S. V. Azizov 2017 y


Download 1.92 Mb.
bet1/3
Sana30.11.2020
Hajmi1.92 Mb.
#156078
  1   2   3
Bog'liq
gimnastikachilarni mashgulotlar davomida texnik tayyorgarligini aniqlash




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI

«Himoyaga ruxsat etildi»

Jismoniy madaniyat fakul’tet dekani, p.f.n., dotsent

________ S.V. Azizov

«___» _____________ 2017 y.

5112000-Jismoniy madaniyat yo’nalishi bitiruvchisi



Raxmatullayev O’tkirjon Isroil o’glini

GIMNASTIKACHILARNI MASHG’ULOTLAR DAVOMIDA TEXNIK TAYYORGARLIGINI ANIQLASH

mavzusidagi

BITIRUV MALAKAVIY ISHI


«Himoyaga tavsiya etildi»

Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi mudiri

_________p.f.n. T.Ismoilov

«___» _____________ 2017 y





BMI rahbari: katta o’qituvchi

A.Xasanov

Namangan – 2017
MUNDARIJA.

Kirish…………………………………………….….……………………………...3



I.BOB.Gimnastikachilarni mashg’ulotlar davomida texnik tayorgarligini aniqlash………………………………………….…….…………………………...7

1.1. Gimnastika darsining tuzilishi va mazmuni……………………...…………7

1.2. Umumrivojlantiruvchi mashqlar majmuasini o’tkazish…………………..14

1.3.Umumrivojlantiruvchi mashqlarga o’rgatishning turlari…….....................20

1.4. Gimnastikachilarni texnik tayyorgarliklarini aniqlash. ………….....……22
II.bob. Bitiruv malakaviy ishi tashkil qilinishi, usullari, olingan natijalarni va ularni tahlili…………………….……………………………..........................….39

2.1 Bitiruv malakaviy ishini tashkil etilishi……………………............................39

2.2. Bitiruv malakaviy ishining usullari………………………...………........…...39

2.3. Bitiruv malakaviy ishidan olingan natijalar va ularning tahlili………………40



Xulosa….................................................................................................................48

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati…………...………………………………...49

K I R I SH

Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A. Karimovning tashabbusi va doimiy rahnamoligida jismoniy tarbiya va sport borgan sari Davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlari doirasida rivoj topib bormoqda. «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi Qonun hamda ushbu soha bo’yicha qabul qilingan va ayni kunda izchillik bilan hayotga tadbiq etilib kelinayotgan qator hukumat qarorlari bunga yaqqol misol bo’la oladi. Ayniqsa, bu borada gimnastika turlarining rivojlanishiga alohida etibor qaratilishi tahsinga sazovordir.

Gimnastikaning rivojidagi zamonaviy bosqich unga sport mukammallashuvi vositasi sifatida yondoshib qarash xarakterli bo’lib, xalqaro arenadagi yuqori yutuqlarga intilishga qaratilgan.

Buning natijasi “Olimpiya” va “Ommaviy” gimnastikaning chegaralanishiga olib keldi. Lekin shu bilan bog’liq xolda ikkita uslub yuzaga keldi: Ommaviy gimnastika uslubi va Oliy mahorat gimnastikasi uslubi. Ularning xar biri o’zining obyekti, predmeti, prinsipi, qoidasi, vosita va uslubi, tashkillashtirish shakliga ega.

Shu bilan birga ular tarixan “Jismoniy va xarakat mukammalligining shakllangan, “gimnastika” deb nomlangan” natijasidir. Mana shuning uchun prinsip jihatdan turli bo’lgan ikkita gimnastika o’zaro kirishadi – bu esa ma’lum umumlashuvga ruxsat beradi, shu asosida ma’lum oblastda mutaxassis ishni tashkil etishda vosita, uslub va shaklni tanlashga imkon beradi.

Sog’lomlashtirish tadbirlari natijasida organizmning ximoya funksiyalari, uning immuniteti, jismoniy va aqliy ishga layoqatligi, aktiv xolatining uzoq vaqt saqlanishi oshadi. Shuning uchun bugungi kunda muhim ijtimoiy vazifalardan biri aholini sog’lomlashtirish, deb tan olib, birlamchi (kasalni oldini olish) va ikkilamchi (organizmning holsizlanib, kasal avj olishini ogohlantirish) profilaktika choralarini kuchaytirish kerak.

Bunda zamonaviy odam sog’lig’ining holatini aniqlaydigan faktorlarning taxminan yarmi, yashash tarziga ta’luqli. Bu defisitni faqat jismoniy mashqlarni har kuni bajarish to’ldiradi.

Harakatlarning etishmovchiligi (gipokineziya) organizm faoliyatini yomonlashtiradi, charchash va kasalliklarga qarshiligini pasaytiradi, insonning ruxiy va jismoniy holatini susaytiradi.

Xarakatlar defitsiti ayniqsa organizmning shakllanishi hamda o’sish davri uchun havfli. Bunga ko’proq etibor berish kerak, chunki, zamonaviy maktab o’quvchilarining katta qismi turli xil surunkali kasallik bilan og’riydi, jismonan rivojlanish va ularning tayyorgarligi ko’p hollarda yosh normalariga mos kelmaydi. Shu bilan bir vaqtda doimiy xarakat bo’y o’stiradi, mushaklar ichki organlar va nerv sistemasini garmonik rivojlanishiga yordam beradi, qomatni buzilishi va yassi tovonlikni oldini oladi, ishga layoqat va o’quv materialini o’zlashtirishni oshiradi .

Y.V.Menxinning fikricha o’quvchining uzoq vaqt stol oldida o’tirishi, bunda gavdani noto’g’ri tutishi, mushaklarning ma’lum guruhiga salbiy ta’sir etib, kichik tos organlari va oyoqlarda qon tutilishiga olib keladi. Partaga yaqin egilib o’tirish ichki aozolarni siqadi, yurak ishini qiyinlashtiradi, miya oziqlanishi va qon aylanishini yomonlashtiradi. Muntazam jismoniy mashqlar bilan shug’ullanadigan o’quvchilar, jismoniy kam shug’ullanadigan o’quvchilarga, studentlarga qaraganda, yillik o’sishi ko’proq, kasalga chalinishi kamroq, jismoniy ko’rsatkichlari yuqoriroq, shuningdek ular o’tish davri qiyinchiliklarini engilroq o’tkazishadi, ularda yoshiga xos asabiylashish kamroq bo’lib, nerv sistemasining barqarorligi yuqoriroq bo’ladi.

J.K. Xolodov, V.S. Kuznesovlarning takidlashicha, boy berilgan jismoniy tarbiyadagi kamchilik, kelgusida maktab o’quvchilarida ko’p mexnat bilan to’ldiriladi, ba’zida umuman to’ldirilmaydi. Aynan shu yoshda xarakat funksiyalar va jismoniy sifatlar tez rivojlanib, hayot uchun zarur ko’nikmalar tez shakllanadi.

Aynan shu davrda kelgusidagi sog’lik ishga layoqat va uzoq yashash uchun, asos shakllanadi. Shuni etiborga olish kerakki, jismoniy tarbiya darsida maktab o’quvchisining xarakatga bo’lgan talabi faqat 40% - 60% ga qoniqtiriladi halos, bunda qo’shimcha sog’lomlashtirishga qaratilgan mashg’ulotlar darsdan tashqari paytda ham bajarilishi va sog’lom hayot kechirilishi kerak.

Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, mashqlarning, tadbiq etish shakllarining turlitumanligi, qiziqish va hohishga, ko’rsatkichga qarab individual tanlashga bo’lgan imkoniyat, har qanday adekvat tanlangan mashqlar bilan mashg’ulotlarning yuqori natijasi – gimnastikani xaqiqatdan ham sog’lomlashtirishning bebaho vositasi ekanligini ta’kidlaydi. Gimnastikaga asoslangan vositalar bilan bolalar va o’smirlar salomatligi muammolarini echishga yo’naltirilgan xar qanday Bitiruv malakaviy ishi zamonaviy va dolzarbdir.


Bitiruv malakaviy ishining ahamiyati. Gimnastika mashqlaridan foydalanib jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini samaradorligini oshiruvchi vazifalari aniqlanadi.

Jismoniy tarbiya to’g’ri yo’lga qo’yilishini natijasida bolalarni jismoniy rivojlanishi va tayyorgarligi oshdi.

Ko’rsatgan natijalarga qarab mashg’ulot yuklamalari bir oz oshirildi.

Mashg’ulot davomida berilgan ko’p marotaba takrorlash usuli bilan yaxshiroq o’zlashtirishga erishildi.

O’quv yili yakunida esa yakuniy tekshiruv mashg’uloti o’tkazdik, bunda o’quvchilar yaxshi natijalar ko’rsatishdi. (3- jadval).

Bitiruv malakaviy ishi sinfida 20 ta o’quvchilar 6 oylik yarim yillik tekshiruv mashg’ulotida 50% o’quvchi yaxshi natijaga erishgan bo’lishsa o’quv yili yakunida 95% o’quvchi yaxshi natijaga erishdilar.

Bitiruv malakaviy ishni asosiy natijalari “Jismoniy tarbiya va sport”kafedrasida muxokama kilingan.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi .Gimnastika darsining tuzilishi, mazmuni, unga qo’yilgan vazifalarni va uslubiy ko’rsatmalar, darsga kerakli jixozlarni tayyorlash va uni o’tkazish jarayonida ulardan unumli foydalanish; gimnastikachilarni mashg’ulotlar davomida texnik tayyorgarligini aniqlash


Bitiruv malakaviy ishining vazifasi:

- mavzuga oid bo’lgan ilmiy, nazariy va uslubiy manbalarni o’rganish, taxlil qilish va muammoni dolzarbligini ilmiy jixatdan asoslash.



  • amaliy mashg’ulotlarning asosiy vositalaridan bo’lgan umumrivojlantiruvchi mashqlarni o’tish va o’rgatish usuliyatlarini ommaviylashtirish.

  • umumta’lim maktablari orqali bolalarda jismoniy sifatlarni tarbiyalash samaradorligini oshirishda gimnastikachilrni mashg’ulotlar davomida texnik tayyorgarligini aniqlash dars samarodorligini oshirish.

Bitiruv malakaviy ishining obg’ekti va usullari.

Bitiruv malakaviy ishi (ekspriment) o’tkazish uchun biz Namangan viloyati Yangiqo’rgon tumani 53 sonli o’rta maktabning o’quvchilaridan o’tkazildi.

Gimnastika mashg’uloti davomida texnik tayyorgarliklarni aniqlash uchun, o’quvchilarda avval boshlang’ich tekshiruv mashg’uloti olib borildi.

Nazariy amaliy taxlil kilish umumlashtirish pedagogik kuzatish suxbat matematik statistika va pedagogik tajriba.



Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi va xajmi. Bitiruv malkaviy ishning kirish ikki bob xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ruyxatidan iborat bo’lib 50 betni tashkil etadi.Unga 4 jadval kiradi.

I bob. GIMNASTIKA MASHG’ULOTLARINI O’TKAZISHNING AXAMYATI.
1.1. Gimnastika darsining tuzilishi va mazmuni

Pedagog vazifalarning etishni ma’lum bir ketma- ketligi xamda, shunga muvofiq bo’lgan undagi jismoniy sifatlarning almashinishi tartibi darsning tuzilishi deyiladi.

Xar bir aloxida gimnastika darslarida bitta emas, balki bir nechta xar xil vazifalar xal qilinadi. Darsning yakuniy natijalari ko’p jixatdan bu vazifalarning qanday ketma – ketlikda xal etilishiga bog’liq.

Shug’ullanuvchilar gimnastika bilan shug’ullanishlari natijasida jismoniy sifatlarini rivojlantiradilar, foydali xarakat malakalarini egallaydilar. Quyidagi vazifalar eng yaxshi tarzda xal etiladigan dars to’g’ri tashkil qilingan xisoblanadi, ya’ni:



  1. Energiya va shug’ullanuvchilar vaqtini kam sarflagan xolda maksimal natijalarga erishishi:

  2. Buni dars davomida shug’ullanuvchilarning ish qobiliyatini yuqori darajada saqlab turishi .

  3. Shug’ullanuvchilar sog’ligi uchun ijobiy bo’lgan mashg’ulot tartibini ta’minlash. Xar qanday gimnastika mashg’uloti uchun uchta fazaning mavjudligi xosdir. Birinchi fazada shug’ullanuvchilar asosiy ishga tayyorlanadilar: Ikkinchi fazada asosiy ish o’tkaziladi: Uchinchi fazada esa yakunlanadi. Bu fazalarni darsning qismlari deb atash qabul qilingan, ya’ni: darsning tayyorgarlik, asosiy va yakunlanuvchi qismlari.

Darsni o’tkazishga bo’lgan umumiy uslubiy qoidalar o’qitish maqsadini aniqlash. O’qituvchining darsdagi faoliyatini belgilab beruvchi dastlabki xolat- bu uning maqsadidir. O’qitish maqsadini to’g’ri belgilash uni muvoffaqiyatli o’tkazish xamda yakunlash uchun kafolat xisoblanadi. O’qitish maqsadiga qarab, dars vositalari. Uslublari xamda uni tashkil qilish shakllari aniqlanadi. O’qituvchining xar- bir xatti – xarakatlari asoslangan bo’lishi lozim.

Dars vositalarini tanlash.

Gimnastika mashg’ulotlari mazmunini belgilovchi asosiy manba – bu davlat dasturidir. Biroq mashg’ulot o’tkazishda bitta umumiy dasturda nazarga olish mumkin bo’lmagan shartlar uni uslubiy jixatdan yoritib berishni va bazi xollarda ayrim to’ldirishlar kiritishni taqozo etadi. Xar bir o’quv trenirovka jarayoni bosqichining (chorak semestr, trenirovka tsikli va x.k) yakuniy maqsadini belgilab olib, qisqa vaqt uchun vazifalarni xamda ularga muvofiq bo’lgan vositalarni aniqlash mumkin. O’qituvchi (trener) o’quv darsida shug’ullanuvchilarning amaliy va sof sport mashqlarining oqilona bajarilishi uslublariga o’rgatadi. Xar qanday gimnastika mashqini o’rgatish imkoniyatini tahminlaydigan yana muxim shartlardan biri shug’ullanuvchilarning amaliy va sof sport turidir.

Demak, gimnastika bo’yicha o’quv darsi tarkibiga maxsus jismoniy tayyorgarlikni ta’minlaydigan mashqlar kirishi zarur. Gimnastika bilan shug’ullanuvchi kuch va egiluvchanlik kabi jimoniy sifatlardan tashqari, o’z xarakatlaridan yana xarakatini uning yo’nalishi tabaqalashtira olish, ya’ni o’z xarakatlarini boshqara bilishi lozim. Shuning uchun bunday ko’nikmalarni shakllantirishga yordam beradigan mashqlar gimnastika darsining tarkibiy qismini bo’lishi kerak. Shunday qilib, gimnastika bo’yicha o’quv darsining asosiy vositalari quyidagilardan iborat:

1.Shug’ullanuvchilardan maxsus jismoniy tayyorgarligini tahminlaydigan mashqlar.

2.Shug’ullanuvchilarni muvofaqiyatli o’rgatishga yordam beradigan yaqinlashtiruvchi va maxsus qo’shimcha mashqlar.

Umumiy zichlikdan farqli o’laroq, mator zichligi 100 % ga intilmaydi. Mator zichligining umumiy ko’rsatkichiga qarab, butun mashg’ulotga baxo berib bo’lmaydi. Mator zichligi mashg’ulot davomida doimo o’zgarib turishi lozim. Bu o’zgarishlarning muqarrarligiga sabab, eng avvalo qo’llaniladigan mashqlar mazmunining xar xilligi, ularni qo’lllanilish joyi va o’tkazish metodlarining turlichaligidir. Masalan. Tayyorgarlik qismi uchun o’rtacha tezlikda bajariladigan mashqlar tanlanadi va ular odatda, frontal usulda dam olish uchun kichik pauzalar bilan ayrim xollarda pauzasiz o’tkaziladi . Shuning uchun tayyorgarlik qismiida mator zichligining ko’rsatkichi doimo yuqori bo’ladi. Sport gimnastikasi darsining asosiy qismida katta zo’r berish mashqlari qo’llanilishi sababli mator zichligining ko’rsatkichlari, odatda pastroq bo’ladi.

Shuningdek mashg’ulotning mazkur qismi o’rtasida xam mator zichligi ko’rsatkichlari mashg’ulot turiga qarab o’zgarishi mumkin.

Darsning tayyorgarlik qismi.

Shug’ullanuvchilar darsning tayyorgarlik qismi vazifalari o’zining mo’ljallanganligiga qarab ikkita guruxga ajratiladi. Birinchi guruxga ko’proq biologik axamiyatga ega bo’lgan badan qizdirishi vazifalari kiradi. Ular quyidagilardan iborat.

1.Markaziy asab tizimi (M A T) va vegetativ funktsiyalarni tayyorlash. Shug’ullanuvchilarning darsga bo’lgan ruxiy shaylanishlari, organizmning xayotiy faoliyatini oshirish, muvoffaqiyatli faoliyat yuritishni ta’minlaydigan qulay ijobiy muxitni yaratish nazarda tutiladi.

2.Shug’ullanuvchidan xarakatlanish apparatining bo’g’imlardagi xarakatchanlik xamda katta mushak kuchlanishlarini talab qiladigan xarakatlarga tayyorgarligini ta’minlash.Boshqa guruxni ko’proq pedagogik yo’nalishdagi ta’lim vazifalari tashkil etadi.

Ularga quyidagilar kiradi:

1.Shug’ullanuvchilarda topshirilgan xar –xil parametrlar bilan (kuchlanish darajasi, xarakat yo’nalishi, amplitudasi, surati va maromi) xarakatlarini bajarish ko’nikmalarini shakllantirish.

2.Xarakatlarning ayrim tarkibiy qismlari yoki tugallangan oddiy xarakatlarning egallash. Xosil qilinadigan ko’nikma va malakalar darsning tayyorgarlik qismining ta’lim vazifalari xal etish natijasida shug’ullanuvchilarga yangi xarakatlarni tez xamda yanada sifatli egallashga yordam beradigan asos bo’lib xisoblanadi. Gimnastika darsining tayyorgarlik qismida ta’lim vazifalarini xal etish uchun qo’llaniladigan vositalar bir vaqtning o’zida badan qizdirish vazifalarini xam xal qiladi. Badan qizdirish natijasida xosil qilingan tayyor turish xolati nisbatan uzoq bo’lmagan vaqt ichida saqlanadi. Shuning uchun badan qizdirish vazifalari xar bir darsda va to’liq xajmda xal etilishi zarur. Ta’lim vazifalari bundan o’zgacharoq. Darsning o’quv rejadagi o’rni, Shug’ullanuvchilar tarkibi va boshqa dars o’tish sharoitlariga qarab, ta’lim vazifalari bitta darsda ko’proq, ikkinchi darsda kamroq xal etilishi mumkin.

Vositalar. Gimnastika darsining tayyorgarlik qismida, odatda, past shiddatli mashqlar qo’llaniladi. Saflanish mashqlari, xarakatlanishlarning(turli xil yurishlar, yugurishlar, sakrashlar, raqs xarakatlari) xar- xil turlari, buyumlar bilan, buyumlarsiz va og’irliklar bilan mashqlar, gimnastika devorchasi xamda o’rindig’ida mashqlar, xaddan ortiq shiddatga ega bo’lgan mashqlar darsning asosiy qismida shug’ullanuvchilarning ish qobiliyatini pasaytirish mumkin. Shu sababli darsning tayyorgarlik qismida shug’ullanuvchilarda kuch, chidamlilik va xatto egiluvchanlik kabi xarakat sifatlarini maxsus rivojlantirmaslik lozim. Tayyorgarlik qismi uchun muayyan mashqlarni tanlash gimnastikaning o’ziga xos xususiyati, dars o’tish sharoitlari va birinchi navbatda, uning vazifalari, shug’ullanuvchilar tarkibi xamda variantga bog’liq.

Gimnastika darsining tayyorgarlik qismiga kiritiladigan mashqlar xar xildir. Faqat bitta dars davomida shug’ullanuvchi, odatda, xususiyatiga ko’ra turlicha bo’lgan ko’p miqdordagi xarakatlarni bajaradi, bu xarakatlarda insonning butun xarakat apparati ishga tushadi. Inson turli xil rejimda ish bajaradi.

Mashqlar mazmuni dars vazifalariga mos kelishi zarur, agar darsning tayyorgarlik qismining asosiy yo’naltirilganligi faqat badan qizdirishga mo’ljallangan bo’lsa, unda mashqlar soni xam, ularning shakli esa oddiyroq bo’ladi. Agar unda ta’limvazifalari xal etilayotgan bo’lsa mashqlar soni ko’paytiriladi va mazmuni o’zgartiriladi.

Mashqlarning almashinishi darsning tayyorgarlik qismi ko’pincha saflanish mashqlarini bajarish



  1. Shug’ullanuvchilarga mashqlar to’g’risida xabar berishning turli xil usullaridan foydalanish.

  2. Yordam ko’rsatish.

  3. Xatolarni tuzatish.

  4. Shug’ullanuvchilarning maydon bo’lab joylashtirish.

Darsni o’tkazish vazifalari va sharoitlariga bog’liq xolda o’qituvchi turli xildagi axborot berish usullaridan foydalanishi mumkin.

1.Oddiy usul. Bunda ko’rsatish, gapirib berish bilan olib boriladi. Bu usul shug’ullanuvchilar tarkibi uchun qulay va o’qituvchiga mashqning nimaga qaratilganligini tushuntirishga, uni tariflab berishga, shuningdek ko’rsatishga imkon yaratadi.

2.Gapirib berish usuli. O’qituvchi mashqni ko’rsatmay, uni aytib o’tadi yoki gapirib beradi. Axborot berishning bu usuli diqqatni faollashtiradi va shug’ullanuvchilarda mashq bajarishga bo’lgan mustaqillikning xosil bo’lishiga imkon yaratadi. Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar bilan mashg’ulotlar o’tkazish paytida o’qituvchi syujetli xikoya olib borish mumkin.

Bolalar ximoyani o’zlarining tasavvurlaridan kelib chiqib va xarakatlanish tajribalariga tayanib, xarakatlar orqali ifodalaydilar.



3.Bo’laklarga ajratish usuli.

Bu usulda o’qituvchi mashqni bo’laklarga bo’lgan xolda ko’rsatadi va tushuntiradi xamda shug’ullanuvchilarga uni ko’rsatish bilan birga bajarishni taklif qiladi. Ko’rsatish orqali mashqlarning xar bir qismining aniq bajarilishi ta’minlanadi.



4. Faqat namoyish qilish usuli.

O’qituvchi shug’ullanuvchilarga mashqning nomini aytmasdan, uni namoyish qiladi. Namoyishdan so’ng u mashqni boshlash va tugatish uchun zarur buyruqlarni berish mumkin, balki shug’ullanuvchilarga o’zining xarakatlariga o’xshatib bajarishni taklif qilishi mumkin. Bunda o’qituvchi butun majlisda yoki uning bir qismi oxirigacha xech narsa aytmaydi. Bu usulni turli xildagi kontingent bilan narsa shug’ullanish paytida qo’llash mumkin, lekin u bolalar bilan o’tkaziladigan mashg’ulotlarda yaxshi natijalar beradi. Usul o’ziga xos o’yinni eslatadi. Bolalar o’qituvchining xarakatlarini aniq o’xshatishga astoydil xarakat qiladilar.



Yordam ko’rsatish. Mashqlarni aniq uyg’unlikda bajarilishi uchun o’qituvchi aytib turish, orqali shug’ullanuvchilarga yordam ko’rsatadi.

Xatolarni tuzatish. Odatda ko’pgina shug’ullanuvchilar u yoki bu mashqlarni bajarishda xatoga yo’l qo’ydilar. Bu xollarda o’qituvchi tezda xatolarni yo’q qilish choralarini ko’rish lozim. Bahzan u, mashqni to’xtatmay turib, yo’l qo’yilgan xatolarni aytib o’tadi.

Bunda bajarilayotgan mashqni surhati va maromiga mos xolda ko’rsatmalarni berish maqsadga muvofiqdir. Agar ko’p shug’ullanuvchilar xatoga yo’l qo’ysa, bu xolda mashq bajarishni to’xtatish va tegishli tuzatishlarni kiritish maqsadga muvofiq.

Xatolar tuzatishning bu usuli o’quvchilarga mazkur mashqning nimaga qaratilganligi va yo’l qo’yilgan xatolarning qanday oqibatlarga olib kelishi to’g’risida batafsil gapirib berishga o’qituvchisiga imkon yaratadi. Shug’ullanuvchilarning maydonda joylashishi. Shug’ullanuvchilarning

mashqini mustaqil bajarish ko’p xollarda ularning maydonda joylashishiga bog’liq. Kalonnaning chap qatori, o’qituvchiga yaqin joylashgan vaziyat mashqlarni o’tkazish uchun qulay bo’lishiga qaramasdan bunday vaziyatni xar doim xam saqlash shart emas. Aksincha kallonnadagi boshlovchilarni, ularning bo’yidan qathiy nazar, muntazam o’zgartirib turish maqsadga muvofiq. Bu guruxdagi xamma shug’ullanuvchilar uchun bir xil mashqlarni bajarishda o’nga, chapga, aylanib, sherenga va kolonlarda bir-biriga yuzma-yuz turib xarakatlanishlar orqali ularni o’zgartirib turish lozim.



Darsning asosiy qismi.

Umumiy vazifalari. Gimnastika darsining asosiy qismining umumiy vazifalari quyidagilardan iborat.

1.Shug’ullanuvchilarning iroda va jismoniy sifatlarini tarbiyalash.

2. Xayotiy zarur va sportdagi xarakat malakalarini shakillantirish.

Xar bir gimnastika mashg’ulotida, u kim bilan o’tkazilishidan qathiy nazar, ikkala vazifa xal qilinadi.

Bunda shuni xisobga olish lozimki, gimnastika snaryadlarida mashqlar o’rgatish jarayoni bevosita mashqni bajarish bilan bog’liq bo’lgan tadbirlarga ancha vaqt sarf qilinadi.

Masalan, namoyish qilish, texnikani tushuntirish, urinishlarni taxlil qilish vazifalarini qo’yish, asosiysi mashqlarni navbatma – navbat bajarish.

Bu dars qismining mator zichligi 3-4 % ga yetadi. Natijada shug’ullanuvchilarda (ular u yoki bu mashqni bajarish ko’nikmasi xamda malakasiga ega bo’lishlariga qaramay) bunday tadbirda jismoniy sifatlarning rivojlanishiga juda sust amalga oshiriladi. Yuzaga kelgan vaziyatni tuzatish uchun jismoniy sifatlarning rivojlanishini ta’minlaydigan maxsus mashqlarni bajarishga vaqt qoldirish, nisbatan oddiy shakldagi mashqlarni tanlash xamda yalpi uslubdan foydalanish zarur.

Vositalar. Gimnastika darsining asosiy qismida bajarish uchun katta iroda va jismoniy sarf- xarakatlar talab qilinadigan mashqlar qo’llaniladi: gimnastika snaryadlarida mashqlar, tayanib sakrashlar, akrabatika mashqlari, amaliy umumrivojlantiruvchi mashqlar.

Muayyan bir mashg’ulot uchun mashqlarni tanlash dars asosiy qismining xususiy vazifalari, shug’ullanuvchilarning individual imkoniyatlari xamda boshqa sharoitlarga bog’liq bo’ladi.



Mashqlarning almashinishi.

Gimnastika mashg’ulotlarining dasturi shug’ullanuvchilarda ko’p sonli xar xil xarakat ko’nikmalari va malakalarini shakllantirishni ko’zda tutadi.

Xar xil mashq turlarining soni va ularning almashinishi to’g’ri belgilash darsning muvoffaqiyatli o’tishini belgilab beradi. Bu masalalarni xal etishda, dars vazifalari, shug’ullanuvchilar tarkibi va boshqa dars o’tish sharoitlaridan tashqari, quyidagilarni xisobga olish lozim:

1.Darsning asosiy qismida shug’ullanuvchilarning yuqori darajadagi ish qobiliyatlarini saqlab qolish sharti.

Mashqlarni shunday almashtirib turishi lozimki, jismoniy tayyorgarlik mashqlari xamma xollarda darsning asosiy qismini yakunlash zarur. Masalan, yugurish, to’siqlarni oshib o’tish, sakrashlar bilan bajariladigan o’yinlar shug’ullanuvchi gimnastika snaryadida bajariladigan mashqlar texnikasini egallaydigan turlardan so’ng qo’llanilishi maqsadga muvofiqdir.

Nagruzkasi bir xil bo’lgan mashqlar birin- ketin bajarmasligi tavsiya qilinadi.

2.Shug’ullanuvchilar tomonidan dars rejasida belgilangan mashqlarning egallanish darajasi. Bitta darsning asosiy qismi dasturiga ko’p miqdorda egallangan, o’zlashtirilmagan mashqlarni kiritish mumkin emas. Darsning asosiy qismini o’tkazish bo’yicha umumiy uslubiy ko’rsatmalar. Gimnastika darsining asosiy qismini o’tkazishga qo’yiladigan talablarni bajarish uchun o’qituvchilar xarakatlarini taxlil qilish va baxolash, xatolarni yo’q qilish, mashqlarning bajarilishi xavfsizligini ta’minlaydigan choralarni qo’llash.


Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling