S. S. Ismailova lizing asoslari


Bojxona tomonidan tartibga solish


Download 0.56 Mb.
bet83/89
Sana02.04.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1320130
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   89
Bog'liq
2 5192996437348065472-20230303-102212

12.6. Bojxona tomonidan tartibga solish

O‘zbekistonda bojxona nazorati Bojxona Kodeksi, “Bojxona tarifi haqida” qonun, Prezident qarorlari, O‘zbekiston Vazirlar Maxkamasi qarorlari va qonunchilikning boshqa aktlari bilan amalga oshiriladi.




Bojxona to‘lovlari. Tovarlarning O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan o‘tishida yuridik shaxslar quyidagi asosiy bojxona to‘lovlarini to‘laydilar: bojxona boji; qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS); aksiz solig‘i; bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yig‘imi. Hisoblash va to‘lash tartiblari, QQS stavkasi va aksiz solig‘i stavkasi soliq qonunchiligi bilan tartib solinadi.


Import bojxona boji. O‘zbekiston eng yaxshi sharoitlar rejimini qo‘llovchi davlatlardan import qilinayotgan tovarlar uchun bojxona bojlari hukumat tomonidan belgilanadi va doimo ko‘rib chiqiladi. Odatda, stavkalar import qilinayotgan tovarlarni bojxona bahosidan 0 dan 30 %gacha o‘zgaradi.



  1. www.ifc.org/centralasia Проект по развитию лизинга в Центральной Азии 2004, 54-

58б.
142


Transport vositalariga esa, ularning dvigatellar hajmiga qarab stavkalar belgilanadi.




Bojxona bojlarini aniq stavkasini qo‘llanishi tovar klassifikasiyasi (turi), import kelib chiquvchi tovar kabi omillarga bog‘liq.

Kelib chiqishi o‘rnatilmagan, hamda eng yaxshi sharoitlar rejimi qo‘llanuvchi davlatlarga kirmaydigan davlartlardan kelgan tovarlar uchun import bojxona bojlari stavkalari ikkilanadi.


“Bojxona tarifi haqidagi” qonunga muvofiq preferensial olib kirish (olib chiqish) bo‘yicha bojxona tariflaridan preferensiyalar berish bojni to‘lashdan ozod qilish, boj stavkasini kamaytirish yoki tarif kvotalarini belgilash ko‘rishlarida quyidagi tovarlarga nisbatan beriladi:





  • O‘zbekiston Respublikasi bilan erkin savdo xududini shakllantiruvchi yoki bojxona ittifoqini hamda bunday ittifoqni yoki hududni tuzishni nazarda tutuvchi kelishuvi mavjud davlatlardan kelgan tovarlar.




  • O‘zbekiston Respublikasi milliy preferensiyalari tizimiga monand rivojlanuvchi davlatlardan kelib chiquvchi tovarlar. O‘zbekistonga kiritiluvchi texnologik uskunalar bojxona bojidan ozod qilinadi, agar importer banki mos hujjatlar taqdim etsa.



Eksport bojxona boji. 1997 - yil 1 - noyabrdan O‘zbekistonda barcha eksport bojxona bojlari bekor qilingan.


Bojxona rasmiylashtiriluvchi uchun bojxona yig‘imi. Tovar va transport vositalarini bojxona rasmiylashtiriluvi uchun yig‘imi (tranzit bojxona rejimi, davlat foydasiga voz kechish, vaqtinchalik saqlashlardan tashqari) ularning bojxona qiymati 0,2 %dir. Mustasno esa quyidagi olib kiriluvchi tovarlardir, ularga 0,05 %li pasaytirilgan stavkalar belgilangan: bo‘g‘doy, shakar va qurilayotgan ishlab chiqarish obyektlari uchun butilovchi uskunalar.


Lizing predmetining bojxona chegarasidan o‘tkazish (olib chiqish va olib qirish). Lizing shartnomasini amalga oshirishda turli xil vaziyatlar bo‘lishi mumkin, u shartnomaning qaysi tomoni O‘zbekistondaligiga bog‘liq. O‘zbekistondagi lizing beruvchi chet-eldagi lizing oluvchiga lizing predmetini berishdagi vaziyatda, bojxona to‘lovlari ko‘rinishdagi moliyaviy xarajatlarni umuman ichiga olmaydi, chunki, O‘zbekistonda eksport tovarlariga soliqlar va bojlar yo‘q. Bu holatda lizinga beruvchi faqatgina bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imini to‘laydi holos.
143
Qisqa xulosalar

Lizing subyektlariga umumiy soliqqa tortish shartlari qo‘llaniladi va quyida keltirilgan QQS, foyda va mol-mulk soliqlari bo‘yicha bir qator imtiyozlar beriladi.


O‘zbekistonda lizing to‘lovlari QQSdan ozod qilingan. O‘zbekistonga kiritilayotgan texnologik uskuna QQS ozod qilinadi, agar importyorga xizmat ko‘rsatuvchi bankning tasdiqlovi bo‘lsa.


Lizing oluvchining umumiy (to‘liq) daromadidan soliqqa tortish bazasini belgilashda butun lizing to‘lovi chegirilmaydi, faqat uning tarkibida lizing beruvchi daromadi. Shuningdek, lizing oluvchi yalpi daromadidan lizing predmeti amortizatsiyasi summasi, hamda lizing beruvchining umumiy tartibdagi barcha boshqa xizmatlarni narxi chegiriladi. Soliq Kodeksiga mos ravishda, foydani soliqqa tortish maqsadida amortizatsiya ajratmalari lizing oluvchida amalga oshiriladi.


Lizing beruvchining daromadi – lizing to‘lovlari summasi va lizing predmetini qoldiq qiymati orasidagi farqidir.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28 - avgust 2002 - yildagi № 3122 Qaroriga muvofiq 2001 - yil 1 - sentyabrdan lizing oluvchilar lizing predmeti bo‘yicha mol-mulk solig‘ini to‘lashdan ozod qilinganlar.


O‘zbekistondagi lizing beruvchi chet-eldagi lizing oluvchiga lizing predmetini berishdagi vaziyatda, bojxona to‘lovlari ko‘rinishdagi moliyaviy xarajatlarni umuman ichiga olmaydi, chunki, O‘zbekistonda eksport tovarlariga soliqlar va bojlar yo‘q. Bu holatda lizinga beruvchi faqatgina bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imini to‘laydi holos.





Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling