Safarova Muqaddas


Download 0.84 Mb.
bet2/4
Sana07.01.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1082359
1   2   3   4
Bog'liq
bg ananyev metod klassifikatsiyasi badalov dilafro\'z

Tabiiy eksperiment (birinchi marta 1910 – yilda A.F. Lazurskiy taklif etgan) mo‘ljallanganiga ko‘ra, eksperiment o‘tkazilayotganini biladigan sinaluvchida hosil bo‘ladigan zo‘riqishga yo‘l qo‘ymasligi va tadqiqotni odatdagi, tabiiy sharoitlarga (dars, suhbat, o‘yin, uy vazifalarini bajarish va boshqalar) ko‘chirishi lozim.

  • Tabiiy eksperiment (birinchi marta 1910 – yilda A.F. Lazurskiy taklif etgan) mo‘ljallanganiga ko‘ra, eksperiment o‘tkazilayotganini biladigan sinaluvchida hosil bo‘ladigan zo‘riqishga yo‘l qo‘ymasligi va tadqiqotni odatdagi, tabiiy sharoitlarga (dars, suhbat, o‘yin, uy vazifalarini bajarish va boshqalar) ko‘chirishi lozim.
  • Psixologik-pedagogik tadqiqot vazifalarini bajaradigan tabiiy eksperiment psixologik-pedagogik eksperiment deb ataladi. Har xil Yosh bosqichlarida o‘quvchilarning bilish imkoniyatlarini o‘rganishda, o‘quvchi shaxsini shakllantirishning qonkret yo‘llarini aniqlashda uning roli benihoya kattadir. Psixologik-pedagogik eksperiment uch qismdan iborat. Aniqlovchi, shakllantiruvchi, nazorat eksperimentlari. Aniqlovchi eksperimentda sinaluvchilardagi biror psixik jarayonning rivojlanish darajasi aniqlanadi. Masalan, boladagi xotiraning rivojlanish darajasi “Meyli” testi yordamida aniqlanishi mumkin. SHakllantiruvchi eksperimentda aniqlangan psixik jarayon me’yordan orqada bo‘lsa, uni rivojlantirish bo‘yicha maxsus mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Misolga qaytsak, xotirani rivojlantirish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Nazorat tajribalarida shakllantiruvchi ta’sirning samaradorligini aniqlash uchun diagnostik metod yana bir marta takroran o‘tkaziladi.”Meyli” testi yana bir bora o‘tkazilib, maxsus matematik- statistik metodlar yordamida shakllantiruvchi ta’sirning samaradorligi aniqlanadi.

Metod va metodika haqida tushuncha. Metod – (Yunoncha. Metodos- tabiat hodisalarini tekshirish usuli).Psixodiagnostik metod – psixologiya fanining tadqiqot usulidir. Psixodiagnostik metod psixologiya fanining eksperimental va eksperimental bo’lmagan an`anaviy tadqiqot metodlariga nisbatan o’ziga xoslikka ega. Psixodiagnostik metodlarning asosiy xususiyati shundan iboratki, o’rganilayotgan hodisaning miqdoriy (va sifatiy ) baholash imkoniyatining mavjudligi tufayli o’lchash-sinashga yo’naltirilganligidir.Buni ma`lum qoidalarni bajarish natijasida amalga oshirish mumkin bo’ladi. Psixologiyaning metodlari: kuzatish, eksperiment, suhbat, anketa, test, faoliyat natijalarini tahlil qilish, sotsiometriya. SHaxsning biror bilish jarayonlari, psixik holatlari yoki individual-psixologik xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan aniq test yoki so’rovnoma metodika deyiladi.
Jahonda psixodiagnostik metodlarning mingdan ortiq turi mavjud bo‘lib, ularni sxematik qarab chiqilmasa, farqlab olish juda ham mushkul. Psixodiagnostik metodlarning umumiy sxematik klassifikatsiyasini quyidagicha ko‘rsatib o‘tish mumkin:
Kuzatish asosidagi psixodiagnostik metodlar.
Savolnomali psixodiagnostik metodlar.
Ob'ektiv psixodiagnostik metodlar, bunga inson xulq-atvor reaktsiyalari analizi va faoliyat mahsuldorligini o‘rganish ham kiradi.
Psixodiagnostikaning eksperimental metodlari.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling