Lizing tushunchasi va uning iqtisodiy tarkibi. Lizingning afzalliklari va kamchiliklari
Lizingning afzalliklari va kamchiliklari
Download 143.5 Kb.
|
Lizing-hisobi
Lizingning afzalliklari va kamchiliklari.Lizingning afzalliklariHozirgi kunda korxonalar moddiy-texnika ta`minoti bazasini rivoj-lantirish maqsadida yirik kapital qo`yilmalarni amalga oshirish imkonini beruvchi asosiy moliyaviy dastaklardan biri hisoblanadi. Uskunalarni sotib olishning boshqa (uskunani etkazib bergandan keyin to`lovni amalga oshirish, to`lovni uzaytirish sharti bilan sotib olish, bank krediti hisobiga sotib olish) usullariga qaraganda quyidagi bir qator afzalliklarga ega: lizing ijarachi korxonaga bir martalik yirik xarajatlar qilmay va qarz mablag`laridan foydalanmay turib ishlab chiqarishni kengaytirish imkonini beradi; qarz kapitali jalb qilinmaganligi uchun balansda o`z va qarz kapita-lining optimal nisbatini ushlab turish imkonini beradi: bank kreditidan farqli o`laroq lizing uskunani sotib olish uchun 120 % li taьminot talab qilinmaydi; lizing asosiy vositani sotib olish bilan bog`liq loyihani 100 % moliyalashtirish imkonini beradi va u to`lovlarni darxol boshlanishini talab qilmaydi. Bu esa sezilarli moliyaviy qiyinchiliklarsiz korxona-ga asosiy vositalarini yangilash va qimmatli uskunalarni sotib olish imkonini beradi. lizing shartnomasiga ko`ra ijara to`lovlari uskuna o`rnatilib, sozlanib va foydalanishga topshirilgandan keyin mahsulotni sotishdan olin-gan daromad hisobidan amalga oshirilishi mumkin. lizing shartnomasida o`zgaruvchan kredit foizlaridan farqli o`laroq, qatьiy foiz stavkalari qo`llaniladi ; lizing to`lovlari lizinga oluvchi korxonaning mahsulot tannarxiga olib boriladi. Bu esa soliqka tortiladigan foyda summasini kamaytiradi. ishga tushirilishi uzoq muddatni talab qiladigan uskunalarni tayyor-lashga buyurtma berishdan ko`ra, foydalanishga tayyor bo`lgan uskunani ijaraga olish qulayroqdir. Ba`zida aktivlarga fakat vaqtincha, mavsumiy yoki bir martalik talab bo`ladi, bunday holda ijara doimo foydalanishda bo`lgan aktivlarga egalik qilish bilan bog`liq noqulay bo`lgan muammolarini yo`q qilishga yordam beradi. ijaraga olish har yili yangi va unumdorligi yanada yuqori bo`lgan usku-nalarni ishlab chiqarishga jalb qilish imkonini beradi va hokazo.
Download 143.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling