Bojxona boji va ta`rif usullari. Budjetga bojxona to`lovlari.
Asosiy tushuncha va atamalar
Bojxona boji, bojxona to`lovlari, bojxona bojining iqtisodiy mohiyati, to`lov turlari, ta`rif usullari, bojxona ta`rifi, boj, QQS, aksiz, boj ta`rifi.
Bojxona boji va ta`rif usullari. Budjetga bojxona to`lovlari.
Reja:
7.1 Bojxona bojining iqtisodiy mohiyati va turlari.
7.2 Bojxona to`lovlarining turlari.
7.3 Bojxona to`lovlarining huquqiy asoslari.
7.1
Bojxona bojining iqtisodiy mohiyati va turlari.
Boj tarifi - bojxona chegarasidan olib o‘tiladigan, O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining Tovar nomenklaturasi (bundan keyin matnda - Tovar nomenklaturasi deb yuritiladi) printsiplari va qoidalariga muvofiq holda bir tizimga solingan tovarlarga nisbatan qo‘llaniladigan boj stavkalarining to‘plamidir.
Tovar nomenklaturasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Boj tarifi (customs tariff) o‘z o‘rniga qarab quyidagicha aniqlanadi:
Savdo siyosatining asosiy quroli va davlatning ichki bozorni tartibga solish vositasi, shuningdek jahon bozorida o‘z o‘rniga ega bo‘lish va o‘z ta’srini o‘tkazish maqsadida ham qo‘llaniladi;
Boj tarifida ko‘zda tutilgan bojxona bojlari stavkalari bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan tovarlar va transport vositalari uchun tashqi iqtisodiy faoliyatda tovarlar nomenklaturasi asosida belgilanadi;
Bojxona bojining aniq stavkasi, aniq bir tovarni bojxona chegarasi orqali olib kirish va olib chiqishda qo‘llaniladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |