S. V. Azizov 2017 y
Dars vositalarini tanlash
Download 120.15 Kb.
|
S. V. Azizov 2017 y-fayllar.org
Dars vositalarini tanlash.
Gimnastika mashg’ulotlari mazmunini belgilovchi asosiy manba – bu davlat dasturidir. Biroq mashg’ulot o’tkazishda bitta umumiy dasturda nazarga olish mumkin bo’lmagan shartlar uni uslubiy jixatdan yoritib berishni va bazi xollarda ayrim to’ldirishlar kiritishni taqozo etadi. Xar bir o’quv trenirovka jarayoni bosqichining (chorak semestr, trenirovka tsikli va x.k) yakuniy maqsadini belgilab olib, qisqa vaqt uchun vazifalarni xamda ularga muvofiq bo’lgan vositalarni aniqlash mumkin. O’qituvchi (trener) o’quv darsida shug’ullanuvchilarning amaliy va sof sport mashqlarining oqilona bajarilishi uslublariga o’rgatadi. Xar qanday gimnastika mashqini o’rgatish imkoniyatini tahminlaydigan yana muxim shartlardan biri shug’ullanuvchilarning amaliy va sof sport turidir. Demak, gimnastika bo’yicha o’quv darsi tarkibiga maxsus jismoniy tayyorgarlikni ta’minlaydigan mashqlar kirishi zarur. Gimnastika bilan shug’ullanuvchi kuch va egiluvchanlik kabi jimoniy sifatlardan tashqari, o’z xarakatlaridan yana xarakatini uning yo’nalishi tabaqalashtira olish, ya’ni o’z xarakatlarini boshqara bilishi lozim. Shuning uchun bunday ko’nikmalarni shakllantirishga yordam beradigan mashqlar gimnastika darsining tarkibiy qismini bo’lishi kerak. Shunday qilib, gimnastika bo’yicha o’quv darsining asosiy vositalari quyidagilardan iborat: 1.Shug’ullanuvchilardan maxsus jismoniy tayyorgarligini tahminlaydigan mashqlar. 2.Shug’ullanuvchilarni muvofaqiyatli o’rgatishga yordam beradigan yaqinlashtiruvchi va maxsus qo’shimcha mashqlar. Umumiy zichlikdan farqli o’laroq, mator zichligi 100 % ga intilmaydi. Mator zichligining umumiy ko’rsatkichiga qarab, butun mashg’ulotga baxo berib bo’lmaydi. Mator zichligi mashg’ulot davomida doimo o’zgarib turishi lozim. Bu o’zgarishlarning muqarrarligiga sabab, eng avvalo qo’llaniladigan mashqlar mazmunining xar xilligi, ularni qo’lllanilish joyi va o’tkazish metodlarining turlichaligidir. Masalan. Tayyorgarlik qismi uchun o’rtacha tezlikda bajariladigan mashqlar tanlanadi va ular odatda, frontal usulda dam olish uchun kichik pauzalar bilan ayrim xollarda pauzasiz o’tkaziladi . Shuning uchun tayyorgarlik qismiida mator zichligining ko’rsatkichi doimo yuqori bo’ladi. Sport gimnastikasi darsining asosiy qismida katta zo’r berish mashqlari qo’llanilishi sababli mator zichligining ko’rsatkichlari, odatda pastroq bo’ladi. Shuningdek mashg’ulotning mazkur qismi o’rtasida xam mator zichligi ko’rsatkichlari mashg’ulot turiga qarab o’zgarishi mumkin. Download 120.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling