Lizing tushunchasi va uning iqtisodiy tarkibi. Lizingning afzalliklari va kamchiliklari
Download 143.5 Kb.
|
Lizing-hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lizing shartnomasi
- Lizing faoliyati
- Lizingga beruvchi bo`lib
- Lizing to`lovlari
Skachat.uz Reja:
Lizing tushunchasi va uning iqtisodiy tarkibi. Lizingning afzalliklari va kamchiliklari. Lizingning turlari Ijaraga beruvchida moliyaviy va joriy ijara hisobi Ijaraga oluvchida moliyaviy va joriy ijara hisobi Aktivlarni qayta ijaraga olish sharti bilan sotish Kreditdan foydalanish yordamida ijaraga olish Er va binolarni ijaraga olishning xususiyatlari. Lizing muomalalarini yoritish Lizing tushunchasi va uning iqtisodiy tarkibi.Lizing - lizing shartnomasini amalga oshirish bilan bog`liq iqtisodiy va huquqiy munosabatlarning majmuasi hisoblanadi. Lizingni ajratib turuvchi belgilar quyidagilardan iborat: munosabatlarda uchinchi tomon (lizing obьekti sotuvchisi)ning mavjud-ligi; shartnoma majburiyatlarining mavjudligi; lizingga berish uchun mulkni maxsus tarzda sotib olinishi; lizing ob`ektini tadbirkorlik maqsadlarida foydalanishning majbu-riyligi; Lizing shartnomasi- mulkni sotib olish va undan foydalanish huquqini shartnoma asosida jismoniy yoki huquqiy shaxslarga ma`lum haq evaziga va ma`lum vaqtga va shartnomada belgilangan shartlar asosida topshirish bilan bog`liq shart-nomadir. Shartnoma shartlari O`zbekiston Respublikasining «Lizing to`g`risidagi Qonuni», Fuqorolik Kodeksi va tomonlar kelishuviga asosan belgilanadi. Lizing faoliyati lizing asosida mulkni sotib olish va undan foydalanish huquqini topshirish bilan bog`liq investitsiya faoliyatidir. Lizing munosabatlarining ob`ekti bo`lib tadbirkorlik faoliyatida foyd-alanish mumkin bo`lgan har qanday noiste`mol buyumlari hisoblanadi. Amaldagi qonunchilikka asosan quyidagilar lizing ob`ekti bo`lishi mumkin emas: er bo`laklari va boshqa tabiat ob`ektlari; intellektual mulk natijalari. Lizing munosabatlarida buxgalteriya hisobini qiziqtiruvchi subьektlar sifatida «lizingga beruvchi» va «lizingga oluvchi»ni keltirish mumkin.
Lizing munosabatlarining iqtisodiy asosini quyidagi unsurlar tashkil qiladi: lizing ob`ektining oldi-sottisi ; lizinga beruvchi mablag`ining investitsiyaga sarflanishi; lizing ob`ektining lizing oluvchiga ijaraga berilishi; lizinga oluvchi tomonidan bu ob`ektni qabul qilib olinishi; shartnoma muddati oxirida mulkni sotib olinishi ehtimoli mavjud-ligi.
Lizinga berilgan mulk lizing shartnomasi tugagunga va lizinga oluvchi o`z majburiyatlarini to`liq bajarilmagunga qadar lizinga beruvchining mulki bo`lib qolaveradi. Download 143.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling