Sabirdinov Akbarali Davronova Muxlisa Adxamjon qizi Odil Yoqubovning qissachilik mahorati kirish


Download 148 Kb.
bet1/3
Sana20.12.2022
Hajmi148 Kb.
#1040313
  1   2   3
Bog'liq
Monografiya


Sabirdinov Akbarali
Davronova Muxlisa Adxamjon qizi
Odil Yoqubovning qissachilik mahorati
KIRISH
Adabiyotning asosi, uni dunyoga keltiruvchi omil — hayotdir. U bitmas-tuganmas yaratish qudratiga, yangilanishga, o‘sish va rivojlanishga qodir ekan, adabiyot ham unga mos holda shu qodirlikni o‘zida mujassam etadi, u ham kamolot sari taraqqiy qilishdan, hayot baxshida etgan yangiliklarni kashf etishdan to‘xtamaydi. Zero, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek: «Adabiyot, san’at va madaniyat yashasa, millat va xalq, butun insoniyat bezavol yashaydi».1 Bundan tashqari, 2020-yil 29-oktabrdagi PF-6097-son “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonlari ham yuqoridagi maqsadni amalga oshirishda dasturilamal bo‘lib xizmat qiladi.
Albatta, adabiyot o’z vazifasini inson ruhiyatining ma’naviyatga va ijtimoiy borliqqa o‘zaro ta’sirini o‘rganish, tadqiq qilish bilan amalga oshiradi. Chunki ma’naviyatsiz ijtimoiy borliqni, ijtimoiy borliqsiz insoniyatni tasavvur qilish mum-kin emas. Buyuk adib Belinskiy shunday ta’kidlaydi: “Boshqa san’atlarning barcha unsurlarini o‘z ichiga oladi, bo‘lak san’atlarning har biriga ayrim ravishda berilgan hamma vositalardan birvarakay va to‘la suratda foydalanadi”. Adabiyot –fikr, tuyg’ularimizdagi to’qunlarni so’zlar, gaplar yordami bilan tasvir qilib, boshqalarda ham xuddi shu to’lqinlarni yaratmoqdir(A.Fitrat. Adabiyot qoidalari,T., “O’qituvchi”,1995, 22-bet.) Shu sababdan ham adabiyotning maydonidan chiqib ketadigan bironta hodisa, voqea, ruhiy holat, xatti-harakat, kechinma bo‘lmaydi va ularning hammasi so‘z vositasida ta’riflanadi, ochiladi, jonlantiriladi. Alloh so‘z qudrati bilan borliqni yaratganki, uning qudratidan boshqa buyukroq mojiza yo‘q. Hadisi sharifda “So‘zda sehrbor...”deb ta’kidlansa, xalqimiz “So‘z qilichdan o‘tkir”, “So‘z — kishining o‘zagi, odob — uning bezagi”,deydi. Bobomiz Alisher Navoiy “Chin so‘z — mo‘tabar, yaxshi so‘z — qisqa — mux-tasar” desalar, Mashrab Boboyev “So‘z aytgani kelar dunyoga inson”, deydi. Rus shoiri Aleksandr Tvardovskiy “So‘z — bu mening oshi halolim, so‘z — men uchun muqaddas”, — deb kuylaydi. Ha, so‘z — aqlimizning toji, yuragimizning, otashi, insoniyligimizning belgisidir. Ana endi bu so‘z badiiylashganda, adib Oybek aytganidek: “Har bir so‘z, uzukka qo‘yilgan qimmatli tosh kabi porlaydi, har bir misrada katta mazmun barq urib turadi. So‘z chertib olinadi, ohangi, ifoda kuchi, bo‘yog‘i va boshqa xislatlari bilan hissiy qudratga ham ega bo‘ladi Shu asosga ko‘ra, adabiyotning “tili”, birdan-bir quroli — so‘zdir, so‘z san’atidir”. So‘zning tasvir imkoniyatlari nihoyasizdir. Adabiyot so‘z san’ati ila hayotni o‘rganadi va tasvirlaydi (uning mag‘zini chaqadi), hayotni tadqiqi jarayonida undan muayyan xulosa va saboqlar chiqaradi (hukmga keladi), hayotdan dars oladi(“hayot darsligi” vazifasini o‘taydi), hayotni qayta (umid va orzular asosida) yaratadi. Demak, so‘z san’atining obyekti — tabiat, jamiyat va insonni birlashtiruvchi, bizdan tashqarida yashovchi cheksiz, chegarasiz olamdir. Inson san’at va adabiyotning bosh predmetidir. Yozuvchi Maksim Gorkiyning ta ’biricha, “O‘zining intilishlari, ishlarining butun xilma-xilligi bilan, o‘zinig o‘sishi va tanazzulga ketishi jarayoni bilan odam badiiy adabiyotning materiali bo‘lib xizmat qiladi”.2
Odil Yoqubovning “So‘z” kitobini o‘qigan odam katta yozuvchi, romannavis, qissanavis deb bilgan adibning tom ma’noda publitsist, munaqqid ekanligini ham bilib oladi va hayratga tushadi. Kitobda Jomiydan tortib Pushkingacha, Jambuldan Chingiz Aytmatovgacha bo‘lgan jahon adabiyoti namoyandalari haqida hayajonli, tesha tegmagan, xolis, haqqoniy fikrlar bitilgan. Elbek, Usmon Nosir, Qodiriy, Cho‘lpon, Oybek, Shayxzoda, safdoshlari Ozod Sharafiddinov, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, bu yog’iga Murod Muhammad Do‘st, Erkin A’zam, Xayriddin Sulton, Alisher Ibodinov, Nazar Eshonqullar haqida turli munosabatlar bilan yozilgan, lekin samimiy, xolis gaplar aytilgan. Kitobda san’atimiz, madaniyatimiz darg‘alari haqida ham ko‘plar bilmagan, hayajonli holatlar qalamga olingan. Lekin bu kitobdagi maqolalar adibning Moskvada, sobiq ittifoq xalq deputatlar syezdidagi nutqlarida o‘zbek xalqining, ayollarining ayanchli ahvollari, sho‘ro siyosati Respublikalar hayotini mustamlaka darajasiga solib qo‘ygani ro‘y-rost, mardona ochib berilgan. Adibning ushbu kitobidagi kirish so‘zida adabiyotshunos Shuhrat Rizayev yozganidek, “Oliy minbarlarda turib dadil so‘z aytish, o‘z xalqining kelajagi uchun qayg‘urish – chin ma’noda ma’naviy jasorat edi. Odil Yoqubov umrining so‘nggi yillarigacha uyg‘oq vijdon bilan yashadi, yuragida qo‘r bilan tinimsiz ijod qildi. Balki ayni shu sifati va fazilatlari tufayli u yaratgan asarlari, turli bitiklari va irod etgan nutqlari bois adib jahon miqyosiga mengzagulik e’tirof va sharaf topdi”.3
I bob. Odil Yoqubov ijodida tasvir va talqin
I.1. Qissa janri xususiyatlari
Adabiyotda voqelikni turlicha epik miqyoslarda aks ettirishga moslashgan janrlar mavjud. Ana shunday janrlardan biri qissa deb ataladi va u lug’aviy ma’nosiga ko’ra (arabcha) hikoya, voqea, sarguzasht degan ma’nolarni ifodalaydi. Shaxs hayoti va faoliyatining muayyan qismini bayon etuvchi ushbu janr nafaqat o’zbek adabiyotida, balki Yaqin va O’rta Sharq xalqlari adabiyotida ham katta o’ringa ega. Shu bois adabiyotshunoslik terminlarini izohlovchi ba’zi lug’atlarda bu so’zning butun ruhini o’zida ifoda etuvchi ikki bir-biriga bog’liq ma’nosi quyidagicha tavsiflanadi: 1. Yaqin va O’rta Sharqda keng tarqalgan folklor va yozma adabiyot asarlari. 2. O’zbek prozasida keyingi o’n yillar ichida hikoyadan katta, romandan kichik va aksariyat hollarda asosiy qahramon sarguzashtlari asosida yuzaga kelgan badiiy asarlar. Bunday asarlar o’z xarakteri, janr imkoniyatlari, badiiy-tasviriy prinsip usullari jihatidan povest janri bilan bir xildir4
Demak, o’zbek realistik qissalari adabiyotimiz uchun tamoman yangi, favqulotda janr bo’lmay, uning tarixiy ildizlari o’rta asrlar badiiy merosimizga borib taqaladi. O’zbek xalq eposining nuktadon kishilari mazkur janrning o’rta asrlar xalq ommasining madaniy xayotida, ayniqsa, shahar atrofi aholisining ma’naviy ehtiyojlarini qondirishda tutgan o’rnini alohida ta’kidlab ko’rsatganlar. Ularning ta’kidlashlaricha, ilmiy adabiyotlarda keng istifoda etiladigan xalq kitoblari atamasi janr mansubiyati nuqtai nazaridan qissa janrining sinonimik atamasi hisoblanadi.5
Xalq kitoblari atamasi Yevropada paydo bo’lib, keyinchalik rus va boshqa xalqlar adabiyotshunosligi, kitob chop etish bilan shug’ullanuvchi shaxslar faoliyati orqali bizning adabiyotshunosligimizga kirib kelgan. Binobarin, bu atama o’z bag’riga birgina qissa janrini emas, balki o’rta asrlar novellalari, dostonlari, xullas, rivoyaviy janrlarning barchasini qamrab olgan. Mazkur epik asarlar nasriy bayon shaklida kitobat etilganligi sababli, yaxlit holda qissa deb yuritilgan. Shuni ta’kidlash joizki, adabiyot tarixchilari, nazariyotchilari va folklorshunoslar oldida o’rta asrlar xalq kitoblari tarkibiga kirgan, hozirda yaxlit holda qissa deb belgilanayotgan asarlarning janr mansubiyatlarini aniqlash vazifasi ham turibdi.
Bunday vazifaning ado etilishi, birinchidan, o’rta asrlar og’zaki adabiyotida qanday janrlar mavjudligi, ularning har biriga xos xususiyatlar nimalardan iboratligini aniqlashga imkon bersa, ikkinchidan, ana shu davrlar adabiy jarayonida hukm surgan janrlararo munosabatlar darajasi hamda miqyosi haqida muayyan tushunchalarga, to’xtamlarga kelishga yordam beradi. Uchinchidan, yuqoridagi vazifani ado etish o’rta asrlar o’zbek adabiy jarayonida yuz bergan axborot, diffuzion holatlar intensivligini nazariy jihatdan yoritishga imkon beradi.
Adabiyotshunoslikka oid ilmiy manbalarda qissaning janr xususiyatlari sifatida asar syujetining bosh qahramon sarguzashtlaridan iborat ekanligi va hajm jihatidan romandan kichik ekanligi, hikoyadan kattaligi kabi ikki mezoni keltiriladi. Asar syujetining faqat birgina qahramon faoliyatiga asoslanishini mazkur janrga xos asosiy xususiyat sifatida ko’rsatish mumkin. Qissa syujeti zamirida yakka qahramonning butun umri davomidagi sarguzashtlari emas, balki qahramon hayotining muayyan davri voqealari yotadi. Shuning uchun janr xususiyatlari haqida gapirilganda, hajmning katta yoki kichikligi emas, balki voqealar qamrovi hamda rivojining romanga nisbatan yengilligini va hikoyaga nisbatan murakkabligini hisobga olish kerak.
Qissa janrining o’rta asrlar og’zaki hamda yozma adabiyotida keng tarqalishi, faollashishi sabablarini quyidagicha izohlash mumkin:
Birinchidan, qissalar syujetining bosh qahramon hayotining muayyan davri voqealari bilan bog’liqlikda izchil, xronikal, ya’ni zamon nuqtai nazaridan ketma-ketlik tamoyili asosida tasvirlanishidir. Voqelikni bu tarzda estetik idrok etish tamoyili qissaxon yoki qissanavis uchun juda qulay edi. Shu bois o’rta asrlar qissanavislari, bir tomondan, o’zbek xalq og’zaki ijodi va yozma adabiyotidagi mavjud epik asarlar (asosan, dostonlar)ni qissaga xos syujet qolipiga solishga muvoffaq bo’lganlar. Ikkinchi tomondan, sharq xalqlari, xususan, fors-tojik adabiyotida keng tarqalgan mashhur syujetlarni qissa shaklida ijodiy o’zlashtirish orqali bir qancha qissalar yaratganlar. Yu.Salimovning qayd etishicha, X-XV asrlarda O’rta Osiyo xalqlari, jumladan, o’zbek va tojik xalqlari adabiyoti nasrida qissa va hikoyatlar yetakchi o’rin tutgan. Shu sababli XVI-XIX asrlarda o’zbek va tojik nasri o’rtasida o’zaro aloqa va ta’sir kuchaygan. Ayni shu davrda “Abumuslimnoma”, “Qahramon qotil”, “Chor darvesh”, “Malikai Dilorom”, “Malikai Gulandom” kabi rivoyaviy asarlar nasriy qissa shaklida o’zbek tiliga tarjima qilingan.6 An’anaviy qissalarda ishq-muhabbat sarguzashtlari, haqiqat uchun kurash, mardlik va jasorat ko’rsatishdan iborat syujetlar tasvirlangan. Bunday syujetlarning xalq orasida qayta-qayta aytilib yoki o’qilib yurishi qissalarda ham folklorga xos formulaviy uslubning shakllanishiga sabab bo’ladi. Adabiyotshunos A.Abrorov qissa haqida to’xtalar ekan: “Adabiyotimizning hozirgi davrida prozaning yangi turi – qissaning vujudga kelishi va shakllanishida 20-30-yillarda yaratilgan keng syujetli hikoyalarning roli va xizmati katta bo’ldi. Qissa ana shu keng syujetli hikoyadan o’sib chiqdi, tashkil topdi, shakllandi va mustaqil janr sifatida shakllanmoqda”7 Ayniqsa, XX asrning ikkinchi yarmida qissa janrida juda ko’plab ijodkorlar barakali ijod qildi. Ular orasida Odil Yoqubov qissalari o’zining samimiyligi va milliy qadriyatlarni ulug’lash, oilaviy totuvlik, sadoqat, pok muhabbat, tug’ilib o’sgan yurtga bo’lgan sog’inch kabi tuyg’ularni tarannum etishi bilan ajralib turadi.
I.2. Odil Yoqubovning tasvirlash mahorati
Badiiy adabiyotda so‘z ma’nodorligi, ifodaviyligi, musiqiyligi matn mohiyatini o‘qish jarayonida namoyon bo‘ladi. Ijodkor qaysi janrga doir asar yaratmasin, unda so‘z tirikligi, tabiiyligi, samaradorligiga e’tibor beradi. Bitta mavzuga turlicha nigoh, tafakkur bilan yondashish, uni yangi ohang, rang, tasvir bilan boyitish mumkin. Hayot adabiyotning mazmunini belgilaydi. Shu bilan birga adabiy shakllarning yuzaga kelishida ham hayot katta rol o‘ynaydi.8 Binobarin, yuqorida tilga olingan badiiy asarlarning har birida hayotdan olingan taassurot va mazmun asarning shaklini ham belgilaganini ko‘rish mumkin. Kishi ongi hayotni aks ettirishda oynaga o‘xshab ketsa ham, oynadan keskin ravishda farq etadi. Oyna hayotni befarqlik bilan aks ettiradi, kishi ongi esa faol ravishda aks ettiradi, ya’ni aks ettiriluvchi narsani kishi moddiy va ma’naviy ehtiyojlari jihatidan baholaydi ham. Bu qoida adabiyotga ham taalluqli.9 Kishi ongi bilan hayot orasidagi munosabatlar aniq amaliy mazmunga ega, ya’ni odam tabiat va jamiyat qonunlarini faqat bilib qo‘y ish uchungina emas, balki o‘z hayotini saqlash va yaxshilash, moddiy va ma’naviy eh-tiyojlarini qondirish maqsadida ham o‘rganadi. Adabiyot ham shunday o‘rganishning bir shaklidir. Hayotni o‘rganish jihatidan olim bilan yozuvchining orasida jiddiy farq yo‘q. Yuqorida tilga olingan badiiy asarlarda yozuvchi o‘zi aytmoqchi bo‘lgan g‘oyani o‘quvchiga bayon etishdan avval, ko‘pincha, bu g‘oyani butunlay bayon etmay, bizning ko‘z oldimizda hayot manzarasini namoyon qiladi. Bu man-zara shunday tasvirlanadiki, biz yozuvchi bilan birga hayotning hamma ikir-chikirlarini ko‘ramiz, kishilar hayotida sodir bo‘lgan hodisalar va ularning psixologiyasidagi o‘zgarishlarning guvohi bo‘lamiz.
Odil Yoqubov ijodi inson his-tuyg‘ularini to‘lqinlantiradigan, hayajonga soladigan tasvirlarga boy. Mutafakkir adib Chingiz Aytmatov yozuvchining “Ulug‘bek xazinasi” romani haqida shunday fikrlarni bildirgan: “Ulug‘bek”ni ancha kechikib, ammo zavq bilan o‘qib chiqdim. Yangi asar haqida so‘z yuritish quvonchlidir. bu – yuksak va benihoya qimmatli asar, o‘zining badiiy qiymati bilan ham e’tiborga molik tarixiy roman meni qattiq hayajonga soldi. hayajonimning asosiy sababchisi – roviylikning sehri, usuli, biroq barchasidan tashqari sening asaringni o‘qiyturib, men ulug‘ turkiy g‘ururni his etdim. Ulug‘bek bizni hamisha oqlovchi kuch, u bizning dardimiz va dunyo haqida fikr yuritishga, unga to‘la hakamlik qilishga huquq beradigan yuksak tajribaviy iztiroblarimizdir.
Bu yuksak tajriba Ulug‘bek – garchi uning kashfiyotlari olamshumul ahamiyat kasb etsa-da – buyuk olim bo‘lganda emas, balki ziyoli va haqgo‘y insonning fojeasi Ulug‘bek shaxsi vataqdirida kechganidadir. ulug‘bek menga faqat o‘rta asrning atoqli olimi bo‘lgani uchungina qadrli emas, aksincha, taqdir uni eng mashaqqatli va ulug‘vor fojeani boshidan kechirishga va shunday murakkabhayot yo‘lini bosib o‘tishga majbur etganki, u o‘z davrining qabul qilgan hamma tartib-qoidalariga qarshi borib, shunga qarshi isyon ko‘targan shaxs sifatida ham buyukdir.
Har qanday davrning, hatto ma’rifatli zamonlarning ham o‘z Ulug‘beklari bor. Buning ustiga, Ulug‘beklarning ayanchli qismati bo‘lmaganida ularning olim ekanliklarini muayyan qatlamlardagi mutaxassislardan bo‘lak hech kim bilmas edi. Va shuning barobarida jahon san’ati Shekspir, Hyote, Tomas Mann va hatto Tolstoy singari so‘z san’atkorlarining paydo bo‘lishi ham gumon edi. ”10
Yozuvchini anglash, idrok etishga intilish o‘z xalqini jondan sevgan ulug‘ adibning bepoyon olami sirlaridan voqif etadi. Bu hol Odil Yoqubovning beqiyos tarixiy asarlari, go‘zal qissalari, takrorlanmas hikoyalaridagina emas, balki fikri-zikri, o‘y mulohazalarida ham aks etganiga shubha yo‘q. zero, o‘z ichki his-tuyg‘ularidan oziqlangan ijod ahli dil va til birligiga erishibgina samimiy hamsuhbat topa oladi. Odil Yoqubov suhbatlarning birida “Bilasizlarmi, ijodkorda avvalo dard bo‘lishi lozim. Dardi yo‘q ijodkor katta yozuvchi bo‘la olmaydi” 1degan edi. O‘z tabiri bilan aytganda Odil Yoqubov chinakam dard ila yozadigan ijodkjor edi. Uning “Diyonat”, “Ko‘hna dunyo”, “Ulug‘bek xazinasi” kabi romanlarida, “Ota izidan”, “Matluba”, “Qaydasan, Moriko” singari qissalarida insonni o‘yga toldiruvchi, yurak qa‘ridagi takrorlanmas hislarni junbushga keltiruvchi nodir tuyg‘ular yotadi. Adib yozgan deyarli barcha asarlardagi badiiy obrazlarni o‘quvchi tez va oson tushuna oladi. Chunki har bir obraz o‘ziga xos favqulotda xarakter xususiyati bilan ajralib turadi. Albatta, o‘quvchi ongida yaqqol namoyon bo‘la oladigan obrazlarni yaratish anchayin mehnat talab qiladi. Odil Yoqubov o‘z qahramonlarining metaforik tasviriga alohida urg‘u berish yo‘li bilan buning uddasidan chiqa olgan yozuvchi edi.
Ko‘chimlar adabiyotga jilo, joziba, ta’sirdorlik, bo‘yoqdorlik kabi ko‘plab rang- barang fazilatlarni beradi. Quyosh tomchida akslanganidek, san’atkorning badiiyati qudrati alohida olingan birgina tropda o’zini namoyon eta oladi. Behisob majozlardan bir nechtasini o‘rganishning o‘ziyoq sizni mustaqil izlanishga, qolganlarini izlab, topib, talqin qilishga chorlaydi. Badiiy-tasviriy vositalarning hammasi ham ikki vazifani o‘taydi:
1. Badiiy asarda ifodalangan g‘oyani, shu g‘oyani tashuvchi obrazlarni hayotiyroq va ta’sirchanroq ifoda qiladi. Bu mazmuniy vazifa.
2. Misralar, baytlar, bandlarning (demakki, badiiy asarning) lafziy musiqiyligini, jilosini, jozibadorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Bu shakliy vazifa. Mazmun va shaklning monolitlik xislati bu vositalarga ham xos bo‘lgani sabab ular ikki vazifani birvarakayiga va bir vaqtda o‘taydilar. Ularning har biri san’atkor badiiy mahoratining kichik o‘lchovi bo‘la oladilar, ya’ni san’atkor badiiy dunyosining hayotiyligini, go‘zalligini, betakrorligini, yangiligini ko‘z- ko‘z qila oladilar. Kitobxonni xayratga sola biladilar. Hazrat Alisher Navoiyning “Majolis ul-nafois” asarida bir voqea bor: kunlarning birida Lutfiy va Alisher Navoiy uchrashganlarida yomg‘ir yog‘ayotgan bo‘ladi. Lutfiy yomg‘irga ishora qilib, Amir Xisrav o‘z g‘azallaridan birida shu hodisani nafislik — san’atkorlik bilan tasvirlaganini aytadi: mahbuba bahor ayyomida biron tomonga ketayotganida yomg‘ir tufayli yerga yiqilay debdi-yu, noziklikdan yomg‘ir rishtalari(tomiri)ni ushlab qaddini rostlab olibdi. Navoiy bundan hayratga tushadi va uni saroy ahliga so‘zlab beradi. Hamma lol qolsa-da, sinchkov Husayn Boyqaro e’tiroz bildiribdi: “... ul e’tiroz budirkim, yol yog‘in qatrasi yuqoridin quyi inib keladur, muqarrardurkim, rishtag‘a dag‘i hamul holdir. Rishtaikim, mayli quyi bo‘lg‘ay, aning madadi bilan yiqiladurg‘on o'zin asramog‘i maholdir”. Ko‘rinadiki, badiiy tasviriy vosita qanchalik hayratomuz bo‘lmasin, uning asosida hayot (yomg‘ir) mantig‘i buzilmasligi, yangiligi, betakrorligi asoslangan bo‘lishi, kitobxonni to‘liq ishontirishi badiiy qonuniyat bo‘lib qolaveradi. Ana shu qonuniyatga amal qilgan san’atkor badiiy mahorati na’muna bo‘la oladi.11
Ha, “Shoirlarimiz borki, yozganlari, bir qaraganingda bus-butun, ravon, qofiyalar joyida. Lekin ularning asarlari na adabiyot tarixida, na xalq qalbidan bir umr joy olishi gumon. Sen minglab satr she’r yozsang-u, shundan aqalli ikki-uch misrasi ham yuraklardan joy olmasa — bu shoir uchun katta fojia. “Ey yor, men seni sevaman”. Ana shu gapni Mirza G‘olib “Ey, yor, ostonang oldida yotgan toshni nima qilarding nariga surib qo‘yib, axir u mening peshonamga urilaverib o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘lib ketardiku!” deb berishida juda kuchli obrazlilik barq urib turibdi”.
Badiiy ijod jarayonini ko‘pincha ayolning boshqorong‘i bo‘lishi, homila ko‘rishi va tug‘ishiga o‘xshatishadi. Buning asosi bor. Obraz ham xayolga keladi, oy-kuni, vaqti-soati yetiladi va oxiri tug‘iladi.
Shuning uchun ham Mirmuhsin “Yozuvchi uchun hamma asari ham farzandidek aziz... shaxsan men uchun “Degrez o‘g‘li”...hayotimning yaxlit bir bo'lagi”, — deb yozadi. S.Ahmad “Mening jiddiy hikoya yozishim xuddi ayol kishining ko‘z yorishidek azobli bo‘ladi”, — deb ta’kidlaydi va ikkinchi bir o'rinda “Оу kuni yaqin ayolni ikki yo‘l o‘rtasida turipti, deyishadi. Ayol yo bola tug‘adi, yo halok bo‘ladi. Ana shunday azoblar bilan bola tuqqan xotinlar bor... Yozuvchi ham xuddi shu onaga o‘xshaydi, — deya o‘z “dahlsiz” dunyosi bilan tanishtiradi. V.G.Belinskiy ham o‘zining “Yevgeniy Onegin” tahliliga bag‘ishlangan 5-maqolasida: “Ona chaqaloqni qornida paydo bo‘lishidan to oy kuni yetguncha saqlaganidek, san’atkor ham o‘zida poetik fikrning urug‘i(homilasi)ni paydo qiladi, oy kuni to‘lgancha saqlaydi; ijod jarayoni bola tug‘ish jarayoniga monanddir va bu jismoniy hodisaning ma’naviy azoblari san’atkor uchun begona emas”, — deb badiiy ijod yakuni bilan bola tug‘ilishi o‘rtasidagi moslikni alohida qayd etadi.
Mohir yozuvchi Odil Yoqubov asarlari hamisha inson qalbidagi eng nozik tuyg’ularni to’lqinlantira olgan asarlar safidan joy oladi. Insondagi mukammal hissiyotlar adib asarlarida bosh mavzu sifatida bo’y ko’rsatadi. Odil Yoqubov qo’llagan har bir so’zida hayotning oddiy ko’z bilan ko’ra olmaydigan qirralarini ko’rsata olgan va ular katta ta’sir doirasini qamrab oladi. Yozuvchining eng birinchi yirik asari 1951-yilda e’lon qilingan “Tengdoshlar” qissasidir. Shundan keyin adibning “Billur qandillar”, “Qanot juft bo’ladi”, “Bir felyeton qissasi”, “Matluba”, “Muqaddas” kabi qissalari chop etildi. Bular ichida “Billur qandillar” o’zgacha mohiyati bilan ajralib turadi.
Ma’lumki, nutq jarayonida, xususan, badiiy nutqda so’zlar o’z ma’nosida ham, ko’chma ma’noda ham qo’llanishi mumkin. Ko’chma ma’noda qo’llangan so’zlarning umumiy nomi ko’chim deb yuritiladi. Adabiyotshunoslikda bunga sinonim sifatida trop (yunoncha “ko’chim”)termini ham ishlatiladi. Mumtoz adabiyotda esa majoz istilohi qo’llangan.12Ko’chimning badiiy nutqdagi eng ko’p va samarali qo’llanuvchi turi istiora – metafora hisoblanadi. Adabiyotshunosligimizda bu ikki termin sinonim sifatida qo’llanadi. Qizig’i, ikkala termin ham avval umuman ko’chim(trop) ma’nosida qo’llangan bo’lsa, keyincha ko’chimning faqat o’xshashlik asosidagi turini anglata boshlagan.13Odil Yoqubov so’z san’atida o’ziga xos yo’nalishga ega. Xususan, uning ijodida ham istiora - metaforalardan ko’p o’rinlarda foydalanilgan. “Billur qandillar” qissasida metaforaning go’zal va takrorlanmas na’munalarini uchratamiz. Misol tariqasida ulardan ayrimlarinikeltirib o’tsak:


  1. Download 148 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling