S. Y. Is kamov
Download 7.3 Mb. Pdf ko'rish
|
kitob 00617a84a6c9428
Donni tozalash.
Omixta yem zavodlariga keladigan xomashyo asosan don ekinlari hamda oziq-ovqat va texnika ishlab chiqaiishlari qoldiqlaridan tashkil topgan. Xomashyolarda xas-cho‘plami (mineral va organik) va metall aralashmalar hamda begona o‘tlaming uraglari boladi. Xomashyoni begona aralashmalardan tozalashda zararli va zaxarli o ‘simliklar urugldan hamda metall qirindilaridan tozalashga aiohida e’tibor berish kerak. Ulaming aralash yemdagi miqdori belgilangan miqdordan oshmashgi lozim. Xomashyolar turli begona aralashmalardan mashinada tozalanadi va bunda asosiy ish organi b o lib g'alvir xizmat qiladi. Mahsulot g‘alvirda ikki qismga bolinadi: g'alvirda o‘tadigan mayda qismlar va g ‘alvirdan o‘tmay qolgan yirik qismlar. Cho‘zinchoq teshikli g'alvirda g‘alla mahsulotlaridan mayda aralashmalar (qum, mayda uruglar, begona ollaming uruglari va h.k.) ajratiladi. Arpa va sulining po‘sti aspirator yordamida ikki marta puflash orqali tozalanadi. G'alla tozalaydigan bu mashina siqilgan havo davriyligidan iborat. Omixta yem sanoatida aralashmalami tozalaydigan g calvir va havo oqimidan iborat murakkab mashina - separatordan foydalaniladi. Xomashyoni metall aralashmalari dan (qirindilaridan) tozalash uchun statistik magnitlar va elektromagnitdan tuzilgan magnit devorlar (tutqichlar) bor. Magnitlar xomashyo, yarim fabrikatlar va tayyor mahsulotlar ustiga qo‘yiladi. Xomashyoni tozalaydigan magnit texnologiya liniyasi oldiga qo‘yiladi. Xomashyo ishlab chiqarish korpusiga ikki y o l bilan kiradi. Biri yumshoq xomashyo uchun va ikkinchisi donlar uchun, yumshoq xomashyoni tozalash uchun yassi g ‘alvir (ikki marta silkitadigan yoki sochadigan), donli xomashyo uchun esa separator ishlatiladi. Donlarni po‘stlogldan tozalash. Arpa, suli va boshqa po‘stloqli donlardan omixta yem ishlab chiqarishda ulami maydalashdan oldin po'stidan ajratish kerak. Po'stloqli donlar murakkab (ikki davrli) titratadigan (zarb beradigan) mashinalarda tozalanadi. Xomashyoni maydalash. Ozuqalaming fizik xususiyatlari ulami maydalashda tegishli tipdagi mashinani tanlab olishga imkon beradi. Nisbatan mayda va bir jinsli qismlardan iborat sochiluvchi aralashmalar maydalovchi mashinalar orqali bir o'tkazishda maydalanadi, yirik sochiluvchi aralashmalar esa oldin maydalanadi, so'ngra talqon qilinadi. Sanoatda xomashyo boig'ali maydalagich yoki tegirmon toshi bilan maydalanadi va valsovka qilinadigan dastgohlarda bosib tekislanadi. Dag‘al maydalashda esa tishli va panjasimop maydalagichdan foydalaniladi. 51-rasm. Download 7.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling