Safarova Muqaddas


B.G.ANANYEV BO’YICHA METODLAR KLSSIFIKATSIYASI


Download 0.84 Mb.
bet4/4
Sana07.01.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1082359
1   2   3   4
Bog'liq
bg ananyev metod klassifikatsiyasi badalov dilafro\'z

B.G.ANANYEV BO’YICHA METODLAR KLSSIFIKATSIYASI

  • Rus psixologi B.G. Ananev bo‘yicha tadqiqot metodlari 4 guruhga bo‘linadi:
  • I. Tashkiliy metodlar: taqqoslash, longityud va kompleks metodlari kiradi. Taqqoslash–umumiy psixologiya, ijtimoiy psixologiya, pato- psixologiya va defektologiyada keng qo‘llaniladi. Yosh va pedagogik psixologiyada o‘rganilayotgan psixik jarayonlarning dinamikasini aniqlash uchun qo‘llaniladi. Longityud – (uzluksiz) uzoq vaqt davomida ayni bir xil kishilar o‘rganiladi. Kompleks – psixologik tadqiqotlar boshqa fanlar metodlari ishtirokida o‘tkaziladi. (shaxsning jismoniy, fiziologik, psixik va ijtimoy taraqqiyoti aniqlanadi).
  • II. Empirik metodlar: kuzatish va o‘z-o‘zini kuzatish; eksperimental psixodiagnostika metodlari (test, anketa, suhbat, sotsiometriya, intervyu); faoliyat natijalarini tahlil qilish; biografiya metodlari.
  • III. Ma’lumotlarni qayta ishlash metodlari: miqdoriy (statistika) va psixologik yoki sifatiy tahlil turlariga bo‘linadi.
  • IV. SHarhlash metodlari: Genetik va “donalash” metodlari. Genetik metodda taraqqiyotdagi bosqich, pog‘onalar, inqiroz holatlari ajratib ko‘rsatiladi (vertikal aloqa). Donalash metodida esa shaxsning barcha xarakteristikalari o‘rtasidagi “gorizontal” aloqalar aniqlanadi.

B.G.Ananevning nuqtai nazaricha, psixologik kuzatish metodlari psixologik ob`ektlar bilan operatsiyalar tizimi bo’lib, fanning bilish ob` ektidir. Psixologiyada empirik metodlarni qo’llash muammosi ko’rib chiqilayotganda ularni psixologik metodlar tizimidagi o’rnini aniqlashdan boshlash kerak. Empirik metodlarni qo’llashning beshta darajasini ajratish mumkin.
1. Metodika darajasi.
2. Metodik qo’llanma darajasi.
3. Metod darajasi.
4. Tekshirishni tashkil qilish darajasi.
5. Metodologik yondashish darajasi.
To’g`ri, «metod» atamasini turli darajada ishlatsa bo’ladi, masalan psixofizikada – o’rtacha xatolar metodi, chegara metodi bor: psixodiagnostikada – proektiv metod (ikkinchi daraja); psixosemantikada semantik differentsial metod va repertuar kataklar metodi haqida gapiriladi (birinchi daraja); yosh davrlari psixologiyasida psixogenetik metod to’g`risida bahs Yuritiladi va uning turlichaligi – egizaklar metodida (to’rtinchi daraja) ko’rsatilgan.
Psixologik tadqiqotda qo’llaniladigan usullarning darajali bo’lishini G. D. Pirov taklif etgan. U metodlarni quyidagi guruhlarga bo’lgan:
1) xususiy metod (kuzatuv, eksperiment, modellashtirish);
2) metodik qo’llanma;
3) metodik yondashuv.
S. L. Rubinshteyn “Umumiy psixologiya asoslari”da eng asosiy psixologik metodlar sifatida kuzatuv va eksperimentni ajratib ko’rsatdi. Kuzatuv “tashqi” va “ichki”ga bo’lingan, eksperiment – laboratoriya ishi, tabiiy va psixologik-pedagogik, qo’shimcha metod uning asosiy modifikatsiyasida fiziologik eksperiment. Bundan tashqari, faoliyat mahsulini o’rganishda suhbat va anketa usullarini ajratib o’tdi. Tabiiyki, vaqt bu tasnifning qirralarini ta`kidladi. SHunday qilib, psixologiyaning falsafa bilan bog`liqligi uni nazariy metodlaridan mahrum qildi, xuddi shunday yaqinlik pedagogika va fiziologiya bilan bu fanlarning psixologik ro’yxatga qo’shilishi bilan amalga oshirildi.
Psixologik tekshiruvlarning keng ko’lamdagi ikkinchi tasnifini – bolgar psixologi G.D. Pirov tuzgan. U mustaqil metodlar sifatida taklif qilgan kuzatuv, eksperiment, modellashtirish, psixologik xarakteristikani, yordamchi metodlar maxsus metodik yondashuvlarni ta`kidlab o’tdi. SHu metodlarning har biri bir qancha turlarga bo’linadi. SHunday qilib, masalan, kuzatish (aloqador) anketalar, so’rovnomalar, faoliyat mahsullarini o’rganish va boshqalarga bo’linadi.
B. G. Ananev G.D.Pirov klassifikatsiyasini tanqid ostiga olib, boshqasini taklif etdi. Hamma metodlarni u:
1) tashkiliy;
2) empirik;
3) ma`lumotlarni qayta ishlash usuli;
4) sharhlash metodlariga bo’ldi.
Tashkiliy metodlarga B.G.Ananev qiyosiy, longitYud va kompleks metodlarni kiritdi.
Ikkinchi guruhga observatsion metodlar, eksperiment psixodiagnostik metod, faoliyat mahsullari, modellashtirish va biografik metodlar kiritildi.
Uchinchi guruhga ma`lumotlarni matematik-statistik tahlil qilish metodi va sifat tahlili kiritildi.
To’rtinchi guruhni genetik va donalash metodi tashkil qildi. Ananev har bir metodni aniqroq tasvirlab berdi. Lekin uning chuqur tahlil qilishiga qaramay, ko’pgina echilmagan muammolar uchraydi:
Nimaga modellashtirish empirik metod bo’lib qoldi?
Nima uchun qayta ishlash metodi tashkiliydan ajratilgan?
Genetik qayta ishlash tekshirishni tashkil qilishning muhim usuli deb tushunilmaydimi?
Shuni eslatib o’tish ahamiyatliki, bu erda psixologik tekshirishning nazariy metodlari ko’rsatilmagan, shu bilan birga metodlar sinfi ajratilgan, o’rni bo’yicha «oraliq» empirik va nazariy metodlar o’rtasida, empirik kuzatishlar ma`lumotlarni sharhlash va qayta ishlash metodlaridir.

E’tiboringiz uchun tashakkur

  • E’tiboringiz uchun tashakkur

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling