Saf mashqlarini o‘rgatishda pedagogik texnologiyalarni qo‘llash uslublari pirnapasova Risolat Ramatillayevna


TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana18.12.2022
Hajmi0.64 Mb.
#1031001
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
saf-mashqlarini-o-rgatishda-pedagogik-texnologiyalarni-qo-llash-uslublari

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI 
Rеspublikada oxirgi yillarda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi o’rtasida 
sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, imkoniyatlari chеklangan shaxslarning jismoniy 
rеabilitatsiyasi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda mamlakatning xalqaro sport 
maydonlarida munosib ishtirok etishini ta’minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga 
oshirilmoqda. Shu bilan birga, jismoniy tarbiya va sport sohasida aholi sog’lig’ini 
mustahkamlashga ko’maklashadigan aniq dasturlarni amaliyotga joriy etish, yoshlarni sportga 
kеng jalb qilish va ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, sport turlari bo’yicha yuqori 
natijalarni ta’minlaydigan mahoratli sportchilar bilan milliy tеrma jamoalarni shakllantirish va 
trеnеrlar uchun qo’shimcha shart-sharoitlar yaratish zarurati mavjud.Mamlakatda yuksak 
madaniyatga ega bo’lgan har tomonlama yеtuk hamda jismonan sog’lom insonni shakllantirish 
maqsadida aholining jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka va bilimlarini orttirishga 
qaratilgan ustuvor yo’nalishlarni bеlgilash, iqtidorli sportchilarni tanlab olish (sеlеktsiya) 
jarayoniga innovatsion shakllar va usullarni joriy etilmoqda.Yurtimizda jismoniy tarbiya va 
sportni ommalashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish 
uchun zarur shart-sharoitlar va infratuzilmani yaratish, mamlakatning xalqaro sport 
maydonlarida munosib ishtirok etishini ta’minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga 
oshirilmoqda.Respublikamiz Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev 2020 yil 24-yanvarda Oliy majlisga 


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
485 
murojaatnomasida jismoniy tarbiya va sport sohasiga to’xtalar ekan jamiyatda sog’lom turmush 
tarzini qaror toptirish, jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish yana bir dolzarb vazifa 
ekanligini qayd etdi: ”Sportni jadal rivojlantirish, xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga 
erishgan sportchilarni rag’batlantirish va qo’llab-quvvatlashga bundan buyon ham katta ahamiyat 
beramiz. Yosh avlodimiz o’rtasida sportni ommalashtirish maqsadida eng chekka tumanlarda 
ham bolalar va o’smirlar sport maktablarini tashkil etamiz. Olimpiada musobaqalariga puxta 
tayyorgarlikni hozirdan boshlashimiz lozim. Yana bir muhim masala mamlakatimizda qishki 
sport turlari bo’yicha xalqaro talablar darajasida sportchilar tayyorlash samarali tizimini yaratish 
kerak. Poytaxtimizda barpo etilayotgan “Humo” muz sporti saroyi, shuningdek, yaqinda 
Toshkent viloyatining Amirsoy dam olish maskanida ishga tushiriladigan zamonaviy majmua 
ham ayni shu maqsadlarga xizmat qiladi. Afsuski, hozirga qadar yurtimizda Olimpiya yoki 
Osiyo o’yinlari kabi nufuzli sport musobaqalar o’tkazilmagan. Shu bois yaxshi niyat bilan 
kelgusida yozgi Osiyo o’yinlaridan biriga mezbonlik qilish bo’yicha istiqbolli reja ishlab 
chiqishni boshlashimiz kerak. Jismoniy tayyorgarlikka ega bo’lgan, sport gimnastikasiga shaxsiy 
qiziqishlari va qobiliyatlari bo’lgan bolalarni gimnastika mashg’ulotlariga ko’plab jalb etish 
zarur. Yana shuni e’tiborga olish kerakki, o’zbek oilalarida gimnastika bilan shug’ullanish milliy 
an’ana va urf-odat darajasiga ko’tarilgan.O’zbekiston bayrog;ini xalqaro musobaqalarda butun 
jahon arenalari uzra xilpirashida mamlakatimiz gimnastlarining ham xizmatlari beqiyosdir. 
Ushbu jarayonlarni uzluksiz rivojlanishini ta’minlashda sohasida ta’limning o’rni beqiyosdir. 
Shu jihatdan, ta’lim tizimini takomillashtirish orqali har tomonlama еtuk, barkamol, mustaqil 
fikrlashga qodir, irodali, fidoiy va tashabbuskor kadrlarni tayyorlashga katta e’tibor berilmoqda. 
Bu borada ta’lim turlari to’g’risidagi mutlaqo yangi qoidalar hayotga joriyetildi. Yurtimiz 
jismoniy tarbiya va uning kelajak avlodni sog’lom qilib tarbiyalashdagi o’rnini hisobga olib 
ishlarini yanada takomillashtirish, uning zamon talablari darajasida o’quv va moddiy-texnik 
bazasini yaratish hamda aholining qiziqishini oshirish yo’lida maqsadli davlat miqyosidagi 
tadbirlar ishlab chiqilib hayotga tatbiq etilmoqda. O’zbekiston Respublikasining jismoniy tarbiya 
va tizimida gimnastikachilarni texnik tayyorgarligini oshirishda innovatsion texnalogiyalarni 
qo’llashni izlash va uning zamonaviy usullarini keng targ’ib etish va kelgusida ulardan yuqori 
malakali gimnastlar tayyorlash imkonini beradigan iqtidorli yoshlarni izlab topish va tayyorlash 
tizimini tobora takomillashtirish ko’zda tutilgan. 
Bu ishni qilishdan maqsad va vazifalar: Gimnastika mashg’ulotlari jarayonida talabalarda 
irodaviy sifatlarni tarbiyalash uchun saf mashqlarning roli va uni o’rgatishga oid tegishli 
pedagogik texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalanish. Ishning maqsadidan kelib chiqqan holda 
ishining oldiga quyidagi vazifalar qo’yildi: 
1. Ish mavzusiga oid adabiyotlarni saralash, ilg’or pedagogik texnologiyalarni o’rganish 
va tahlil qilish. 
2. Talabalarni jismoniy tarbiyalashda saf mashqlarini qo’llanilishini yaxlit tizimini 
ishlab chiqish. 
3. Pedagogik texnologiyalardan foydalanigan holda tegishli ilmiy tavsiyalar ishlab 
chiqish. 
Mavzuga oid adabiyotlarni o’rganish: kuzatish, suhbat, ahamiyatiga qarab saralash. Ishni 
tayorlashda foydalanigan adabiyotlar va normativ-xuquqiy xujjatlarning tahlili: “2017-2020 
yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha 
Harakatlar strategiyasini Ilm, ma‘rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga 


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
486 
oshirishga oid Davlat dasturi to’g’risi”da 02.03.2020 yildagi № PF-5953-sonli va “Pedagogik 
ta‘lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” 27.02.2020 yildagi № PQ-4623-
sonli qarorlari 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor 
yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasinging ustuvor yo’nalishlarining amalga oshirilishining 
huquqiy asosiga aylanmoqda. 

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling