S. S. Ismailova lizing asoslari


Nazorat va muhokama uchun savollar


Download 0.56 Mb.
bet84/89
Sana02.04.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1320130
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89
Bog'liq
2 5192996437348065472-20230303-102212

Nazorat va muhokama uchun savollar



  1. O‘zbekiston Respublikasida lizing bitimlarni ishtiroqchilariga qanday soliq imtiyozlar berilgan?




  1. O‘zbekiston Respublikasida lizing operatsiyalarini soliqqa tortish to‘g‘risida normativ hujjatlarni sanab bering.




  1. Lizing beruvchining daromadi nimadan iborat?




  1. Lizing predmetidan amortizatsiya chegirishi to‘g‘risida to‘laroq aytib

bering.




  1. Lizing operatsiyani lizing oluvchining olayotgan foydasini soliqqa tortishga ko‘rsatuvchi ta’siri to‘g‘risida tushuntirib bering.




  1. Soliqqa tortish bazasini aniqlashda qanday amortizatsiya ajratmalar normalari belgilangan?

144

  1. Tovarlarga bo‘lgan bojxona bojlari haqida aniqroq so‘zlab bering.




  1. Lizing obyektlaridan bojxona bojlari olinadimi?




  1. Soliq stavkalarni to‘lash tartibi to‘g‘risida so‘zlab bering.




  1. Lizing predmeti bo‘yicha mol-mulk solig‘i to‘lanadimi?

Asosiy adabiyotlar:



  1. ЎзР Солиқ кодекси. - Т.: Адолат, 2000.




  1. www.ifc.org/centralasia Проект по развитию лизинга в Центральной Азии

2005




  1. Fозибеков Д.F. ва бош. Лизинг муносабатлари назарияси ва амалиёти. Ўқув қўлланма– Т.: Фан ва технология, 2004.




  1. Лещенко М.И. Основы лизинга.- М.: 2001.




  1. “Лизинг хизматларни ривожлантириш бўйича тадбирлар тўғрисида” ЎзР Вазирлар Махкамасини Қарори №199 2004 й. апрель.

145
IZOHLI LUG‘AT


Avans (bo‘nak) – oldindan to‘liq yoki qisman to‘lanuvchi pul miqdori. Aksiz – lizing obyektiga bilvosita (egri) soliq. Aksizlar individual va

universal turlarga taqsimlanadi. Individual aksizlar ayrim tovarlardan tovar birligiga qat’iy belgilangan stavkalar bo‘yicha olinadi. Universal aksiz (oborot solig‘i) tovarning ichki ishlab chiqarish qiymatidan, shuningdek, ko‘rsatilayotgan xizmatlar pul aylanmasidan olinadi.




Assotsiatsiya (lizing assotsiatsiyasi) - iqtisodiyot va ijtimoiy xarakterga ega bo‘lgan tarmoqlararo va mintaqaviy masalalarni hal qilish uchun tashkil etiluvchi ko‘ngilli jamoatchilik tashkiloti. Assotsiatsiya – to‘liq xo‘jalik mustaqilligi, o‘zini-o‘zi moliyalashtirish va qoplash asosida faoliyat ko‘rsatuvchi yuridik shaxs. U qatnashchilarning umumiy ulush mulki huquqi bo‘yicha mulkka ega bo‘ladi.


Biznes-reja – belgilangan maqsadlarga erishishni ta’minlovchi, vaqt bo‘yicha muvofiqlashtirilgan va kelishilgan, amalga oshirish mumkin bo‘lgan tadbirkorlik xatti-harakatlari rejasi.


Bojxona boji – davlat chegerasidan bojxona nazorati ostida o‘tkaziluvchi tovarlar, mulk va boshqa qimmatliklardan olinuvchi pul to‘lovlari.


Bojxona tariflari – mamlakat hududiga olib kiriluvchi yoki olib ketiluvchi tovarlarga belgilanuvchi bojlar.


Garov – shartnomaning bajarilishini ta’minlash chorasi. Garov huquqi tufayli kreditor qarz oluvchining qonun tomonidan belgilangan majburiyatini bajarmagan holda garovga qo‘yilgan mulkidan undirib olishi mumkin. Agar qonunda boshqa narsa ko‘rsatilmagan bo‘lsa, bu xo‘jalik sudi qaroriga asosan amalga oshiriladi.


Yevropa qayta tiklanish va rivojlanish banki – 1990 - yilda Sharqiy Yevropa mamlakatlariga moliyaviy yordam ko‘rsatish uchun tashkil qilingan. Bankning o‘z kapitali 12 mlrd. dollarga teng. Yarmidan ko‘pini Yevropa Kengashi mamlakatlari kiritadi.


Ijara – shartnomaga asoslangan holda yer, boshqa tabiiy resurslar, korxonalar va boshqa mulk majmualaridan, shuningdek, ijaraga oluvchiga xo‘jalik faoliyatini mustaqil amalga oshirishda zarur bo‘lgan boshqa mulkdan haq evaziga muddatli foydalanish va egalik qilish.



Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling