S. S. Ismailova lizing asoslari
Download 0.56 Mb.
|
2 5192996437348065472-20230303-102212
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lizing predmeti kimning balansida bo‘lsa, o‘sha mol-mulk solig‘ini to‘laydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28 - avgust 2002 - yildagi
- Infratuzulmani rivojlantirish solig‘i.
Mol-mulk solig‘i. Yuridik shaxslar mol-mulk solig‘i.
Yuridik shaxslar uchun soliqqa tortish obyekti – nomoddiy aktivlar va asosiy vositalarning o‘rta yillik qoldiq qiymatidir, hamda o‘z vaqtida tugatilmagan qurilish obyektining bahosi. Soliq stavkasi – 3,5 %. Normativ muddatlarda o‘rnatilmagan uskunalar (ishlatilmayotgan uskunalar) uchun mol-mulk solig‘i ikkilangan stavka bo‘yicha to‘lanadi. Lizing predmeti kimning balansida bo‘lsa, o‘sha mol-mulk solig‘ini to‘laydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28 - avgust 2002 - yildagi 3122 Qaroriga muvofiq 2001 - yil 1 - sentyabrdan lizing oluvchilar lizing predmeti bo‘yicha mol-mulk solig‘ini to‘lashdan ozod qilinganlar. Jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘i. Jismoniy shaxslar soliqqa tortish obyekti – ularga tegishli bo‘lgan turar uylar, kvartiralar, dacha va bog‘ uylari, garaj va boshqa qurilmalar, joylar va inshootlardir. 1998 - yil 1 - yanvardan so‘ng qayta baholangan soliqqa tortish obyektlari bo‘yicha soliq stavkasi 0.5 %, qayta baholanmaganlar uchun esa – 7 %. Infratuzulmani rivojlantirish solig‘i. Soliqqa solish obyekti – barcha soliqlarni to‘lashdan keyin qolgan foydadir. Soliq stavkasi – korxonada qolgan sof foydadan 8 %. Mikrofirma va kichik korxonalar o‘z ixtiyorlari bilan, soliqqa tortishning soddalashgan tizimini qo‘lashlari yoki bu kategoriya soliq to‘lovchilar uchun nazarda to‘tilgan barcha soliqlar yig‘indisini to‘lashlari mumkin. Soliq to‘lashning soddalashgan tizimi umumdavlat soliqlarini yig‘indisini to‘lash o‘rniga yagona soliqni to‘lashni nazarda tutadi, unga shuningdek quyidagilardan tashqari mahalliy soliq va yig‘imlar kiradi: savdo qilish huquqi uchun yig‘im, unga alohida tovarlar bilan savdo qilish uchun litsenziya yig‘imlari ham kiradi; yuridik shaxslarni registrasiya qilish uchun yig‘im. Yagona soliq stavkasi va uni to‘lash tartibini Vazirlar Mahkamasi belgilaydi. 2003 - yil 1 - yanvardan yagona soliqning quyidagi stavkalari amalda (17-jadval). 141
Soliqqa tortish bazasiga shuningdek quyidagilar kiradi: sotilgan mulk va boshqa aktivlar bahosi; moliyaviy faoliyatidan daromadlar. Bunda balansning valyuta qatorlarini qayta baholashdan daromad – ijobiy va salbiy kurs farqlari orasidagi savdo hisoblanadi. Ijobiy savdo soliqqa tortish bazasiga qo‘shiladi, salbiy savdo esa soliqqa tortish bazasini pasaytiradi. O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksiga muvofiq belgilanuvchi boshqa daromadlar. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling