С++ Standartlari
Download 0.92 Mb.
|
С Standartlari Anvarov Abbos (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inkapsulatsiya
С++ StandartlariReja: 1. C++ dasturlash tilining tarixi 2. Dev C++ dasturi muhitida ishlash 3. C++ dasturlash tili alfabiti 4. C++ dasturlash tili asosiy tushunchalari 5. C++ dasturi standart funksiyalari C++ dasturi tarixi C++ dasturlash tili nomi C dasturlash tilidan kelib chiqqan bo`lib, ++ belgisi inkrement amali, ya`ni o'zgaruvchining qiymatini bittaga oshish amalidan olingan. C ++ dasturlash tili turli xil amaliy dasturlarni yaratish, operatsion tizimlarni, qurilma drayverlarini, shuningdek video o'yinlarni va boshqalarni yaratish uchun keng qo'llaniladi. C ++ dasturlash tili 1980-yillarning boshlarida Bell Laboratories firmasi xodimi Byorn Stroustrup tomonidan yaratilgan. Byorn Stroustrup o'zining ehtiyojlari uchun C dasturlash tiliga bir qator yangiliklar kiritmoqchi bo`ldi, ya'ni dastlab C ++ dasturlash tilini yaratish rejalashtirilmagan edi. U dastlab o`zi yaratgan dasturlash tilini “C with classes”(“C bilan sinflar”) deb nomladi. Dasturlash tilining dastlabki versiyasi 1980 yilda paydo bo'lgan. Straustrup dasturlash tiliga sinflar va ob'ektlar bilan ishlash imkoniyatini qo'shdi va shu bilan C sintaksisi asosida yangi dasturlash tili uchun zarur shart-sharoitlarni yaratdi. C++ sintaksisi C sintaksisiga asoslangan bo`lib, Byorn Stroustrup C tili bilan moslikni saqlashga intildi. 1983 yilda dasturlash tili "C ++ dasturlash tili" deb o'zgartirildi. C++ Cga ob'ektga yo'naltirilganlik xususiyatlarni qo'shdi. Oby’ektga yo`naltirilgan dasturlashning uchta xususiyatini mavjud:, meros (nasledo- vaniye), polimorfizm va inkapsulyatsiya. Usul(Metod) - bu sinf ichida e'lon qilingan va uning ob'ektlari bilan ishlashga mo'ljallangan funktsiyadir. Usullar sinf tanasida e'lon qilinadi. Meros C++ tilida bitta sinf xossa- xususiyatlarini boshqa sinf meros qilib olishi mumkin. Merosxo`r klass o’z maydonlarini va funktsiyalarini yaratishi yoki asosiy sinfning funktsiyalarini qayta aniqlashi mumkin. Merosxo'r konstruktor asosiy sinf konstruktorlarinichaqiradi. Destruktor esa teskari tartibda ish- laydi. Meros umumiy(publik), himoyalangan (Protected) va xususiy (private) bo`lishi mumkin. Polimorfizm Ob'ektga yo'naltirilgan dasturlashda qo'llaniladigan polimorfizmning maqsadi, sinf uchun umumiy bo'lgan harakatlarni belgilash uchun bitta nomdan foydala-nishdir. Har birharakatning bajarilishi ma'lumotlar turiga qarab belgilanadi. Polimorfizmning afzalligi shundaki, u bitta interfeysdan foydalanib yagona harakatlar sinfini aniqlashga imkon berish orqali dasturlarni soddalashtirishga yordam beradi. Inkapsulatsiya C++ da ma'lumotlarni tashkil qilish klasslar orqali amalga oshiriladi. C++ klassi maydonlar, turlar va funktsiyalaridan iborat bo'ladi. C++ tilidagi inkapsulatsiya klass a'zolarining ta’sir doirasini belgilaydi: ular ommaviy, himoyalangan va xususiy bo`lishi mumkin. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling