Bojxona boji va ta`rif usullari. Budjetga bojxona to`lovlari
-jadval. Bojxona to‘lovlari
Download 176.97 Kb.
|
7-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yig‘imlari
- Bojxona organlari tomonidan undiriladigan bojxona bojlari va soliqlar
- Boshqa bojxona to‘lovlari
- Bojxona to‘lovlarining turlari O‘zbekiston Respublikasi «Bojxona Kodeksi»ning 293-moddasida berilgan va ularga quyidagilar kiradi
- O‘zbekiston Respublikasi «Bojxona Kodeksi»ning 293-moddasidasiga muofiq
- Quyidagi harakatlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan miqdorlarda bojxona yig‘imlari undiriladi
- “Bojxona yig‘imlari stavkalarini optimallashtirish to‘g‘risida”
1-jadval.
Bojxona to‘lovlari TASNIFLAGICHI
Bojxona to‘lovlarining turlari O‘zbekiston Respublikasi «Bojxona Kodeksi»ning 293-moddasida berilgan va ularga quyidagilar kiradi: 1. Bojxona to‘lovlari stavkalarining turlari quyidagilardan iborat: 2. to‘lov undiriladigan tovarning bojxona qiymatiga nisbatan foizlarda hisoblanadigan advalor stavka; 3. to‘lov undiriladigan tovar birligi uchun belgilangan miqdorda hisoblanadigan xos stavka; 4. bojxona to‘lovlari stavkalarining advalor va xos turlarini o‘z ichiga oladigan aralash stavka. 5. Advalor stavka belgilangan tovar bo‘yicha bojxona to‘lovlarining summasi bojxona to‘lovlari advalor stavkasining tovarning bojxona qiymatiga ko‘paytmasi sifatida hisoblab chiqariladi. 6. Xos stavka belgilangan tovar bo‘yicha bojxona to‘lovlarining summasi bojxona to‘lovlarining xos stavkasining tovar miqdoriga ko‘paytmasi sifatida hisoblab chiqariladi. 7. Bojxona qiymatiga nisbatan foizlardagi aralash stavka qo‘llanilgan, lekin to‘lov undiriladigan tovar birligi uchun belgilangan stavkadan kam bo‘lmagan holda qo‘llanilgan taqdirda, bojxona to‘lovlarining summasi advalor va xos stavkalar bo‘yicha hisoblab chiqarilgan summalarning eng ko‘piga tengdir. 8. Bojxona qiymatiga nisbatan foizlardagi aralash stavka va to‘lov undiriladigan tovar birligi uchun belgilangan stavka qo‘llanilgan taqdirda bojxona to‘lovlarining summasi bojxona to‘lovlarining advalor va xos stavkalari bo‘yicha hisoblab chiqarilgan summa yig‘indisiga tengdir. O‘zbekiston Respublikasi «Bojxona Kodeksi»ning 293-moddasidasiga muofiq bojxona organlari tomonidan quyidagi harakatlar yoki tartib-taomillar bajarilganligi uchun bojxona yig‘imlari undiriladi: bojxona rasmiylashtiruvi; bojxona rasmiylashtiruvi uchun belgilangan joylardan tashqaridagi va (yoki) bojxona organlarining ish vaqtidan tashqari vaqtdagi bojxona rasmiylashtiruvi; tovarlarni bojxona organi egaligidagi bojxona omborida saqlash; transport vositasini bojxona hamrohligida kuzatib borish; dastlabki qarorni qabul qilish; tovarlarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlashga, tovarlarni bojxona hududida qayta ishlashga ruxsatnomalar berish; bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisni o‘qitish; bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisning malaka attestatini berish, ushbu attestatni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish (uning amal qilish muddatini uzaytirish) va uning amal qilishini tiklash; intellektual mulk ob’ektlarini Intellektual mulk ob’ektlarining bojxona reestriga kiritish; yuridik shaxslar tomonidan olib kiriladigan naqd chet el valyutasining bojxona rasmiylashtiruvi. Bojxona yig‘imlarining stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Quyidagi harakatlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan miqdorlarda bojxona yig‘imlari undiriladi: tovarlar va transport vositalarini, shu jumladan kuzatuvchisiz bagajda, xalqaro pochta jo‘natmalari va yuklarda olib o‘tilayotgan notijorat maqsadlaridagi tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazganlik uchun; tovarlar va transport vositalarini belgilangan joylardan tashqarida va bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazganlik uchun; tovarlar va transport vositalarini bojxona organlari egaligidagi bojxona omborlari va vaqtincha saqlash omborlarida saqlaganlik uchun; tovarlarni bojxona kuzatuviga olganlik uchun. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish va O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018 yil 24 noyabrdagi PF-5582-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi “Bojxona yig‘imlari stavkalarini optimallashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muofiq: Download 176.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling