirish. Masalan, moliyaviy lizing stavkalarini hisoblash eng qulay variantni aniqlash maqsadida kreditorlar taklif qilayotgan sharoitlarni lizing taklifi sharoitlari bilan solishtirish uchun amalga oshiriladi. Hisob-kitoblar quyidagi formula asosida hisoblanadi:
xarakterga ega bo’lmagan xizmatlar uchun to’lovlarni chiqarib tashlagan holda har yillik mulk amortizatsiyasi Сi – mulkning boshlang’ich qiymati Сост – qoldiq qiymati 110
Ba’zi hollarda jahon amaliyotida diskontlashning korrektirovkalangan stavka usulidan foydalaniladi. U lizingda naqd pul oqimini diskontlashning korrektirovkalangan stavkasiga diskontlashga asoslanadi. Olingan summa sof joriy qiymat deb ataladi. Sof joriy qiymatni aniqlashda diskontlashning quyidagi formulasi qo‘llanadi: normativi (diskontlash %i); t – hisob-kitob yili raqami. Inflyatsiya darajasini hisobga olgan holda formula quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: Kt = 1 / (1+ E + f)t-1 bu yerda: f –inflyatsiya darajasi. Sof joriy qiymatni aniqlashda har bir holat uchun quyidagilarni hisobga olish zarur: -soliq imtiyozlari; -egalik huquqi, obyekt xususiy mulk bo‘lmasa, u holda amortizatsiya imtiyozlaridan foydalanish mumkin emas; obyekt sotib olinadigan bo‘lsa, firma texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlarini to‘laydi, lizingda esa bu har bir kelishuv uchun alohida hal qilinadi; qonunda boshqa holat ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, lizing oluvchi qoldiq qiymatiga egalik huquqini yo‘qotadi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling