O‘zbekistonda lizing to‘lovlari QQSdan ozod qilingan.
Import qilinuvchi tovarlar (ish, xizmatlar). QQS tortiluvchi import tovarlar (ish, xizmatlar) hajmiga bojxona qonunchiligiga muvofiq tovarlar (ish, xizmatlar) bo‘yicha belgilangan bojxona narxi qo‘shiladi hamda O‘zbekistonga tovarlarni (ish, xizmatlarni) import qilishda to‘lanuvchi aksiz solig‘i, bojxona bojlari qo‘shiladi.
O‘zbekistonga kiritilayotgan texnologik uskuna QQS ozod qilinadi, agar importyorga xizmat ko‘rsatuvchi bankning tasdiqlovi bo‘lsa,
Yuridik shaxslar foyda (daromad) solig‘i. Soliqqa tortish obyekti – yalpi daromad va soliq chegirmalari yig‘indisi bo‘lib belgilanadi. Foyda (daromad) solig‘i stavkasi 20 %. Soliqqa soliq daromadni hisoblab berish yo‘lli bilan amalga oshiriladi, ya’ni foydalar va ular bo‘yicha mos chegirmalar soliqlarni hisoblash uchun tegishli bo‘lgan hisobot davrida ko‘rsatiladi.
12.3. Lizing operatsiyalarining lizing oluvchining olayotgan foydasini soliqqa tortishga ko‘rsatuvchi ta’siri
Lizing oluvchining umumiy (to‘liq) daromadidan soliqqa tortish bazasini belgilashda butun lizing to‘lovi chegirilmaydi, faqat uning bir qismi. Aniq aytsak, lizing to‘lovi tarkibida lizing oluvchi to‘lanadigan lizing beruvchi daromadi. Shuningdek, lizing oluvchi yalpi daromadidan lizing predmeti amortizatsiyasi summasi, hamda lizing beruvchining umumiy tartibdagi barcha boshqa xizmatlarni narxi chegiriladi.
Lizing predmeti amortizatsiyasi chegirmalari. Lizing oluvchi balansida lizing obyekti aks ettirishini hisobga olsak, lizing predmeti amortizatsiya ajratmalarini lizing oluvchi hisoblaydi. Soliq Kodeksiga mos ravishda, foydani soliqqa tortish maqsadida amortizatsiya ajratmalari lizing oluvchida amalga oshiriladi.
137
12.4. Lizing predmeti bo‘yicha amortizatsiya chegirmalari
Soliq to‘lovchi boshqaruv hisobi maqsadida amortizatsiyaning bir necha usullarini qo‘llashi mumkin. Soliq Kodeksida ko‘rsatilgan normalariga asoslanib amortizatsiya ajratmalarini chegirishni amalga oshirish mumkin. Amortizatsiya ajratmalari summasi asosiy vositalar boshlang‘ich (tiqlanuvchi) narxi va shaxsiy, ijaraga olinuvchi asosiy vositalar uchun umumiy normalarida amalga oshiriladi (16-jadval).
16-jadval
Asosiy vositalar guruhlarini amortizatsiya normalari1
Asosiy vositalar guruhlari
|
Amortizatsiya
|
|
|
normalari
|
|
|
|
1.
|
Yengil avtomobillar, taksi, yo‘llarda ishlatiluvchi avtotraktor texnikasi,
|
20%
|
maxsus moslamalar, inventarьga periferiyalar. Kompyuterlar, periferik
|
|
jihozlar va ma’lumot qayta ishlovchi mashinalar.
|
|
|
|
|
2.
|
Yuk tashuvchi avtomobillar, avtobuslar, mahsus avtomobillar va
|
15%
|
avtopriseplar. Sanoatning barcha sohalari uchun mashina va uskunalar,
|
|
quyima ishlab chiqarish, temirchilik-presslash uskunalari, qurilish
|
|
uskunalari, qishloq xo‘jaligi mashinalari va uskunalari. Ofis mebellari.
|
|
|
|
|
3.
|
Temir yo‘l, dengiz, daryo va havo transport vositalari. Kuch mashinalari
|
8%
|
va uskunalari: issiqlik-texnika uskunalari, trubina, elektrodvigatellar va
|
|
dizelь generatorlari. Elektr-uzatish va aloqa qurilmalari truboprovodlar.
|
|
|
|
|
4.
|
Bino, inshoot va qurilmalar.
|
5%
|
|
|
|
5.
|
Boshqa guruhlarga qo‘shilmagan aktivlar
|
10%
|
|
|
|
Shunday qilib, soliqqa tortish bazasini aniqlashda amortizatsiya ajratmalari belgilangan normalar chegarasidagina chegirilib tashlanadi. Tezkor amortizatsiya yo‘li bilan hisoblangan summa va yuqorida aytib o‘tilgan normalar bo‘yicha hisoblangan amortizatsiya summalari orasidagi farq chegirilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |