Safarova feruza ilhom qizi 3-kurs 901-guruh maxsus pedagogika va psixologiya
Download 19.04 Kb.
|
Maxsus pedagogikada AtaMa
Maxsus pedagogikada ta'lim nazariyasi asoslari Atamalar Korreksion yo‘nalganlik tamoyili - bolaning sog’lomligiga tayanishni, kar bolaning rivojlanishida kompensator imkoniyatlarini ta’minlashni nazarda tutadi. Fan asoslari va og‘zaki nutqni o‘zlashtirish jarayonining birligi tamoyili: boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi va fan o‘qituvchisidan kar o‘quvchilar nutqining barcha tomonlarini (fonetik, grammatik, leksik) korreksiyalashni talab etadi. Ta’limda karlarning eshitish idrokini jadal rivojlantirish tamoyili- Ta’limda eshitish idrokini jadal rivojlantirish tamoyili kar bolalarni atrofidagi odamlar nutqini eshitish, ko‘rish asosida, apparat yordamida aniq va to‘liq idrok etish maqsadida qoldiqli eshitish ehtiyojini imkoni bor darajada rivojlantirishni nazarda tutadi. Predmetli-amaliy faoliyatga tayanish tamoyili. Predmetli- amaliy faoliyatga tayanish tamoyili kar bolani har tomonlama rivojlanishini ta’minlashda, o‘quvchilarni umumta’limga tayyorlash va kasbiy yo‘naltirishda predmetli-amaliy faoliyatining turli ko‘rinishlaridan maxsus korreksiya vositasi sifatida keng foydalanishni nazarda tutadi. Nutqiy muloqotni jadallashtirish tamoyili- tilning kommunikativ funksiyasini amalga oshirish, karlarda nutq asosida aloqa qilish ehtiyojini shakllantirish, o‘quvtarbiyaviy jarayonning barcha bo‘g‘inlarida o‘quvchilarning keng nutqiy amaliyotini ta’minlash zarurligini ko‘rsatadi. Korreksion — pedagogik ish deganda ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning bilim faoliyati, shaxs xususiyatlari, jismoniy rivojlanishi va harakat qobiliyatlari kamchiliklarini tugatish, kompensatsiya jarayonlari rivojiga qaratilgan ta’lim va tarbiya vositalari, shakl va metodlari, maxsus pedagogik tadbirlar kompleksi tushuniladi.. Ritmika harakat va musiqa hamkorligi asosida qurilgan jismoniy mashqlar tizimi bo’lib anomal bolalar jismoniy tarbiyasining asosiy qismi hisoblanadi. Fakultativ mashg’ulot - biror o‘quv fani bo‘yicha bilimlarni chuqur o‘zlashtirish maqsadida olib boriladigan mashg‘ulotning asosiy shakli. Ekskursiyalar o‘qitishni tashkil qilish shakli sifatida bilish faoliyatini rivojlantirish hamda tarbiyaviy jarayonni jadallashtirish borasida katta qimmatga ega. Ta’lim - bolalami bilim va ko‘nikmalar bilan qurollantirish, ongiga va xulqiga ta’sir etish, bilish faoliyatini rivojlantirish. Tarbiya - bolalarga ilmiy bilimlar tizimini singdirish va buning natijasida har tomonlama shakllangan kishini tarbiyalash. O’quv dasturi - har bir o‘quv fanidan o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning mazmuni va hajmini belgilab beruvchi o‘quv rejasiga muvofiq ravishda ishlab chiqilgan hujjat. Bilim - ta’lim mazmunining asosiy elementi bo‘lib, o‘quvchilar tomonidan atrof borliqdagi fan va hodisalami, tabiat va jamiyatning rivojlanish qonuniyatlarini bilib olish natijasidir. Ko‘nikma - muayyan faoliyatni bajarish qobiliyatini ta’minlovchi metodlar yig‘indisini egallash. Predmet amaliy ta’limi (PAT) - mehnat ta’limning boshlang‘ich bosqichi. Download 19.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling