S. S. Ismailova lizing asoslari


Download 0.56 Mb.
bet72/89
Sana02.04.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1320130
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   89
Bog'liq
2 5192996437348065472-20230303-102212

Qisqa xulosalar

Qishloq xo‘jaligida lizingni qo‘llashning obyektiv zaruratini qishloq xo‘jalik texnikalaridan foydalanish samaradorligini oshirish, subyektlar o‘rtasida moslashuvchan xo‘jalik munosabatlari tizimini yaratish, qishloq xo‘jaligida iste’molchilarga kafolatli xizmat ko‘rsatishni kompleks ta’minlashning ishonchli tizimini shakllantirish bilan asoslash mumkin.


Qishloq xo‘jaligi sohasida lizing tizimining rivojlanishi quyidagi muammolarni hal qilishga xizmat qiladi: mahalliy qishloq xo‘jalik texnikasi ishlab chiqaruvchilar monopoliyasini texnika olishning importdan foydalanish hisobiga yo‘q qilish va mos ravishda qishloq xo‘jalik texnikalari narxi disparitetini bartaraf etish; tovar ishlab chiqaruvchilarni moliyalashtirishning maxsus usuli bilan ta’minlash; dehqon va fermer xo‘jaliklarini zamonaviy


126
texnika va asbob-uskunalar bilan ta’minlash; ishlab chiqarishni texnik jihatdan qayta jihozlash va texnikalar aylanuvchanligini ta’minlash;

Hozirgi kunda agrosanoat kompleksida “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” aksiyadorlik lizing kompaniyasi lizing faoliyatida ma’lum tajribalarga ega. Bu kompaniya qishloq xo‘jaligini ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan zamonaviy qishloq xo‘jalik texnikasi bilan ta’minlashni rag‘batlantirish, qishloqqa yetkazib beriluvchi traktor va hosil yig‘ish texnikasi uchun hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish maqsadida ta’sis etilgan.




Nazorat va muhokama uchun savollar:



  1. Qishloq xo‘jaligida lizing rivojlanishining zarurligi nimadan iborat?




  1. Qishloq xo‘jaligi sohasida lizing rivojlanishiga qanday sabablar

mavjud?




  1. Agrolizing munosabatlarini umumiy sxemasini kelitirib, agrolizing subyektlarini sanab bering.




  1. Agrolizing bitimini amalga oshirishda ish turlarini tavsiflab bering.




  1. Qishloq xo‘jaligda lizing rivojlanishi qanday muammolarni yechishga qaratilgan?




  1. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi sohasida lizing faoliyatini qaysi lizing kompaniyalar amalga oshiradi.




  1. “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” aksiyador lizing kompaniyasini lizing operatsiyalarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida so‘zlab bering.




  1. “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyani lizing oluvchilari bilan munosabatlarni asosiy shartlarini yoritib bering.




  1. “O‘zavializing” aksiyadorlik lizing kompaniyasi haqida so‘zlab bering.




  1. “Qurilish — lizing” kompaniyasi faoliyatini tashkil etilishi.


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling