S. S. Ismailova lizing asoslari
Download 0.56 Mb.
|
2 5192996437348065472-20230303-102212
- Bu sahifa navigatsiya:
- ADABIYOTLAR RO‘YXATI
Investitsion faoliyat – fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning investitsiyalarni amalga oshirish uchun amalga oshiruvchi xatti-harakatlar majmui.
146 Investitsiya – tadbirkorlik va boshqa turdagi faoliyat obyektlariga kiritiluvchi mulkiy va intellektual qimmatliklar, ularning natijasida foyda (daromad) olinadi yoki ijtimoiy samaraga erishiladi. Infratuzilma – aholining ijtimoiy-madaniy hayoti va moddiy ishlab chiqarish sohasining faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlovchi obyektlar, korxonalar va tarmoqlar majmui. Ipoteka – uzoq muddatli ssuda olish maqsadida mulk garovi. Kiritilgan kapitaldan olinuvchi daromad – balans bo‘yicha foydaning (zararning) umumiy passiv miqdoriga nisbati sifatida hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich lizing oluvchining asosiy va aylanma vositalaridan foydalanish samarasini tavsifaydi hamda tarmoq yoki mintaqadagi boshqa korxonalar ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanadi. Kontrakt (shartnoma) – tomonlarning huquq va majburiyatlari, shuningdek, majburiyatlarni bajarish muddati ko‘rsatilgan kelishuv, shartnoma. Kredit – pul qiymatining to‘lov muddati o‘tib ketgan tovarlarni sotish yoki vaqtinchalik berish amalga oshiriluvchi o‘ziga xos shakli. Kreditning ikki xil turi mavjud: tijorat krediti – bunda tomonlar sotilgan tovar uchun to‘lov muddatini kechiktirish yo‘li bilan tovarni sotish yoki sotib olishda bir-birini kreditlaydi; bank krediti – bunda banklar pul ssudasini taqdim etadi. Lizing – murakkab, dinamik tizim, kredit, investitsion va ijara bitimlari elementlarini qamrab oladi, keyinchalik mulk huquqini o‘zgartirish natijasida ishlab chiqarish vositalarining ularni sotib olish yoki ijaraga berish yo‘li bilan vaqtinchalik foydalanishga berish bilan bog‘liq mulkiy munosabatlar amalga oshiriladi. Lizing xizmati – o‘ziga xos tovar. Buyum shaklidagi tovarlardan farqli o‘laroq zarur hollarda jamlash va sotish mumkin. Lizing xizmati moliyaviy va mulkiy xizmatni ifodalaydi. Lizing xizmatlari diversifikatsiyasi – lizing obyektlari yoki ko‘rsatiladigan xizmatlar nomenklaturasini kengaytirish. Lizing shartnomasi – ikkita (jismoniy yoki yuridik) shaxsning biron-bir huquq va majburiyatlarni o‘rnatish, belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilish bo‘yicha kelishuvi. shartnoma predmeti, narxlar, muddatlar hamda tomonlardan birining oldindan berilgan arizasiga muvofiq kelishuvga kelish mumkin bo‘lgan shartlar shartnomaning asosiy bandlari hisoblanadi. Makroiqtisodiy risklar – iqtisodiyotdagi o‘sish yoki inqirozni kutish, bank sohasining rivojlanish darajasi, yalpi milliy mahsulot o‘sishining pasayishi va 147 siyosat bilan bog‘liq xo‘jalik munosabatlaridagi qiyinchiliklar jarayonida yuzaga keladi. Narxni erkinlashtirish – bozor iqtisodiyotiga o‘tishning talablaridan biri. Narxlarning keskin va sezilarli o‘sishi, bir vaqtning o‘zida ularning nisbati o‘zgarishi va markazdan nazorat qilinmay qo‘yilishini anglatadi. Oldi-sotdi shartnomasi – bozor iqtisodiyotida qo‘llanuvchi asosiy shartnoma turlaridan biri. Oldi-sotdi shartnomasiga ko‘ra sotuvchi xaridorga mulk qilib sotishni, xaridor esa mulk qilib sotib olish va buning uchun belgilangan miqdorda haq to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Oferta – tomonlarning biridan taklif etiluvchi ma’lum bir sharoitlarda shartnoma tuzish taklifi. Shartnoma ikkinchi tomon rozilik bildirgan holda haqiqiy deb hisoblanadi. Risk – kompaniyaning o‘z resurslari bir qismini yo‘qotish, daromadni to‘liq olmaslik yoki xo‘jalik faoliyatida qo‘shimcha xarajatlarning paydo bo‘lish xavfi. Samaradorlik – iqtisodiy nazariyaning asosiy muammosi, jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini maksimal darajada qondirishga erishish uchun cheklangan resurslardan eng yaxshi foydalanish yoki ularni qo‘llash yo‘llarini tadqiq etadi. Siyosiy risklar – davlatning iqtisodiy siyosati, siyosaiy vaziyatning o‘zgarishi natijasida vujuga keluvchi moliyaviy yo‘qotishlar. Soliq imtiyozlari – soliq to‘lovlaridan to‘liq yoki qisman ozod qilish. Xususan, lizing subyektlariga QQS, foyda solig‘i va mulk solig‘i bo‘yicha bir qator imtiyozlar ko‘zda tutilgan. O‘zbekistonda lizing to‘lovlari QQSdan ozod qilingan. O‘zbekistonga kiritiluvchi texnologik asbob-uskunalar importchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan tasdiqlangandan so‘ng ozod qilinadi. Soliq risklari – soliq sohasini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlaridagi noaniqlik va ziddiyatlar. Soliqlar – yuridik va jismnoiy shaxslardan davlat tomonidan undiriluvchi majburiy to‘lovlar. Soliqlar ikkita vazifani: fiskal va iqtisodiy vazifani ifodalaydi. Fiskal vazifa davlatning pul daromadlarini tashkil qilish va davlat faoliyati uchun moddiy sharoitlar yaratish, jumladan, iqtisodiyotga ta’sir ko‘rsatish vositasi hisoblanadi. Iqtisodiy vazifa – soliqlardan ishlab chiqarishni tartibga solish, rivojlanishning o‘sish sur’atini to‘xtatib turish yoki rag‘batlantirish, kapital jamg‘arilishini kuchaytirish yoki susaytirish, aholining to‘lov layoqatiga ega talabini kengaytirish yoki kamaytirishda foydalaniladi. 148 Tijorat banki – paychilar kengashi tomonidan boshqariluvchi mustaqil aksiyadorlik tashkiloti. Mustaqil balansga ega yuridik shaxs hisoblanadi. Faktoring va lizing operatsiyalarini bajaradi. Foyda solig‘i – korxonalar sof daromadining bir qismini davlat daromadlari foydasiga o‘tkazish shakli. Soliqqa tortiluvchi foyda balansdan kelib chiqqan holda hisoblanadi. Huquqiy risk – qonun hujjatlarining o‘zgarishi natijasidagi yo‘qotishlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Egalik qilish – shaxsning buyum ustidan amalda hokimligini anglatuvchi mulk huquqi elementi. Egalik qilish mulk huquqidan ajratilishi va uning egasi tomonidan amalga oshirilmasligi mumkin. Egalik qilish mulk egasiga, uning hohishiga ko‘ra yoki qonunchilik va ma’muriy huquq talablari bo‘yicha uchinchi shaxsga tegishli bo‘lgan hollarda qonuniy hisoblanadi. Huquqiy asosga ega bo‘lmagan egalik qilish noqonuniy hisoblanadi. 149
Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling