Sabrina Berdiyeva


Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology)


Download 25.15 Kb.
bet3/4
Sana02.05.2023
Hajmi25.15 Kb.
#1422999
1   2   3   4
Bog'liq
Sabrina Berdiyeva Maqola 1

Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology). Maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim tez sur’atlar bilan boyib boradi, nutq shakllanadi, bilish jarayonlari takomillashadi. Xullas, bola eng oddiy aqliy faoliyat usullarini egallab boradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishini ta'minlash ularning kelajakdagi butun faoliyati uchun katta ahamiyatga ega. Bola ijtimoiy muhit ta'sirida aqliy tomondan rivojlanib boradi. Atrofdagi kishilar bilan muomala qilish jarayonida u tilni va u bilan tarkib topgan tushunchalar sistemasini o'zlashtiradi. Natijada maktabgacha ta'lim yoshdagi bola tilini shunchalik egallab oladiki, unda muomala vositasi sifatida erkin foydalanadigan bo'lib qoladi.Aqliy rivojlanish fikrning tengligida voqealarni har xil bog'lanishlarida, munosabatlarda ko'ra bilish, umumiylashti rish qobiliyatida namoyon bo'ladi tushunchalar va tushunchalar tizimi muntazam shakllanib boradi. Bolaning anglash va fikrlash rivojlanishi darajasi qancha yuqori bo‘lsa, u o‘zlashtirgan, foydalanayotgan tushunchalar shuncha murakkab bo‘ladi. Shu tarzda, umumiy holda bola psixik rivojlanishi jarayonini uch asosiy yo‘nalishga bo‘lish mumkin:
1) ta’lim jarayonida bilim va faoliyat usullarining rivojlanishi,
2) o‘zlashtirilgan usullar qo‘llash psixologik mexanizmlarining rivojlanishi,
3) shaxsning umumiy xususiyatlari rivojlanishi.
Ushbu mavzu yuzasidan davra suhbatlari o`tkazildi. Maktabgacha ta`lim tashkilotlari psixologlari bilan tajribalar almashildi. Bolada intellekt ona qornidan rivojlanishni boshlaydi. Bolalarda Asosiy intellektual rivojlanish bosqichi maktabgacha va maktab yoshiga tòg`ri keladi. Genetika va irsiyat intellektual salohiyatga o`z ta`sirini ko`rsatadi. Kimdir tabiatan tez hisoblaydi, kimdir tug`ilganidan boshlab matematikani yaxshi kòradi, kimdir gapirishdan oldin kuylaydi. Bolalarda aloqa va bilim qobiliyatlarini rivojlantiradigan faoliyatning muntazamligini ta`minlash orqali intellektni rivojlantirish mumkin.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishi dastlab muomalada bo'lish, narsalar bilan bajariladigan faoliyat natijasida keyin esa o'quv mehnat, samarali faoliyatlar jarayonida [rasm chizish, loy) amalga oshirib boriladi. Hozirgi zamon pedagogika fani bilimlar sistemasini o'zlashtirib olish, ularni jamg'arish, ijodiy tafakkurni rivojiantirish hamda yan­gi bilimlar hosil qilish uchun zarur bo'lgan bilish faoliyati usullarini egallab olish aqliy rivojlanishning asosiy ko'rsatkichlari hisoblanadi. Aqliy tarbiyaning vazifasi bolalar qiziquvchanligini ular aqlining sinchkovligini rivojlantirish va shular asosida bilishga qiziqish hosil qilishdan iborat.Bolalar bog'chasi oldida bolalarning aqliy qobiliyatini rivojlantirish vazifasi turibdi. Qobiliyatlar tegishli faoliyat jarayonida namoyon bo'Iadi va rivojlanadi. Insonning aqliy qobiliyati aqlining ziyraklik - fahm-farosatlilik, tanqidiy ko'z bilan qarash, sermulohazalik kabi sifatlari bilan ajralib turishi mumkin.

Download 25.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling