S. S. Ismailova lizing asoslari


“O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyani lizing oluvchilari bilan munosabatlarni asosiy shartlari


Download 0.56 Mb.
bet70/89
Sana02.04.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1320130
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   89
Bog'liq
2 5192996437348065472-20230303-102212

10.5. “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyani lizing oluvchilari bilan munosabatlarni asosiy shartlari

“O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” aksiyanerlik lizing kompaniyasi o‘z faoliyatini tashkil etishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 - yil 2 - noyabrdagi 424-sonli “Qishloqni lizing shartlarida qishloq xo‘jalik texnikalari bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” Qarori va qishloq xo‘jalik texnikasini lizingga sotib olish mexanizmi belgilab berilgan ushbu qarorga 1-sonli ““O‘zqishloqxo‘jalikmashxolding” XK korxonalarida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jalik texnikasini lizingga sotib olish tartibi” ilovasiga asoslanadi. Mazkur qaroriga asosan “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing”ning ta’minotchilar va iste’molchilar bilan xo‘jalik munosabatlarini o‘rnatish va keyinchalik lizing shartnomasi tuzish tartibi quyidagicha (13, 14 - chizmalar).


119




“O’zagromashservis”







O’zR

Moliya

Vazirligi










assotsiatsiyasi

hududi

MTP,




tomonidan Jamg’arma

bilan










shirkat

va

fermer




birgalikda

kafolat

xatlari






















xo’jaliklarining lizing olishga




asosida

lizing

operatsiyalari










arizasi










amalgam

oshirish

uchun

zarur






















resurslarni ajratish


















































































buyurtmaning
“O`zqishloqxo`jalik-

mashxolding” XK


tizimidagi zavodlarga yuborilishi”


buyurtma asosida ishlab chiqaruvchi zavod bilan qishloq xo`jalik tеxnikasini еtkazib bеrish bo`yicha shartnoma tuzish





istе'molchi bilan moliyaviy lizing shartnomasining tuzilishi


ishlab chiqaruvchilar lizing kompaniyasidan mablag`-larning 30%ini olgandan so`ng tayyor mahsulotni istе'molchilarga еtkazib bеradi



lizing oluvchi tеxnikani
olganligini tasdiqlagandan
so`ng lizing kompaniyasi

tеxnika qiymatining qolgan


70 %ini to`laydi

lizing shartnomasiga asosan lizing


oluvchi “O`zqishloqxo`jalik-mashlizing” kompaniyasiga 15 %




avans to`laydi, tеxnika qiymatining qolgan 85 % i va lizing foizlari 7 yil ichida to`lab boriladi






lizing

oluvchi

va

“O`zqishloqxo`jalik-mashlizing”




ALK monitoringini o`tkazish”




“O`zagrosug`urta”
















kompaniyasi




o`rtasida







sug`urta

shartnomaisning







imzolanishi















13-chizma. “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” ALKda lizing operatsiyalarini amalga oshirish tartibi

120


Lizing to‘lovlarini to‘lash


Mablag‘larni ajratish












O`zR Moliya













Vazirligi qoshi-dagi




Moliya agenti







qishloqni qishloq







“O`zqishloq-




xo`jalik tеxnikasi










bilan ta'minlashni




Paxta-bank

xo`jalikmashliz










rag`batlantirish







ing”













davlat Jamg`armasi
















Oldi-sotdi shartnomasi




ariza







Qishloq xo`jalik




avans

Lizing




tеxnikasi ishlab










va lizing







oluvchi




chiqaruvchi zavod










to‘lovlari
















Moliyaviy













lizing













shartnomasi













“O`zagrosug`urta”
sug`urta
kompaniyasi
Sug‘urta shartnomasi



Texnikani yetkazib berish


-birinchi bosqich – lizing shartnomasi tuzilguncha; -ikkinchi bosqich – lizing shartnomasini imzolash;


-uchinchi bosqich – shartnoma bo‘yicha obyektni yetkazib berish.




14-chizma. Qishloq xo‘jalik texnikasini lizingga olishni tashkil etish.

121


“O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasi har yili 1 - oktyabrdan kechikmasdan “O‘zagromashservis” mashina-traktor parklari assotsiatsiyasining hududiy birlashmalari, muqobil mashina-traktor parklari, qishloq xo‘jalik shirkatlari va fermer xo‘jaliklarining arizalari asosida lizing shartlarida yetkazib beriluvchi qishloq xo‘jalik texnikasiga ehtiyojlar bashoratini tuzadi.

Qishloq xo‘jaligining texnikaga bo‘lgan ehtiyojlari prognozi asosida “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasi va Paxtabank O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi qishloqni qishloq xo‘jalik texnikalari bilan ta’minlashni rag‘batlantirish davlat Jamg‘armasiga kelgusi yilda texnikani sotib olishga kerak bo‘lgan mablag‘larni prognozini taqdim etadi. Shu asosda Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi bilan birgalikda kelgusi yil uchun Jamg‘arma mablag‘larini to‘ldirish uchun zarur resurslar va ularning manbalarini belgilaydilar. Mavjud moliyalashtirish manbalarini hisobga olgan holda Jamg‘arma “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasiga kelgusi davrda lizing operatsiyalarini amalga oshirishga ajratiluvchi resurslar hajmiga kafolat xatlari beradi.


“O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasi Jamg‘armaning kafolat xatlari bilan tasdiqlangan manbalar asosida “O‘zqishloqxo‘jalikmashxolding” XK tizimida qishloq xo‘jalik texnikasi ishlab chiqaruvchi korxonalarda qishloq xo‘jalik mashinalariga buyurtmalarni davrlarga bo‘lgan holda joylashtiradi.


Mazkur buyurtmalarga asosan “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan traktor va hosil yig‘uvchi mashinalarni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzadi. Shu bilan bir paytda “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasi kelgusi yil uchun quyidagi shartnomalarni tuzadi:





  • Jamg‘arma bilan moliyaviy resurslarni ajratish bo‘yicha. Bunda lizing bo‘yicha daromad (marja) hajmi, shuningdek, kompaniya xizmatlari uchun to‘lanuvchi to‘lovlarning lizing oluvchi tomonidan to‘lanuvchi lizing to‘lovlaridan ushlab qolinishi lozim bo‘lgan hajmi kelishib olinadi;




  • Paxta-bank bilan – uning moliya agenti vazifalarini bajarish bo‘yicha;




  • “O‘zagrosug‘urta” kompaniyasi bilan – sug‘urta agenti vazifalarini bajarish bo‘yicha;




  • mashina-traktor parklarining hududiy birlashmalari, muqobil mashina-traktor parklari, qishloq xo‘jalik shirkatlari va fermer xo‘jaliklari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki o‘zining mintaqaviy bo‘limlari orqali traktor va hosilni

yig‘ish texnikalarini yetkazib berish lizing shartnomalari. “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” ALK faoliyatida qo‘llanuvchi asosiy shartnoma


122
turi moliyaviy lizing shartnomasi hisoblanadi. Har bir shartnomaga lizing to‘lovlari jadvali (asosiy summa plus lizing %lari) ilova qilinadi. Shartnomaning bitta asl nusxasi Paxta bankka jo‘natiladi.

Shundan so‘ng “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasi Paxtabankda ochilgan va Jamg‘arma mablag‘lari bilan operatsiyalarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan operativ hisob raqamidan qishloq xo‘jalik mashinalari ishlab chiqaruvchi zavodga navbatdagi chorak uchun berilgan buyurtmalarning 30 %ini avans shaklida (ko‘rsatilgan chorak boshlanishidan kamida 30 kun oldin) to‘laydi. Tayyor qishloq xo‘jalik texnikasi ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan mashina-traktor parklari, qishloq xo‘jalik shirkatlari va fermer xo‘jaliklariga yetkazib beriladi. Lizing oluvchi qishloq xo‘jalik texnikasini olganligini tasdiqlagandan so‘ng “O‘zqishloqxo‘ja-likmashlizing” kompaniyasi uch bank kuni ichida operativ hisob raqamidan lizingga berilgan qishloq xo‘jalik texnikasi qiymatining qolgan 70 %ini zavodga to‘laydi (yakuniy hisob-kitob amalga oshiriladi).


Lizing shartnomasi kuchga kirgan paytdan lizing oluvchilar “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasiga lizingga olingan texnikaning 15





  • qiymatini avans shaklida to‘laydi va lizingga olingan texnikani o‘z hisobidan “O‘zagrosug‘urta” kompaniyasida sug‘urtalaydi. Texnika qiymatining qolgan 85 %i va lizing %lari 7 yil ichida to‘lab boriladi. Bunda lizing to‘lovlari lizing shartnomasida belgilangan hajmda va muddatlarda amalga oshiriladi. O‘z tomonidan kompaniya moliyaviy lizing shartnomasida belgilangan muddatlarga asosan “Paxtabank” moliya agenti bilan birgalikda lizing to‘lovlarini to‘playdi. Bu mablag‘lar to‘laligicha Operativ hisob raqamiga o‘tkaziladi va qishloqni qishloq xo‘jalik texnikalari bilan ta’minlashni rag‘batlantirish davlat Jamg‘armasining roziligi bilan yangi lizing operatsiyalarini amalga oshirish uchun foydalaniladi.

Lizing oluvchi lizing to‘lovlarini jadvalda ko‘rsatilganidek o‘z vaqtida to‘lamagan hollarda Paxtabank lizing oluvchining bank hisob-raqamlariga shak-shubhasiz bajarilishi shart bo‘lgan to‘lov talabnomasini taqdim etadi.


“O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasi lizing bo‘yicha olingan %lardan shartnomada ko‘rsatilgan miqdorda tijorat agenti vazifalarini bajarish uchun to‘lovlarni olib qoladi, lizing oluvchilaran kelib tushgan mablag‘ning qolgan qismi esa uch kunlik muddat ichida Jamg‘armaning bankdagi hisob raqamiga o‘tkaziladi. Lizing oluvchilarning lizing to‘lovlarini qaytarishi asosan Moliya Vazirligining davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jalik mahsulotlarini


123
sotib olishga transhlar orqali yo‘naltiriluvchi mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.

Bundan tashqari “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasi har oyning 5 kunigacha Paxtabankka avvalgi oyda tuzilgan shartnomalar bo‘yicha lizing to‘lovlari jadvalining nusxasini topshiradi va har chorak yakunida 20 kundan kechikmay o‘tgan chorak ichida Operasion hisob raqamidagi pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi Paxta-bank tomonidan tasdiqlangan hisobotni Jamg‘armaga taqdim etadi.


Shu tariqa, munosabatlarning asosiy qoidalari quyidagilarga asoslanadi:





  • kompaniya keyinchalik lizing operatsiyalarini amalga oshirish uchun kafolat xatlari asosida resurslar ajratuvchi Jamg‘armani O‘zbekiston

Respublikasi Moliya Vazirligi bilan birgalikda zarur qishloq xo‘jalik texnikalarini sotib olish uchun mablag‘larga ehtiyoj to‘g‘risida xabardor qiladi;


• mahsulotlarini “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasi moliyalashtiruvchi har bir ta’minotchi bilan kelishish va oldi-sotdi shartnomalari tuzish;





  • texnika modifikasiyalari to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilish;







  • lizing oluvchi va “O‘zagrosug‘urta” kompaniyasi o‘rtasida lizing obyektini sug‘urtalash bo‘yicha shartnoma tuzish;




  • lizing shartnomasi bo‘yicha barcha majburiyatlarni bajarish monitoringi;




  • lizing oluvchilarning lizing to‘lovlarini kompaniyaning Paxtabankdagi hisob raqamiga to‘lashi.




Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling