S. V. Azizov 2017 y


Download 1.92 Mb.
bet3/3
Sana30.11.2020
Hajmi1.92 Mb.
#156078
1   2   3
Bog'liq
gimnastikachilarni mashgulotlar davomida texnik tayyorgarligini aniqlash


II bob. Bitiruv malakaviy ishi tashkil qilinishi, usullari, olingan natijalarni va ularni tahlili.
2.1 Bitiruv malakaviy ishining tashkil etlishi.

Bitiruv malakaviy ishini tashkil etish uchun biz Namangan viloyati Yangiqo’rg’on tumani 53 sonli o’rta maktabning o’quvchilaridan foydalanildi. Gimnastika darsining tuzilishi, mazmuni, unga qo’yilgan vazifalarni va uslubiy ko’rsatmalar, darsga kerakli jixozlarni tayyorlash va uni o’tkazish jarayonida ulardan unumli foydalanish yo’l yo’riqlarini ko’rsatish, darsning barcha qismlarida xal etiladigan vazifalarni, vositalarni tanlash va o’tish uslubiyatini tashkil etib berish.

Yosh avlodni jismoniy tarbiyasi ta’lim – tarbiya tizimining tarkibiy qismini tashkil qilib, o’quvchilarni xar tomonlama jismoniy va ruxiy fazilatlarni tarbiyalash ularni xayotga, mexnatga va Vatan mudofasiga tayyorlash, o’zida ma’naviy boylikni, axloqiy poklikni mujassamlashtirgan yangi kishini shakllantirish.

Gimnastika vositalari turli xil shug’ullanuvchilar bilan olib borish xususiyatlari, turli xildagi krntingent bilan tahlimni rivojlantiruvchi gimnastika turlari bo’yicha olib borish, amaliy mashg’ulotlarning asosiy vositalaridan bo’lgan umumrivojlantiruvchi mashqlarni o’tish va o’rgatish usuliyatlarini ommaviylashtirish.



2.2.Bitiruv malakaviy ishining uslublari:

Oldimizga qo’yilgan vazifalarni hal etish uchun quyidagi uslublardan foydalanildi.

uslubiy adabiyotlarni o’rganish va tahlil qilish

Ankеta savol-javoblari

Pеdagogik kuzatishlar

Pеdagogik nazorat tеstlari

Bitiruv malakaviy ishi (ekspriment) o’tkazish uchun biz Namangan viloyati Yangiqo’rg’on tumani 53 sonli o’rta maktabning o’quvchilaridan o’tkazildi.

Gimnastika mashg’uloti davomida texnik tayyorgarliklarni aniqlash uchun, o’quvchilarda avval boshlang’ich tekshiruv mashg’uloti olib borildi.
2.3.Bitiruv malakaviy ishidan olingan natijalar va ularning tahlili.

(1- jadvalda ko’rsatilgan). SHundan so’ng o’quvchilarning qobiliyatiga qarab, chidamliligi, tezkorligi, egiluvchanligi, gavdasi, jussasiga va boshqa sifatlarni xisobga olib gimnastika mashg’ulotlari yillik ish rejasi, tematik reja va yuklamalar belgilab olinadi. Bu rejalar Respublika xalq tahlimi Vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan dastur asosida tuzildi va tadbiq etildi.

Jismoniy texnik tayyorgarliklarni rivojlantirish uchun maxsus mashqlar o’tkazildi. Bunda muayyan mashqlarni tanlash manbai mahlum darajada dastur, lekin asosan o’qituvchi va murabbiyning ijodi xisoblanadi.

Davlat dasturi odatda namunaviy mashqlar ro’yxati bilan chegaralanadi. Bunda ularni o’tkazish shartlari xisobga olinmaydi. O’rta tahlim maktablari, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlarida umumiy texnik guruxlari o’quvchilar, mavsumga qarab xamma ommaviy sport turi bilan shug’ullanadi. Gimnastika mashg’ulotlarida quyidagilar amalga oshiriladi:

1. O’quv rejasiga binoan shug’ullanish lozim bo’lgan aynan gimnastika sport turiga xos maxsus texnik tayyorgarlikni tahminlovchi mashqlarni tanlash va o’rganish.

2. Gimnastika sport turiga bo’lgan maxus tayyorgarlikni bir muncha iparilab (oldinlab) borish.

3. Faqat individal (yakka tartibda) nazorat sinovlaridan keyingi mashqlar mehyorini aniqlash va o’rgatish.

9-sinf o’quvchilariuchun gimnastika darsidagi texnik tayyorgarliklarni aniqlash uchun belgilangan mashqlar.

1- mashq. Gimnastika narvoni oldida oyoqlarni orqaga siltashlar, so’ng xech narsa yordamisiz oyoqni orqaga cho’zgan xolatni ushlab turish.

2- mashq. Xuddi shunday, faqat yon tomonlarga:

3- mashq. Xuddi shunday oldinga:

4-mashq. . Bitta oyoq bilan depsinib qo’llarda tik turish va oldinga do’mbaloq oshishi.

5- mashq. Gimnastika skameykasiga yotib, bosh ostidan skameykani ushlab kuraklarda tik turish.

6- mashq. Orqaga qo’llarni uzatib ko’prik xosil qilish (mostga turish).

7- mashq. Gimnastika skameykasida tik turib, engashgan xolda oldinga pastga qo’llarni uzatish.

8- mashq. Qo’llarni tayangan xolda bukib yozish (anjimaniya).

9- mashq Joydan turib uzunlikka sakrash.

10- mashq. Tortilish.

11- mashq. Arg’amchiga (arqonga) tirmashib chiqish.

12- mashq. Turnikka osilib chiqish.



Bitiruv malakaviy ishi natijalari.

Boshlang’ich tekshiruv mashg’uloti.




Mashqlarni nomlanishi

Natijalar ko’rsatkichi

Bajarilishi lozim bo’lgan natijalar







O’spirinlar

Qizlar

O’spirinlar

Qizlar

1.

Bitta oyoq bilan depsinib qo’llarda tik turish.(soniya)

Xech kim o’rnab tura olmadi

Xech kim o’rnab tura olmadi







2.

Gimnastika skameykasiga yotib,bosh ostidan skameyka ni ushlab kuraklarda tik turish.(soniya) (900 s)

450s ushladi xolos


Xech kim tura olmadi









3.

Orqaga qo’llarni uzatib ko’prik xosil qilish. (mostga tushish)

2 marta

5 marta


10

15

4.

Gimnastika skameykasida turib pastga qo’llarni uzatish (+,- )

-3

-2


+4

+6

5.

Qo’llarga tayangan xolda bukib yozish.

18-15

skameyka-

da 8


35

15

6.

Joyda turib uzunlikka sakrash.













7.

Tortilish.

8

Past turnikda 4

12

8

8.

Arqonga tirmashib chiqish (soniya)

8

Past turnikda 4

12

8

9.

Turnikka osilib, siltanib gavdani ko’tarib chiqish, o’smirlar 900 gavdaniko’tarib tushirish.(qizlar)

6

15

10

30

10.

Turnikka osilib, oyoqlar juft xolda oldinga ko’tarib to’ntarilib chiqish (podyom perevorotom).

8

-

16




11.

Brusiyada, qo’llarga tayanib oyoqlar juft xolda 900 ko’tarish (soniya)

2-3

-

10





O’quv yilining yarmida oraliq tekshiruv mashg’ulotlari o’tkaziladi.

Bunda o’quvchilar quyidagicha natijalar ko’rsatadi.

2-jadval.



Mashqlarni nomlanishi

Natijalar ko’rsatkichi

Bajarilishi lozim bo’lgan natijalar







O’spirinlar

Qizlar

O’spirinlar

Qizlar

1.

Bitta oyoqda depsinib qo’llarda tik turish.(soniya)

4 ta bola tik turdi.

2ta qiz tik turdi.







2.

Gimnastika skameykasiga yotib,bosh ostidan skameyka ni ushlab kuraklarda tik turish.(soniya) (900 s)

6ta bola tik turdi

3 ta qiz

tik turdi









3.

Orqaga qo’llarni uzatib ko’prik xosil qilish. (mostga tushish)

6

10

10

15

4.

Gimnastika skameykasida turib pastga qo’llarni uzatish (+,- )

+2

+3

+4

+6

5.

Qo’llarga tayangan xolda bukib yozish. (marta)

20-25

skameykada 10-8


35

15

6.

Joyda turib uzunlikka sakrash.(metr)













7.

Tortilish, qizlar past turnikda (marta)

8-10

past

turnikda 6



12

8

8.

Arqonga tirmashib chiqish (soniya)

6

15

5

10

9.

Turnikka osilib, siltanib gavdani ko’tarib chiqish, o’smirlar 900 gavdaniko’tarib tushirish.(qizlar)

8

20

10

30

10.

Turnikka osilib, oyoqlar juft xolda oldinga ko’tarib to’ntarilib chiqish (marta).

8

-

16




11.

Brusiyada, qo’llarga tayanib oyoqlar juft xolda 900 ko’tarish (soniya)

3-4

-

10

-

Bu tekshiruvdan so’ng o’quvchilar ko’rsatgan natijalarga qarab mashg’ulot yuklamalari bir oz oshirildi.

Mashg’ulot davomida berilgan ko’p marotaba takrorlash usuli bilan yaxshiroq o’zlashtirishga erishildi.

O’quv yili yakunida esa yakuniy tekshiruv mashg’uloti o’tkazdik, bunda o’quvchilar yaxshi natijalar ko’rsatishdi. (3- jadval).

Bitiruv malakaviy ishi sinfida 20 ta o’quvchilar 6 oylik yarim yillik tekshiruv mashg’ulotida 50% o’quvchi yaxshi natijaga erishan bo’lishsa o’quv yili yakunida 95% o’quvchi yaxshi natijaga erishdilar.

O’quvchilar yakuniy tekshiruv mashg’ulotidagi natijalar.




Mashqlarni nomlanishi

Natijalar ko’rsatkichi

Bajarilishi lozim bo’lgan natijalar







O’spirinlar

Qizlar

O’spirinlar

Qizlar

1.

Bitta oyoqda depsinib qo’llarda tik turish.(soniya)

8 ta bola tik turdi.

5ta qiz tik turdi.

10

5

2.

Gimnastika skameykasiga yotib,bosh ostidan skameyka ni ushlab kuraklarda tik turish.(soniya) (900 s)

10soniya turdi

5soniya turdi

10

5

3.

Orqaga qo’llarni uzatib ko’prik xosil qilish. (mostga tushish)

10-12

15-20

10

15

4.

Gimnastika skameykasida turib pastga qo’llarni uzatish

+4

+6

+4

+6

5.

Qo’llarga tayangan xolda bukib yozish. (marta)

35-38

gimnastik

skameykada 15-18



35

15

6.

Joyda turib uzunlikka sakrash.(metr)













7.

Tortilish, qizlar past turnikda (marta)

12-14

6-8

12

8

8.

Arqonga tirmashib chiqish (soniya)

5-7

10-12

5

10

9.

Turnikka osilib, siltanib gavdani ko’tarib chiqish, o’smirlar 900 gavdaniko’tarib tushirish.(qizlar)

10-12

25-30

10

30

10.

Turnikka osilib, oyoqlar juft xolda oldinga ko’tarib to’ntarilib chiqish (marta).

16-14

-

16

-

11.

Brusiyada, qo’llarga tayanib oyoqlar juft xolda 900 ko’tarish (soniya)

10-12

-

10

-


Xulosa.
Xulosa qilib aytganda gimnastikachilar mashg’uloti davomida texnik tayyorgarlik ko’rsatayotgan vaqtda organizmda quyidagi fiziologik o’zgarishlar sodir bo’ladi:

- mushaklar xarorati va ularning elastikligi oshadi,

- arteriyalarda qon aylanishi yaxshilanadi va qon bosimi oshadi.

- yurak qisqarishining tezligi ko’payadi va yurakning zarb xajmi kamayadi,

- o’pka va nafas yo’llariga kelishi ortadi:

- nafas olish tezlashadi va chuqurlashadi. Bularni aniqlash uchun esa yuqoridagidek jismoniy yuklamalar oshiradi.

Gimnastika mashqlari ommabop va keng tarqalgan jismoniy mashqlardir.

Ular insoning xar tomonlama jismoniy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, uning salomatligini asrashda, faol dam olishda ajoyib vositalar xizmat qiladi. Undan ko’pgina sport turlarida foydalaniladi, tezlikni o’zgartirib, shug’ullanuvchilar organizmiga maqsadli ta’sir ko’rsatib, istalgan natijaga erishiladi.



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI


  1. Karimov I. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqorolik jamiyatini rivojlantirish konse’siyasi. O’zbekiston Res’ublikasi Oliy Majlisi va Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi ma’ruzasi. 2010 yil. 12 noyabr. –Toshkent: «O’zbekiston», 2010. -56 b.

  2. Karimov I.A. Barkamol avlod O’zbеkiston taraqqiyotining poydеvori – T: O’zbеkiston – 1991 yil,

  3. O’zbekiston Res’ublikasi Prezidentining «Sog’lom avlod uchun» ordenini tasis qilish to’g’risidagi Farmoni. (1993. 4 mart). Turkiston. -Toshkent: 1993. 6 mart.

  4. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajgimizni mard va olijanob halqimiz bilan birga quramiz. 2017-yil.

  5. Mirziyoyev Sh.M.Erkin va farovon Demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. 2017-yil.

  6. O’zbekiston Res’ublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi». Ma’rifat. -Toshkent: 1998. 1 a’rel.

  7. Abdullayev A., Xonkeldiyev SH.X. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi. -Farg’ona: 2001. -279 b.

  8. Barkamol avlod orzusi. / Tuzuvchilar: Qurbonov SH.., Saidov X., Ahliddinov R. - Toshkent: SHarq, 1998. -184 b.

  9. Ismoilov T., Mahkamjanov K. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining harakat faolligini oshirishda noanoanaviy mashg’ulotlarning o’rni. //’edagogik taolim. -Toshkent: 2004. -№ 6. -B. 93-94.

  10. Ismoilov T. Boshlang’ich sinflarda jismoniy tarbiya sog’lomlashtirish tadbirlari. //Uzluksiz ta’lim tizimi asosida jismoniy tarbiyaning uzviyligi va ‘edagogik kadrlarni tayyorlash muammolari: Res’ublika ilmiy-nazariy va amaliy anjuman materiallari. -Toshkent: 2008. -B.198-199.

  11. Kineman A.V., Xuxlayeva D.V. Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarni





















jismoniy tarbiyalash nazariyasi va metodikasi. Toshkent: «O’qituvchi», 1988 y

  1. Mahkamjanov K., Mirzamaxmudov SH. Katta sportga yo’llanma maktabdan boshlanadi. «O’zbekistonda ommaviy s’ortni rivojlantirish muammolari». Ilmiy-amaliy konferensiya materiallari, 2-kitob. -Namangan, 2000.

13. Yefimenko A.I. va boshqalar. “Gimnastika darslarining samaradorligini oshirish usullari”. T.,O’zDJTI, 1995 y.

  1. 14. Eshtaev A.K. Gimnastika darsi. Uslubiy qo’llanma. T.: 2004 y.

15. Gimnastika:uchebnik V.M.Barshay,V.N.Kuris, I.B.Pavlov,Feniks,2011 y.

16. M.N.Umarov.«Gimnastika». O’quv qo’llanma, T., “VNESHIN VESTPROM”, 2015 y.



  1. 17. Yo’ldoshev K.K. “Gimnastika darslarida hayotiy zarur harakat malakalarini shakllantirish”, T., O’zDJTI, 1995 y.

  2. 18. Eshtaev A.K. Gimnastika darsi: O’quv qo’llanma. – T.: 2004 y.

19. Eshtaev A.K. “Sport gimnastikasi mashg’ulotining nazariy asoslari.” T.: O’zDJTI nashir.: 2000 y.

  1. 20. Gimnastika i metodika: Uchebnik. dlya fakultetov fiz.kul. / pod red. N.K. Mengshikova.A.I. Gertsena, 1998 y.

21. Gimnastika. M.L. Juravina, N.K. Meng’shikova. Ucheb. Posobie dlya stud. Izdatelskiy« AKADEMIY ». 2002 y.

22. Umarov M.X.Dastlabki tayyorgarlik bosqichida yosh gimnastikachilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish texnologiyasi.Fan-sportga. T.2007 y.

23. Eshtaev A.K. Gimnastika darsi: O’quv qo’llanma. – T.: 2004 y.

24. Eshtaev A.K. “Sport gimnastikasi mashg’ulotining nazariy asoslari.”T. O’zDJTI nashr.: 2000 y.

25.Internet saytlari www.natib.uz

www.pedagog.uz



www.djti.uz

www.sports.ru




Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling