S. S. Ismailova lizing asoslari
Download 0.56 Mb.
|
2 5192996437348065472-20230303-102212
- Bu sahifa navigatsiya:
- XI bob. INVESTITSIYA LOYHALARiNI SHAKLLANTIRISH 11.1. Investitsiya loyihalarini ishlab chiqishning o‘ziga xos xususiyatlari
Asosiy adabiyotlar
Левкович А.О. Промагролизинг. Анализ организационных форм управления лизинговым процессом. Учебное пособие - М.: 2000, 49-67 c. Назарова Ф.М. Агросаноат мажмуида лизинг фаолиятини йўлга қўйиш // Ж.“Ўзбекистон иқтисодий ахборотномаси” 2001, №3, 30-32 б. Лизинг Инфо. Лизинговые компании Узбекистана // Бизнес-вестник Востока 2002, №42 (560), №43 (561), 7-8 c. Fозибеков Д. F. ва бош. Лизинг муносабатлари назарияси ва амалиёти. Ўқув қўлланма– Т.: Фан ва технология, 2004. 127 XI bob. INVESTITSIYA LOYHALARiNI SHAKLLANTIRISH 11.1. Investitsiya loyihalarini ishlab chiqishning o‘ziga xos xususiyatlari Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida investitsiya loyihasi, ya’ni korxona faoliyatining barcha asosiy jihatlari: ishlab chiqarish, moliya va ijtimoiy sohani aks ettiruvchi hujjatni tayyorlash odat tusiga kirdi. Investitsiya loyihasi quyidagilarga imkon yaratadi: boshqaruv qarorlarida xatoga yo‘l qo‘yish tavakkalchiligini kamaytirish va samarali qaror qabul qilishga ko‘maklashishi; mahsulot ishlab chiqarish va sotishni birlashtirish hamda mazkur tarmoqda tadbirkorlikni rivojlantirish. Har qanday investitsiya loyihasi biznes-rejaga asoslanadi. Biznes-reja bu belgilangan maqsadlarga erishishni ta’minlovchi, vaqt bo‘yicha bir-biriga bog‘liq va kelishilgan hamda amalga oshirish rejalangan tadbirkorlik harakatlari tizimidir.1 Biznes-reja tadbirkorning o‘ziga bitimning asoslanganligi, ishonchliligi va amalga oshirilishidan dalolat sifatida kerak bo‘ladi. Uning mavjudligi rejalashtirilayotgan operatsiya va tashkilotchilarning ishonchliligidan darak beradi hamda rejalashtirilgan ishlarni amalga oshirish uchun qulay muhit yaratadi. Biznes-reja xarajatlar, ularni qoplash manbalari, to‘lov balansi, korxonaning ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatining iqtisodiy samaradorligini baholash aks ettirilgan hujjat hisoblanadi. Odatda biznes-rejani ishlab chiqish yakuniy maqsadlarni belgilash, ya’ni tadbirkor o‘ylangan dasturni amalga oshirishdan qanday naf ko‘rishi va qanday moliyaviy natijalarga erishilishini aniqlashdan boshlanadi. Biznes-rejani tuzishda ma’lum bir tuzilmaga amal qilinib, unda quyidagi asosiy bo‘limlar mavjud bo‘lishi zarur (15-chizma): Tadbirkor u bilan hamkorlik qilishlarini istasa biznes-rejani albatta puxta ishlab chiqishi zarur. Agar tadbirkor lizing beruvchining huzuriga ajoyib innovatsion g‘oyalar bilan, biroq tayyor biznes-rejasiz tashrif buyuradigan bo‘lsa unga albatta mos keluvchi rejali dasturni tayyorlash va boshqa safar kelishni taklif qiladilar. Tadbirkor potensial investorni qiziqtirib qo‘ysagina o‘z ishining muvaffaqiyatga erishishidan umid qilsa bo‘ladi. Masalan, mamlakatimizdagi lizing kompaniyalari mutaxassislarining investitsiya loyihalarini tahlil qilishi shuni ko‘rsatadiki, biznes-rejalarning katta qismi tadbirkorlar tomonidan yetarlicha puxta tayyorlanmaydi. Aksari hollarda Вахрин П.И. Инвестиции: Учебник – М.: 2002, 136 c. 128
Biznes-rejani ishlab chiqish davomida korxona ishlab chiqarish va bozor tuzilmasining huquqiy asoslarini hisobga olishi zarur. Xususan: Biznеs-rеja kompaniya va uning biznеsi to`g`risidagi ma'lumotlar – kompaniya tarixi, uning tashkiliy tuzilishi, boshqaruv komandasi va xodimlari, asosiy faoliyat turlari, infratuzilmasi va ishlab chiqarish, sotish siyosati va narxning hosil bo`lishi, moliyaviy holati kompaniya va uning biznеsi to`g`risidagi ma'lumotlar – kompaniya tarixi, uning tashkiliy tuzilishi, boshqaruv komandasi va xodimlari, asosiy faoliyat turlari, infratuzilmasi va ishlab chiqarish, sotish siyosati va narxning hosil bo`lishi, moliyaviy holati kompaniya bozorini aks ettirish (tarmoq tahlili) – bozor sig`imi va maqsadli sеgmеntlarni, bozor muhiti va tеndеntsiyalarini aniqlash, raqobatchilar tahlili, imkoniyat va tavakkalchiliklar loyihaning ifodalanishi –loyiha g`oyasi, maqsadi va mantiqiy asoslari, loyihani amalga oshirish rеjasi, loyihani moliyalashtirish sharoitlari va manbalari, markеting rеjasi, ishlab chiqarish rеjasi, sotuv rеjasi, moliyaviy rеja, loyihaning iqtisodiy samaradorligini baholash, loyiha bo`yicha tavakkalchiliklarni baholash va kompaniyani o`tkazish sеnariyasi ilovalar – loyihani amalga oshirish bilan bog`liq shartnomalar nusxasi (xom-ashyo, matеriallar va tayyor mahsulotlarni xarid qilish maqsadlari to`g`risidagi shartnomalar), ishlab chiqarish jarayonlarining ifodalanishi, litsеnziya, sеrtifikat va mualliflik guvohnomalari nusxasi va boshqa ma'lumotlar Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling