Sabrina Berdiyeva


Download 25.15 Kb.
bet2/4
Sana02.05.2023
Hajmi25.15 Kb.
#1422999
1   2   3   4
Bog'liq
Sabrina Berdiyeva Maqola 1

Kalit so`zlar: intellektual salohiyat, qobiliyat, iste`dod, o`yin, syujetli-rolli
o‘yinlar, abstrakt bilimlar, genetika va irsiyat.
KIRISH
Bilim va faoliyat uslubining murakkablashishi ta’lim jarayonida bolalar rivojlanishining asosiy va belgilovchi tomonini tashkil etadi. Masalan, Shvetsariyalik psixolog J. Piaja o‘zi olib borgan tadqiqotlar asosida ta’kidlashicha, 7-8 yoshdan kichik bolalar raqam bilan bog‘liq faoliyatga qodir emas. Shuningdek, bolaning psixik rivojlanishida ta’lim mazmunining o‘zgarishi va uning ta’siri haqida L.A.Venger, P.YA.Galperin, D.B.Elkonin, V.V.Davidov va boshqalar asarlarida keng tadqiq etilgan. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar tarbiyasining asosiy vazifalarijismoniy, aqliy, axloqiy, mehnat tarbiyasi, estetik tarbiya berib borishdan iboratdir. Psixologlar fikricha bu yoshda bolada bilish jarayonlari rivojlanib borganligi sababli unga o`rgatilgan har bir yangilikni tez ilg`ab oladi, ongiga singdirib boradi.Bolalikda aqliy rivojlanish asosini bolada shakllanayotgan idrok etish va fikrlash harakatlarining yangi turlari tashkil etadi. Bu yoshda avtodidaktik, o‘zi o‘rgatuvchi o‘yinchoqlar (matryoshkalar, qutichalar, kubchalar, mozaika va boshqalar) bola ongini tez rivojlantiradi.Intellektual-psixologik o`yinlar bolani har tomonlama komil shaxs bo`lib shakllanishidagi asosiy vositalardan biridir. Maktabgacha ta`lim davridagi bolani har tomonlama komil inson bo`lib shakllanishida didaktik o`yinlar asosiy vosita bo`lib xizmat qiladi. Intellektual-psixologik o`yinlarning barchasini quyidagi uch turga ajratish mumkin:
1. Buyumli o`yinlar(o`yinchoqlar, tabiiy materiallar)
2. Stol ustida o`ynaladigan o`yinlar
3. So`z o`yinlari
Ta`lim jarayonida zamonaviy interfaol usullardan foydalanish bolalar intellektiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.
Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature review). O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 2017-yil 30-sentabrda PF5198 - sonli “Maktabgacha ta'lim faoliyatini tashkil etish va boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to'g`risida” gi farmoni qabul qilinib, unda maktabgacha ta'lim muassasalarining davlat va nodavlat tarmoqlarini yanada kengaytirish, davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari o'rtasida sog`lom raqobat muhitini shakllantirish sharoitlarini yaratish, davlat va xususiy sektor sherikligi shartlarida maktabgacha ta'lim muassasalarining yangi shakllarini joriy etish, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini samarali tashkil etishni ta'minlash asosiy maqsad qilib belgilangan.Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning intellektual salohiyatiningrivojlanishida ulardagi tug`ma qobiliyat va iste'dod muhim ahamiyatga ega. Tug`ma qobiliyatga ega bo'lgan bolalarimiz kattalarning har bir ta'limiy, tarbiyaviy va kasbiy ta'limotlarini tez ilg`ab oladilar va tez o'zlashtirib, hayotga tatbiq etadilar. Ammo, barcha yoshlarimizga ham birdek tug`ma talant, qobiliyat va iste'dod nasib etavermaydi. Shunday ekan, qobiliyatni shakllantirib borish, yoshlarning iste'dodini oshirib borishdek muhim vazifa birinchi navbatda pedagoglarimiz va keng jamoatchilik zimmasiga ya'ni oila, o'quv muassasalari, korxona, tashkilot, ustaxona boshqaruvchilari zimmasiga tushadi. Olim aqlni 3 bosqichga bo'lar ekan, birinchi bosqichda yodlay oladigan, lekin hali harflarni ham, yozishni ham bil-maydigan bolalarni nazarda tutgan.
Ikkinchi bosqichda tayoqchalarni chiza boshlagan, qalamdan foydalanishni o'rganayotgan bolalarning aqli tasavvur qilinadi.
Uchinchi bosqichda inson aql shakllarini va ularga muvofiq hissiy obrazlarni egallagan bo'ladi.Ibn Sino aql deganda insoning tug'ma iste'dodini, bilish ja­rayonida shakllanadigan fikrlash qobiliyatini tushunadi. Aqlni ikki xil kategoriyaga bo'ladi:
1. Nazariy aql - borliqdagi umumiy narsalarni idrok etishdir.
2. Amaliy aql - buyumlarni tanlashda turtki sifatida. Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy tarbiyalash bolani faol fikrlash faoliyatini rivojlantirishga kattalarning ma'lum maqsad bilan ta'sir etishidir. U bolalarga tevarak-atrofdagi olam haqida bilimlar berishni, ularni sistemalashtirishni, bolalarda bilishga qiziqish uyg'otishni, aqliy malaka ko'nikmalarini tarkib toptirishni, bilish qobiliyatlarini rivojlantirishni o'z ichiga oladi.Bolalarni 6-7 yoshdan boshlab maktabda o'qishga o'tishi munosabati bilan ularning maktab ta’limiga tayyorlash uchun aqliy rivojlanish yetarli darajada bo'lishini ta'minlash tarbiyachilarning javobgarligini yanada oshiradi.

Download 25.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling