S. V. Azizov 2017 y


II bob. Bitiruv malakaviy ishi tashkil qilinishi, usullari, olingan natijalarni va ularni tahlili


Download 120.15 Kb.
bet13/14
Sana02.11.2023
Hajmi120.15 Kb.
#1740751
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
S. V. Azizov 2017 y-fayllar.org

II bob. Bitiruv malakaviy ishi tashkil qilinishi, usullari, olingan natijalarni va ularni tahlili.
2.1 Bitiruv malakaviy ishining tashkil etlishi.
Bitiruv malakaviy ishini tashkil etish uchun biz Namangan viloyati Yangiqo’rg’on tumani 53 sonli o’rta maktabning o’quvchilaridan foydalanildi. Gimnastika darsining tuzilishi, mazmuni, unga qo’yilgan vazifalarni va uslubiy ko’rsatmalar, darsga kerakli jixozlarni tayyorlash va uni o’tkazish jarayonida ulardan unumli foydalanish yo’l yo’riqlarini ko’rsatish, darsning barcha qismlarida xal etiladigan vazifalarni, vositalarni tanlash va o’tish uslubiyatini tashkil etib berish.
Yosh avlodni jismoniy tarbiyasi ta’lim – tarbiya tizimining tarkibiy qismini tashkil qilib, o’quvchilarni xar tomonlama jismoniy va ruxiy fazilatlarni tarbiyalash ularni xayotga, mexnatga va Vatan mudofasiga tayyorlash, o’zida ma’naviy boylikni, axloqiy poklikni mujassamlashtirgan yangi kishini shakllantirish.
Gimnastika vositalari turli xil shug’ullanuvchilar bilan olib borish xususiyatlari, turli xildagi krntingent bilan tahlimni rivojlantiruvchi gimnastika turlari bo’yicha olib borish, amaliy mashg’ulotlarning asosiy vositalaridan bo’lgan umumrivojlantiruvchi mashqlarni o’tish va o’rgatish usuliyatlarini ommaviylashtirish.


2.2.Bitiruv malakaviy ishining uslublari:

Oldimizga qo’yilgan vazifalarni hal etish uchun quyidagi uslublardan foydalanildi.


uslubiy adabiyotlarni o’rganish va tahlil qilish
Ankеta savol-javoblari
Pеdagogik kuzatishlar
Pеdagogik nazorat tеstlari
Bitiruv malakaviy ishi (ekspriment) o’tkazish uchun biz Namangan viloyati Yangiqo’rg’on tumani 53 sonli o’rta maktabning o’quvchilaridan o’tkazildi.
Gimnastika mashg’uloti davomida texnik tayyorgarliklarni aniqlash uchun, o’quvchilarda avval boshlang’ich tekshiruv mashg’uloti olib borildi.
2.3.Bitiruv malakaviy ishidan olingan natijalar va ularning tahlili.
(1- jadvalda ko’rsatilgan). SHundan so’ng o’quvchilarning qobiliyatiga qarab, chidamliligi, tezkorligi, egiluvchanligi, gavdasi, jussasiga va boshqa sifatlarni xisobga olib gimnastika mashg’ulotlari yillik ish rejasi, tematik reja va yuklamalar belgilab olinadi. Bu rejalar Respublika xalq tahlimi Vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan dastur asosida tuzildi va tadbiq etildi.
Jismoniy texnik tayyorgarliklarni rivojlantirish uchun maxsus mashqlar o’tkazildi. Bunda muayyan mashqlarni tanlash manbai mahlum darajada dastur, lekin asosan o’qituvchi va murabbiyning ijodi xisoblanadi.
Davlat dasturi odatda namunaviy mashqlar ro’yxati bilan chegaralanadi. Bunda ularni o’tkazish shartlari xisobga olinmaydi. O’rta tahlim maktablari, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlarida umumiy texnik guruxlari o’quvchilar, mavsumga qarab xamma ommaviy sport turi bilan shug’ullanadi. Gimnastika mashg’ulotlarida quyidagilar amalga oshiriladi:
1. O’quv rejasiga binoan shug’ullanish lozim bo’lgan aynan gimnastika sport turiga xos maxsus texnik tayyorgarlikni tahminlovchi mashqlarni tanlash va o’rganish.
2. Gimnastika sport turiga bo’lgan maxus tayyorgarlikni bir muncha iparilab (oldinlab) borish.
3. Faqat individal (yakka tartibda) nazorat sinovlaridan keyingi mashqlar mehyorini aniqlash va o’rgatish.
9-sinf o’quvchilariuchun gimnastika darsidagi texnik tayyorgarliklarni aniqlash uchun belgilangan mashqlar.
1- mashq. Gimnastika narvoni oldida oyoqlarni orqaga siltashlar, so’ng xech narsa yordamisiz oyoqni orqaga cho’zgan xolatni ushlab turish.
2- mashq. Xuddi shunday, faqat yon tomonlarga:
3- mashq. Xuddi shunday oldinga:
4-mashq. . Bitta oyoq bilan depsinib qo’llarda tik turish va oldinga do’mbaloq oshishi.
5- mashq. Gimnastika skameykasiga yotib, bosh ostidan skameykani ushlab kuraklarda tik turish.
6- mashq. Orqaga qo’llarni uzatib ko’prik xosil qilish (mostga turish).
7- mashq. Gimnastika skameykasida tik turib, engashgan xolda oldinga pastga qo’llarni uzatish.
8- mashq. Qo’llarni tayangan xolda bukib yozish (anjimaniya).
9- mashq Joydan turib uzunlikka sakrash.
10- mashq. Tortilish.
11- mashq. Arg’amchiga (arqonga) tirmashib chiqish.
12- mashq. Turnikka osilib chiqish.



Download 120.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling