Sabzining fomoz kasalligini (Phoma rostrupii )zamburug`i qo`zg`atadi


Download 0.94 Mb.
bet1/6
Sana20.06.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1632898
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
plyonkalar





Sabzining fomoz kasalligini
(Phoma rostrupii )zamburug`i qo`zg`atadi.
O`simliklarning barg,barg tomirchalari va bandlarida kulrang-qo`ng`ir chiziqchalar va uzunchoq dog`lar paydo bo`ladi.

Sabzining fomoz kasalligi


Sabzining fomoz kasalligini Phoma rostupii zamburug‘i qo‘zg‘atadi. O‘simliklarning barg, barg tomirchalari va bandlarida kulrang-qo‘ng‘ir chiziqchalar va uzunchoq dog‘lar paydo bo‘ladi. Ildizmevalar ustida biroz botiq, kulrang-qo‘ng‘ir dog‘lar, ular ostidagi to‘qimalarda quruq chirish rivojlanadi. To‘qimalar to‘q kulrang-qo‘ng‘ir tus oladi, ichi oq mog‘or bilan to‘lgan g‘ovaklar paydo bo‘ladi.
Omborxonaga qo‘yilgan sabzining chirishi kuchayadi va fomoz boshqa sog‘lom mevalarga tarqaladi. Qish o‘rtalarida zararlangan to‘qimalarda, qora nuqtalar shaklida zamburug‘ piknidalari paydo bo‘ladi. Ulardan sporalar suyuqlikda oqib chiqadi, natijada sabzining usti ilvillab ketadi va pushti tus oladi. Sporalar sabzi ko‘milgan qumni, omborxonaning pol, devor va boshqa joylarini zararlaydi. Omborxonada muayyan past harorat ta’minlansa, fomoz kam tarqaladi. Urug‘lik olish uchun fomoz bilan hatto kam zararlangan ildizmevalar bahorda ekilganda, ularning ko‘pchiligi (60% gachasi) gullashgacha bo‘lgan davrda chirib ketadi, qolganlaridan zararlangan urug‘ olinadi. Bunday urug‘ ekilganida unmasdan chiriydi, yoki unib chiqqan nihollar chirib ketadi. Infeksiya o‘simlik qoldiqlarida 3 yilgacha saqlanadi. Fomoz yengil qumoq tuproqlarda kuchli rivojlanadi.
Qo‘zg‘atuvchiningbelgilari. Phoma rostupii. Piknidalar dumaloq, qora tusli. Piknosporalar piknidadan suvda eruvchi shilimshiq modda yordamida yopishgan holda, buraluvchi qo‘ng‘ir-qora tasmachalar shaklida, chiqadi; ular 1 hujayrali, ellipsoid shaklli, rangsiz yoki, ko‘p bo‘lganida, och-qizil tusli, o‘lchami 4-6x1,5-3 msh.
Zararlangan o‘simlik qoldiqparida zamburug‘ning askomitset bosqichi (leptosphaeria rostrupii) ning peritetsiylari, ularning ichida silindr shaklli xaltachalari rivojlanadi. Askosporalar 4 hujayrali, o‘rtadagi 2 hujayra chetdagilaridan kattaroq, urchuq shaklli, kulrang-oq yoki yashilroq tusli, o‘lchami 19-23x7-3 mkm.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling