12.5. Aksiz solig‘i. Ekologiya solig‘i. Mulk solig‘i. Infratuzilma rivojlanishi solig‘i
Aksiz solig‘iga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan va import qilinadigan aksiz tovarlar tortiladi.
Aksiz solig‘i olinmaydi:
O‘zbekiston Respblikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan alohida tovarlar ro‘yxatidan tashqari, barcha eksport tovarlari.
Xususiy ehtiyojlari uchun budjet assignasiyalari hisobidan budjet tashkilotlari (yoki ular buyurtmalari bo‘yicha) tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan tovarlar.
O‘zbekistonda ishlab chiqariluvchi aksiz osti tovarlarga aksiz solig‘i. Aksiz osti tovarlari uchun soliqqa tortish obyekti O‘zbekistonda ishlab
chiqariluvchilarning QQSsiz bahosi (o‘ziga aksiz solig‘ini qo‘shadi) yoki tovar jismoniy hajmi. Aksiz osti tovarlari ro‘yxati va aksiz solig‘i stavkasi O‘zbekiston hukumati tomonidan o‘rnatilgan va qayta ko‘rib chiqiladi. Lizing predmeti bo‘lishi mumkin bo‘lgan aksiz osti tovarlariga “UZDAEWOO” QK ishlab chiqaruvchi avtomobillarni kiritish mumkin. Ularga soliq stavkasi 22,5 % o‘rnatilgan, hamda video va audioapparatura soliq stavkasi – 5 % teng.
Import qilinayotgan aksiz osti tovarlariga aksiz solig‘i. Soliqqa tortish obyekti – hukumat tomonidan tasdiqlangan aksiz osti tovarlari ro‘yxati va stavkasi. Import qilinayotgan aksiz osti tovarlar uchun aksiz solig‘i bojxona rasmiylashtirishdan oldin yoki mobaynida to‘lanadi. Lizing predmeti bo‘lishi mumkin bo‘lgan import qilinayotgan aksiz osti tovarlariga transport vositalari, sovutish va muzlatish uskunalari, video va audioapparatura, mebellar kiradi.
Ekologiya solig‘i. Soliqqa tortish obyekti – ishlab chiqarish xarajatlari va davr xarajatlari hisoblanadi, bundan budjetga majburiy to‘lovlar, soliqlar, yig‘imlar va davlat maqsadli fondlariga ajratmalar mutasno. Ekologiya solig‘i 1
Lizing kompaniyalarda lizing operatsiyalari bo‘yicha soliqqa tortish obyekti quyidagi davr xarajatlaridir: ma’muriy-boshqaruv chiqimlari; realizasiya chiqimlari; boshqa operasion chiqimlar (budjetga majburiy to‘lovlar, soliqlar, yig‘imlar, yo‘l fondiga ajratmalari, 0.5 % hajmda nafaqa fondiga ajratmalar bundan mustasno).
140
Ishlab chiqarish korxonalari lizing oluvchilarda soliqqa tortish obyekti – ishlab chiqarish xarajatlariga qo‘shulgan lizing predmetini amortizatsiyasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |