Давлат тушунчасига таъриф беринг?
Ж: Davlat majbur qilish kuchiga ega, o’z hududiga, o’z fuqarolariga ega va o’z hududida isteqomat qiladigan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qiladigan, xalqaro miqiyosda ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, ma’rifiy, siyosiy, harbiy aloqalarni amalga oshiradigan siyosiy tashkilot.
Давлатнинг ташқи функцияларига нималар киради ва уларни таърифланг?
Ж: Davlatning funksiyalari – davlat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘lib, ularda davlatning ijtimoiy jihatlari ro‘yobga chiqariladi.
Tashqi funksiyalari:
- tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash;
- tashqi xavf-xatardan mudofaa;
- xorijiy mamlakatlar bilan siyosiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish;
- xalqaro iqtisodiy faoliyat;
- xorijiy mamlakatlar bilan madaniy aloqalar.
Давлатнинг ички функцияларига нималар киради ва уларни таърифланг?
Ж: Ichki funksiyalari:
- fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash;
- barcha mulkchilik shakllaridagi mulkni himoyalash;
- mamlakatning iqtisodiy sohadagi rivojlanishini ta’minlash;
- fuqarolarning madaniy-ma’rifiy barkamollikka erishishlari uchun sharoit yaratish;
- aholining ijtimoiy himoyasi, ijtimoiy sohani rivojlantirish.
Давлат шакллари деганда нимани тушунасиз ва бошқарув шаклига таъриф беринг?
Ж: Davlat shakllari deyilganda, davlatning boshqaruv, hududiy tuzi lishi va siyosiy tartibi jihatidan qanday shakllarga bo‘linishi tushuniladi.
Boshqaruv shakli deganda, davlat hokimiyati, uning idoralarining aho li bilan o‘zaro munosabatlari, aholining ushbu idoralarni shakl lantirishda ishtirok etish darajasi tushuniladi. Boshqaruv shakliga ko‘ra davlatlar monarxiya va respublika turlariga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |