S. Y. Is kamov
Download 7.3 Mb. Pdf ko'rish
|
kitob 00617a84a6c9428
- Bu sahifa navigatsiya:
- 52-ish. 0 ‘simlik moyi sifatini baholash Darsning maqsadi
Din va Stark apparati:
1 -yumaloq tagli kolba; 2-sovutgich; 3-qabul qilgich. Jihoz va materiallar: Din va Stark apparati, toluol, ksilol, suv, muzlatgich, kalkulyator. 0 ‘zlashtirish uchun savollar 1. Olimlar - Din va Stark to‘g ‘risida nimalami bilasiz? 2. Din va Stark apparati qanday prinsipda ishlaydi? 3. Standart talabi bo‘yicha moy namligi necha foizgacha boiishiga luxsat etiladi? 4. Nima uchun tekshirilayotgan modda namligi kam bolsa namuna ko'proq olinadi? 52-ish. 0 ‘simlik moyi sifatini baholash Darsning maqsadi: o‘simlik moyi sifatini belgilovchi ko‘r- satkichlar bilan tanishish. Talabalarga laboratoriya sharoitida. o'simlik moyi sifatini baholashni o'rgatish. Ishlash tartibi: o‘simlik moyimng sifati uning tashqi ko'rinishi, fizik xossalari va kimyoviy tarkibi bo'yicha baholanadi. Moy sifatini baliolash uchun uning ishlab chiqarish turkumi miqdoriga qarab standartga ko‘ra, yaxshilab aralashtiriladigan va tahlillar uchun 0,5 1 ajratib olinadigan o'rtacha namunasi tanlab olinadi. Oziq-ovqat uchun ishlatiladigan o'simlik moyi tiniq shaffof va och sariq rangga ega bo‘lishi kerak. Standartga muvofiq hid, rang va shaffoflik moyning harorati 20°S bo‘lganda aniqlanadi. Moy hidini belgilash uchun uning yupqa qatlami shisha plas- tinkaga yoki qo'lning orqa tomoniga surtiladi. Ranggini aniqlash uchun uni kamida 50 mm qalinlikda stakanga quyiladi va oq fonda undan o‘tadigan hamda aks etadigan nurga tutib ko'riladi. Shaffof- ligini aniqlash uchun 100 ml moy shisha silindrga quyiladi va bir kun 20°S haroratda tinch qo'yiladi. Tingan moy oq fonda undan o'tadigan va aks etadigan nurga tutib ko‘riladi. Agar moy unsimon yoki unda har xil zarralar bo‘lmasa, u shaffof hisoblanadi. Paxta moyining faqat silindming yuqori ustunida moy. unsimon yoki muallaq zarralar bo'lmasa, u shaffof hisoblanadi. Moydagi namlik va uchuvchi moddalar tarkibini aniqlash uchun 5 gr moyni 105°S haroratda doimiy massaga aylanguniga qadar quritiladi. Moy sifatini qoldiq (moysiz aralashmalar) miqdori kabi belgi ham tavsiflaydi. Standartga ko‘ra nazarda tutilgan usulga binoan moydagi qoldiqni vaznli va hajmli usullar bilan aniqlanadi. Vaznli usul bilan petroley efirda yoki yengil benzinda aniqlanadi. Vaznli usul bilan petroley efirda yoki yengil benzinda erimaydigan moy tarkibidagi mexanik aralashmalar (g'ijimlar, qobiqlar, kletchatka zarrachalar va shu kabilar) miqdori aniqlanadi. Hajmli usul bilan silindrga quyilgan va bir kun davomida 15-20°S da tinch qo‘yilgan moy qoldig‘i aniqlanadi. Qoldiq millilitrlari soni qoldiqning hajmga ko‘ra foizini ko‘rsatadi. Moy sifatini baholashda sovunlanish miqdori va yodlar soni kabi belgilar ham ko‘rsatiladi. Moyning ovqatga yaroqliligini tavsiflaydigan eng muhim belgilardan biri kislotalar soni hisoblanadi. Kislotalar sonining ortiqligi xom ashyo sifati pastligi, uning saqlanishi yoki moy uzoq vaqt davomida saqlanishida buzilganidan dalolat beradi. Kislotalar soni standartda nazarda tutilgan uslub bo'yicha aniqlanadi. Jixoz va m ateriallar: quritish javoni, shisha plastinka, stakanlar va moy namunalari, moy standartlari. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling